So’nggi yangiliklar

21:18Моуриньюга "Манчестер Сити" ҳимоячиси керак  0 21:10Суперлига. "Бухоро" - "Шўртан" 2:1 (Матнли трансляция)  3 20:56"Бунёдкор" суперкамбэк эвазига "Сўғдиёна"ни мағлуб этди  13 20:35Осиё Кубоги саралаши. Ўзбекистон - Шри-Ланка (LIVE)  0 20:20Абраҳам "Рома"га қайтди  1 20:10Клублар ўртасидаги ЖЧ. ПСЖ - "Интер Майами" учрашувининг асосий таркиблари маълум!  37 19:27Юрген Клопп: "Ғалати эшитилиши мумкин, энди мураббийлик қилишни истамайман"  2 18:49"Челси" янги стадион қурмоқчи  1 18:27Суперлига. "Бунёдкор" - "Сўғдиёна" баҳси асосий таркиблари маълум!  1 17:59"Барселона" де Йонг билан келишиб олди  0 17:21Дезире Дуэ "Интер Майами"га қарши ўйин олдидан: "Бу турнирда фақатгина энг кучлилар ўйнайди. Хато қилишга ҳаққимиз йўқ"  6 16:57"Челси" келаси ҳафтада янги трансферни эълон қилиши кутилмоқда  3 16:20"Шўртан" бугун 10 йиллик "қора анъана"га чек қўядими?  2 15:58ПСВ "Манчестер Юнайтед" футболчисини сотиб олмайдиган бўлди  1 15:21Дел Пьеро клублар ўртасидаги жаҳон чемпионатида ким ғолиб бўлишини тахмин қилди  8

“Nasaf” anjumanlar zalida kitob taqdimoti bo'lib o'tdi Yangiliklar

“Nasaf” anjumanlar zalida kitob taqdimoti bo'lib o'tdi

Teglar :  OrzuKitob
Xalqimiz azaldan kitobni yaqin do'st, kitob mutolaasini yuksak fazilat, deb bilgan.

Hurmatli Prezidentimiz SHavkat Mirziyoevning 2017 yil 12 yanvardagi “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ'ibot qilish bo'yicha komissiya tuzish to'g'risida”gi farmoyishi bu boradagi ishlarni yangi bosqichga olib chiqdi. Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan boshlangan bu ezgu ish zamirida chuqur mano mujassam. Zero, asrlar davomida butun avlodlarni kitob tarbiyalab kelgan.

Bugun, 4 aprel kuni Qarshi shahridagi “Markaziy” stadion anjumanlar zalida, yaqinda nashrdan chiqarilgan Mahmayusuf Berdievning “Orzu” kitobining taqdimot marosimi bo'lib o'tdi. Taqdimot marosimida Qashqadaryo viloyat futbol federaciyasining masul xodimlari, mamlakatimizning taniqli jurnalistlari, OAV vakillari, futbol klubi rahbarlari, murabbiylar, futbol sohasida faoliyat yuritayotgan mutaxasislar hamda futbol ishqibozlari ishitirok  etishdi.



Taqdimot marosimida O'zbekiston Respublikassi Olimpiya Qo'mitasining matbuot kotibi, taniqli jurnalist Zafar Imomxo'jaev, mamlakatimizda futbol yangiliklarini keng yoritib borayotgan “Championat asia” veb portalining bosh mamuri Nodirxo'ja Yuldashev, sport jurnalistlari Zafar Qosimov va Diyor Imomxo'jaevlar ham hozir bo'lishdi.

SHuningdek taqdimot marosimida, Z.Imomxo'jaev so'zga chiqib, kitob haqida, undagi mazmun mohiyat haqida o'z fikrlarini bildbrib o'tdi. Jumladan, “Biz futbolchilarimizga ko'proq amaliy va nazariy bilimlar beramiz. Ammo ularning ruhiy kamoliga har doim ham etibor qaratavermaymiz. Ishonchim komilki, ushbu “Orzu” kitobi futbolchilarimizni ruhiy jihatdan tayyorlashda, ularning ongini rivojlantirishda katta turtki bo'ladi”, -dedi.


Taqdimot marosimida olim va ustoz hamda ashaddiy futbol muxlisi CHori Aslanov,  Qashqadaryo viloyati futbol federaciyasi birinchi vice prezidenti Norqul Daminov, “Nasaf” PFK bosh menedjeri SH.S.Yarulin, “SHo'rtan” PFK bosh direktori SH.Namozovlar ham yangi kitobning futbolchilar hayotidagi ahamiyati undagi muhim boblarga to'xtalib, o'z fiklarini bildirishdi.

So'zga chiqqanlarning ushbu kitob ahamiyatini yosh futbolchilar, murabbiylar va futbol mutaxasislari o'rtasida keng targ'ibot qilish taklifi ham o'rtaga tashlashdi.



Taqdimot marosimida "Orzu" kitobining muallifi Mahmayusuf Berdiev marosim ishtirokchilariga kitobning yozilish tarixi, uning mazmuni va ahamiyati haqida so'zlab berdi. Marosim ishtirokchilari muallifning chiqishini katta qiziqish va etibor bilan kuzatishdi.

Taqdimot marosimidan so'ng, ishtirokchilarga, kitob muallifi Mahmayusuf Berdiev o'z dasxati yozilgan kitoblarni sovg'a sifatida taqdim etdi.


Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика