So’nggi yangiliklar

15:41Ҳожимат Эркинов собиқ клуби ҳакамларни сотиб олишда айбланиб чемпионатдан четлаштирилди  0 15:15Суперлига-2025. Биринчи даврада мураббийлар томонидан айтилган фикрлардан сара иқтибослар   1 15:01"Олимпик" вакиллари 2 ойдан бери маош олишмаяпти  2 14:53"Олимпик"ка бош мураббий тайинланди  4 14:33Маскерано: "Мен учун Месси – футбол тарихидаги энг яхши футболчи"  10 14:05ФИФА рейтинги янгиланди: Ўзбекистон 55-ўринга кўтарилди  19 13:43"Шўртан" 4 нафар футболчиси билан хайрлашди  2 13:22Милитао: "Реал" учун қаттиқ ишлашда давом этиш муҳим"  6 12:53"Комо" "Манчестер Сити" футболчиси ҳуқуқларига эга чиқиши мумкин  1 12:25"Интер" "Челси" ҳужумчисини сотиб олмоқчи  1 11:57Алонсо Родригонинг захирада қолиб кетаётгани ҳақида: "Гап келажак ҳақида эмас, тактикада"  12 11:28Трамп КЖЧ финалига келади  4 10:55"Интер Майами" ғалаба қозонди, Лионел Месси эса кетма-кет тўртинчи ўйинда дубль қайд этди  22 10:51"Бавария" Бундеслигадаги рақобатчининг асосий футболчисини сотиб олмоқчи  1 10:22Виктор Гёкерешнинг "Арсенал"даги маоши маълум  3

"Nasaf" lageridan "qaynoq" xabarlar: Legionerlar, G'anievga kelayotgan takliflar va boshqa Yangiliklar

"Nasaf" lageridan "qaynoq" xabarlar: Legionerlar, G'anievga kelayotgan takliflar va boshqa

Teglar :  Nasaf
Saytimiz xodimi SHahboz Beg'amov "Nasaf"dagi holat bo'yicha xabar beradi.

Avval xabar berganimizdek, "Nasaf"ni barcha legionerlar (Igor Golban, Slavko Lukich, Dragan CHeran va Jahongir Aliev) tark etishgan. Mahalliy futbolchilar esa jamoa bilan birgalikda Superliganing ikkinchi qismiga taraddud ko'rishmoqda.

"Nasaf" legionerlarga katta maosh to'lay olmagani uchun o'rtadagi shartnoma o'zaro kelishuvga ko'ra bekor qilingan.

Mahalliy futbolchilardan Saydullo Rahmatov va Umar Eshmurodovga AGMK tomonidan qiziqish bo'lgan. Lekin "Nasaf" ularni o'z tarkibida saqlab qolishni maqul topdi. Mahalliy futbolchilardan faqatgina Jasur Hasanov ancha avval jamoa bilan xayrlashgandi. Qolgan barcha futbolchilar mavsumni qolgan qismini "Nasaf"da o'tkazishlari kutilmoqda.

O'zbekiston olimpiya terma jamoasidan taklif olgan futbolchilardan boshqa barcha ayni paytda Qarshidagi klub qarorgohida shug'ullanishmoqda. Ro'ziqul Berdiev jamoani 20 iyun kuni yig'gan va qo'l ostidagi futbolchilar bilan Superliganing ikkinchi davrasiga taraddud ko'rmoqda. SHuningdek, jamoa selekciya ishlarini ham olib bormoqda. Tarkibda yangi futbolchilar paydo bo'lib qolish ehtimoli yo'q emas.

Aziz G'anievga Ispaniya, Turkiya va Avstriyadan takliflar kelgan

"Nasaf"da hozircha Aziz G'aniev masalasi kun tartibida ochiq turibdi. Aziz G'anievga avvalroq "Paxtakor" jamoasidan jiddiy qiziqish bo'lgandi. Ammo tomonlar muzokara davomida aniq to'xtamga kela olishmagach, SHota Arveladze ushbu transferdan voz kechishga qaror qilgan. Tasdiqlanmagan malumotlarga ko'ra, "Nasaf" G'aniev uchun juda katta miqdorda pul talab qilgan.

Aziz G'anievga hozirda xorij klublaridan bir nechta takliflar kelib tushgan. Turkiya, Ispaniya va Avstriya klublari "Nasaf"ga G'aniev borasida rasman taklif yuborishgan. Ayni paytda "Nasaf" ushbu takliflarni o'rganib chiqmoqda. "Nasaf" Aziz G'anievni klub uchun foydali bo'lgan katta mablag' evaziga qo'yib yubormoqchi.

SHuni ham qayd etib kerakki, "Nasaf"dagi moliyaviy holat tez orada yaxshi tomonga o'zgarishi kutilmoqda.

Reyting: +83   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика