Liverpul himoyachisi Ginnessning rekordlar kitobidan joy oldi
16 okt 2019 14:54
Yangiliklar
Liverpul himoyachisi Ginnessning rekordlar kitobidan joy oldi
Liverpul himoyachisi Trent Aleksander-Arnold Ginnessning rekordlar kitobining 2020 yilgi sonidan joy oldi.
2018/19 yilgi mavsumda 21 yoshli ingliz Anliya chempionatida 12ta golli pas berdi. SHu tariqa u APLdagi bir mavsumda eng ko'p golli uzatmani amalga oshirgan himoyachi sifatida rekordlar kitobiga kiritildi.
Oldingi rekord «Everton» futbolchilari Endi Xinchkliff va Leyton Beynsga (11tadan golli pas) tegishli edi.
«Bu men uchun sharaf. Doim jamoamga yordam berishga va ko'proq imkoniyatlar yaratishga intilganman.
Futbol — jamoaviy o'yin, klubdoshlarimsiz bu rekordga erisha olmasdim.
Men va oilam uchun bu sharafli hodisa. Umid qilamanki, rekordim bir necha yillar davomida saqlanib qoladi», — deydi Aleksander-Arnold.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar