So’nggi yangiliklar

13:47Арихиро Сентоку: "ОКМК билан мавсум якунида тарих яратамиз"   0 13:20ОКМК Тошкентда "Пахтакор"ни мағлуб этган учрашувдан галерея  1 13:03"Навбаҳор" футболчиси учун мавсум тугади   1 12:45ЎзФҲМ нимани яширмоқда? Асимов, Норсафаров ва бошқа ҳакамлар қаерда?  3 12:08"Милан" Меньян ва Эрнандес билан шартномаларни узайтириш устида ишламоқда  0 11:40FIFA.COM: "Аббос Файзуллаев кичик бўйли эканига қарамай, ажойиб техник хусусиятларга эга"  9 11:28"Реал" Дэвис трансферига шубҳа қилмаяпти  0 10:42Гвардиола нима учун «Манчестер Сити»да қолишга қарор қилганини тушунтириб берди  7 10:06Ламин Ямаль ва «Барселона» ўртасидаги янги келишув шартлари маълум  2 09:30Goal «Олтин тўп»-2025 соврининг асосий даъвогарини эълон қилди. Виниcиус ҳозирча 4-ўринда  13 08:53«Арсенал» январда учта футболчисини сотиб юбормоқчи  1 08:21Про лига. Бугун Бухорога катта футбол қайтади  7 07:45Суперлига. Чемпионлар Фарғонага сафар қилади. «Қизилқум» эса яна бир водий жамоасини меҳмон қилади  2 01:55Роберт Левандовски: "2020 йил "Олтин тўп" топширилмаганини ҳеч тушунмайман"  8 01:24"FourFourTwo" ЕЧЛ финалларида урилган энг чиройли голлар рейтингини тузди  15

Intervyu. Botirali Ergashev: “Ko'pchilik meni futboldan qaytarmoqchi ham bo'lgan” Yangiliklar

Intervyu. Botirali Ergashev: “Ko'pchilik meni futboldan qaytarmoqchi ham bo'lgan”

O'tgan yil O'zbekiston U-23 terma jamoasi safida Osiyo chempioni bo'lgan Botirali Ergashev bu yilgi mavsumni Samarqandning “Dinamo” klubi safida boshladi.

Bugungi kunda u Superliganing etakchi posbonlaridan biriga aylanib ulgurdi. Darvozabon "Orzu" loyihasi mehmoni bo'lib turli mavzularda o'z fikrlarini bildirdi.

FUTBOLGA KIRIB KELISH

6-sinfda o'qib yurganimda bizning maktabda futbol to'garagi ochilgan. Birinchi murabbiyim Memetov Server Savlievich bo'lganlar. Aynan shu kishidan futbolning dastlabki sir-asrorlarini o'rganganman. Namanganda eslasangiz ikkinchi ligada "Pop-Fen" klubi bo'lardi. Ushbu jamoaning yoshlar tarkibida o'ynardim. 2009 yil Namanganda "Umid nihollari" musobaqasi uchun saralash bo'lgan. Popdan uch nafar futbolchini olishgan, ulardan biri men bo'lganman. Dilmurod aka Nizambaev boshchiligida Sirdaryodagi musobaqada chempion bo'lib qaytganmiz. Qizig'i o'shanda 1993 yilda tug'ilgan futbolchilar o'ynashgan, men ulardan ikki yoshga kichik bo'lishimga qaramay ikkinchi darvozabon sifatida olib ketishgandi. SHundan keyin Namangandagi futbol akademiyasida faoliyat olib bordim. Musobaqalardan birida "Paxtakor"da o'ynaydigan do'stim Bobur Ibragimov meni "Paxtakor"ga taklif qilgan. O'shanda jamoada darvozabonlar taqchilligi kuzatilgan ekan. "Paxtakor" akademiyasiga Murod Ismoilov va SHuhrat Rahmonqulov boshchiligidagi jamoaga kelib 4 oy davomida ko'rikda bo'lganman. 2009 yildan 2019 yilga qadar "Paxtakor" tizimida bo'ldim.



YANGI ZELANDIYADAGI MUNDIAL HAQIDA

2015 yil Yangi Zelandiyada o'tgan U-20 Jahon chempionati ko'pchilik kabi men uchun ham faoliyatimizdagi katta o'rin tutadi. CHunki ushbu musobaqadan keyin futbolga bo'lgan munosabatim tubdan o'zgargan. Futbolchi ekanligimdan faxrlanganman. Sababi siz o'z yurtingiz sharafini himoya qilasiz, bu insonda bo'lgan vatan tuyg'usini ham uyg'otadi. Jahon chempionatiga qadar imkoniyatlar ko'p bo'lganman. Ammo imkoniyatlardan foydalana olmaganim uchun terma jamoalarda ikkinchi yoki uchinchi darvozabon bo'lardim. O'sha paytda zaxirada o'tirganimda qaysi murabbiy menga bitta imkoniyat bersa o'sha imkoniyatdan unumli foydalanaman deb o'z oldimga maqsad qo'ygandim. Bordiyu imkoniyatdan foydalana olmasang qancha afsuslansang ham uni ortga qaytara olmaysan.



OSIYO CHEMPIONI BO'LISH

2018 yil Xitoydagi U-23 Osiyo chempionatida ilk turda Qatarga yutqazib qo'yganimizdan keyin bosh murabbiyimiz Ravshan Haydar meni o'z xonalariga chaqirib navbatdagi bahsga tayyormisan, o'zingni yo'qotib qo'ymaysanmi dedilar. O'ylab o'tirmay tayyorman deb javob berdim, ishonch bildirsangiz ishonchingizni oqlayman degandim. Qatarga yutqazib qo'yganimizdan keyin barcha yigitlar tushkunlikka tushib qolgandi. Sababi musobaqa yanvar oyi boshida bo'lgandi, shu bois 2017 yilgi mavsum tugashi bilan qolgan futbolchilar tatilga ketishganida biz terma jamoa bilan yig'inga kirishgandik. Barcha dam olayotganda biz mehnat qildik, nahotki shuncha mehnatimiz erda qolib ketadi, endi vatanimizga qaysi yuz bilan qaytamiz degan xayol o'tdi. Inson har qanday kasbda ishlasa ham o'z vataniga yorug' yuz bilan kelishni istaydi. Ikkinchi turda musobaqa mezboni Xitoyga qarshi o'tdi. Menimcha eng masuliyatli va eng qiyin bahs aynan shu bo'lgandi. Sababi yutqazib qo'ysak ortga qaytardik va boshqa imkoniyatimiz bo'lmasdi. Xudoga shukur Xitoyni mag'lub etdik va barcha yigitlarda ishonch qayta paydo bo'ldi.

Kutib olish jarayonida men ishtirok eta olmaganman. "Paxtakor" ikki kundan so'ng Osiyo chempionlar ligasi pley-off bosqichida Qatarda "Al Garafa"ga qarshi o'ynashi kerak edi. SHu bois Zabihillo O'rinboev va Jasur Yaxshiboev bilan birga Xitoydan to'g'ri Qatarga uchganmiz. Qatarga uchib borganimizdan keyin aeroportning o'zida internetga kirib xalqimiz jamoamiz azolarini ajoyib tarzda kutib olganini ko'rib, qaniydi biz ham o'sha erda bo'lib qolsak deb o'ylaganmiz.



“NAVBAHOR”DAGI FAOLIYAT

2018 yil Xitoyda chempion bo'lib qaytganimizdan keyin "Paxtakor" bosh murabbiyi SHota Arveladze bilan gaplashib olganman. O'shanda xali Eldor Suyunovga ham imkoniyat berilmagandi xatto. Superliganing boshqa klublaridan takliflar borligini, ko'proq o'ynashni istayotganimni aytdim. Lobanov va Suyunovdan yosh bo'lganim sababli tajribam kam edi. Ularga munosib raqobatchi bo'lish uchun o'yin amaliyoti kerak edi. Osiyo chempioni bo'lganimdan keyin men bilan Odil Hamrobekovni Namangan viloyati hokimi Xayrulla Bozorov qabul qilib minnatdorchilik bildirgandilar. O'shanda menga “Navbahor”da o'ynashni taklif qilgandilar. SHu tariqa ijara asosida “Navbahor”ga o'tdim. Bu klubda 14ta o'yinda maydonga tushdim. Xuddi bu jamoadagi futbolchilar bilan oldidan tanishdek tezda chiqishib ketdim. Meni barcha ajoyib tarzda kutib oldi. Hech qanday muammoga duch kelganim yo'q. Mavsum oxirida og'ir jarohat oldim. Bir oydan so'ng “Paxtakor”ga qaytib ketishimni bilib turib ham meni o'z holimga tashlab qo'yishmagani uchun “Navbahor” klubi rahbariyati va Namangan viloyati hokimidan minnatdorman. Nasib qilsa yaxshi kunlarida qaytarishni niyat qilganman. O'shanda “Paxtakor” rahbariyati va bosh murabbiy SHota Arveladze ham menga katta yordam berishdi.


“DINAMO”DAGI FAOLIYAT

Superliga boshlanishidan oldin “Paxtakor” safida “Dinamo” jamoasiga qarshi nazorat uchrashuvi o'tkazganimizdan keyin Samarqand jamoasi bosh menejeri Ilhom aka SHaripov taklif bilan chiqdi. SHunda men eng avvalo o'yin amaliyoti uchun ham “Dinamo”ga o'tishga tayyorligimni aytgandim. CHempionat boshlanishidan ikki kun oldin “Paxtakor” ijara asosida “Dinamo”ga o'tishimga ruxsat berdi. “Dinamo”da ham jamoaga moslashish qiyin bo'lmadi, chunki barcha bir oiladek edi. Masalan, o'yin davomida xatolar qilsak-da, hech kim bir-birini ayblamaydi, aksincha bir-birimizning xatomizni to'g'irlashga intilamiz. Yutqazsak ham, yutsak ham eng avvalo barcha jamoaning xizmati bo'ladi. Jamoadagi etiborga kelsak, eng avvalo Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov va homiyimiz “Agromir Buildings” rahbari SHavkat akaga minnatdorchilik bildiramiz. CHunki, rahbarlarimizning futbolga bo'lgan qiziqishi naqadar yuqori ekanligini jamoaga keliboq bilganman. Ayniqsa, tanishtiruv marosimida shaxsan viloyat hokimi barchamiz bilan ko'rishib, yuzlab muxlislar oldida qo'llab-quvvatlashini aytib, omad tilagandi. “Dinamo” muxlislaridan ham minnatdormiz. Sababi, biz qaerda o'ynamaylik, yutganimizda ham, yutqazganimizda ham “Dinamo” muxlislari biz bilan elkama-elka turishadi.



JAHON CHEMPIONATIGA CHIQISH HAQIDA

Yaxshi niyat bilan yaxshi narsaga umid qilganmiz. Birinchi navbatda vatanga qaytishni o'ylaymiz. CHunki muxlislarni g'alabadan boshqa natija qoniqtirmaydi. Muxlislarni ham to'g'ri tushunishimiz kerak. Barchamiz birlashsak, muxlislar ham, jurnalistlar ham hamma-hammamiz birlashsak Jahon chempionatiga chiqamiz.

YOSHLIKDAGI ORZUSI

Yoshlgimda ota-onam ishlarga ko'mib tashashardi. Ishlarni barchasini qilib, darslarni tayyorlab tezroq futbolga borishni xohlardim. Futboldan zavq olishni istardim. Hozirgi kunga qadar shu narsa saqlanib qolgan. Inson qilayotgan ishidan zavq olmasa qandaydir natijaga erisha olmaydi. Bu darajaga etib kelaman deb o'ylamaganman, shunchaki orzu-havas edi. Kuni-kecha yaqin insonim endi ukajon yoshiz ham ancha katta bo'lib qoldi, oila boqishingiz kerak. Futbolni orqasidan oilani boqa olmaysizku deb aytdilar. Ko'pchilik boshqa sohani tanlagin deb maslahat beradi, futboldan qaytarmoqchi bo'lishadi ammo shunga qaramay o'z yo'limni tanladim va oxirigacha boraman deb niyat qilganman. 2009 yil "Paxtakor"ga kelganimda CHilonzorda ikki qavatli binoda yashardik. SHaroitlar anchagina og'ir edi. Murod Ismoilov qo'l ostida shug'ullanardim. Ulardan ko'p narsa o'rganganman. Menga hayotda to'g'ri yo'l ko'rsatganlar. Qiyinchiliklarni engib o'tishni o'rgatganlar. Murod akadan ko'p narsa o'rgandim. Ularning bitta gaplari doim yodimda turadi: "Ertaga futbolchi bo'lasanmi yoki bo'lmaysanmi farqi yo'q, eng avvalo yaxshi inson bo'lgin". Murod aka Ismoilovdan juda ham minnatdorman. SHu kungacha ularga rahmat aytish uchun fursat bo'lmagan edi.

Narzulla Saydullaev suhbatlashdi



TAS-IX emas




Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика