So’nggi yangiliklar

16:26Музаффар Музаффаров жамоаси билан тарихий натижа қайд этди   2 16:22"Милан" Рейндерснинг нархини "Манчестер Сити"га маълум қилди  0 15:57"Жирона" — "Атлетико". Таркиблар маълум  0 15:47"Арсенал" "Милан" етакчиларидан бирига қизиқиш билдирмоқда  0 15:17Расман: Хаби Алонсо — "Реал" бош мураббийи  4 14:48"Атлетик" бош мураббийи "Барселона"нинг Уильямсга қизиқиши ҳақида гапирди  4 14:12"Интер" "Рома" футболчисини харид қилмоқчи  4 13:43"Ливерпуль" бразилиялик ҳужумчи харидини кўриб чиқмоқда  0 13:05Сергей Чигодаев - Ўзбекистон U-16 терма жамоасининг CAFA U-17 кубогидаги илк ўйини ҳақида  1 12:35"Челси" икки дарвозабонни кўриб чиқмоқда  2 12:04Тен Хаг топ клубга бош мураббий бўлмоқда  7 11:23"Реал" ПСЖ юлдузини харид қилмоқчи  6 11:00Каору Митоманинг янги жамоаси деярли аниқ  3 10:34Кевин Де Брюйне “Наполи“да қанча маош олиши маълум  2 10:08“Майдонда максимал даражада кучимизни сарфлаймиз, бизда ишонч бор” - Дониёр Абдуманнопов “Сурхон”га қарши ўйин, чиройли гол ва Суперкубок ҳақида  2

"Nasaf" - "Al Jayish" o'yini boshlanishiga 2,5 soat qolganida Yangiliklar

"Nasaf" - "Al Jayish" o'yini boshlanishiga 2,5 soat qolganida

Teglar :  OCHLNasafAl Jayish
Qarshi shahrida bir oylik tanaffusdan so'ng yana OCHL shamoli kezmoqda.


Kuni kecha "Nasaf" jamoasining "Al Jayish"ga qarshi uchrashuvini kuzatish maqsadida Qarshi shahriga tashrif buyurdik. Dushanba kuni o'yin oldi matbuot anjumani o'tkazildi. Unda har ikkala jamoa bosh murabbiyi uchrashuv qiymati qanchalik yuqori ekanligi va g'alaba ishtiyoqida maydonga tushishlarini alohida takidlashdi. Ro'ziqul Berdiev raqib qarshi hujumda qay darajada xavfli ekanligini, ammo ular o'z omadlarini hujumda qidirishlariga urg'u berib o'tdi. CHunki ularni g'alabadan boshqasi qoniqtirmaydi. Sabri Lyamushi esa Qarshidagi o'yindayoq guruh bosqichidagi vazifa va masalani hal etishlariga umid bog'laganinin bildirdi. O'tgan uchrashuvda raqib hujumchisi Hamdallahni zararsizlantira olgan "ajdarlar" himoyachisi SHerzod Azamov bu safar ham yanada diqqatliroq bo'lishi kerakligini yaxshi tushunib turgani va bugungi bahsda g'alaba qozonishlariga ishonishini aytib o'tdi.

Umid qilamizki, Sardor Rashidov to'p tepadigan "Al Jayish" o'z vazifasini "Al Ahli" jamoasiga qarshi kechadigan bellashuvlarga qadar bajarmay turadi va o'sha bahslarda ularga omad tilashimiz mumkin. Bugun esa "Nasaf" jamoasi millionlab o'zbek futboli shaydolarini g'alabasi bilan xushnud etishiga ishonib qolamiz.

Hozirgi vaqtga kelib o'yin boshlanishiga sanoqli soatlar qoldi.

Soat 15:00dan boshlab esa stadionga muxlislar tashrifi boshlanib ketdi va alohida takidlash lozimki, ularning tashrifi kuchaygandan kuchaymoqda.


Kecha ananaviy tarzda uchrashuv rasmiylari o'zlarining "repititciya"larini o'tkazishdi. Bu borada Bahtiyor Mametov kerakli ko'rsatmalarni bolakaylar va stadion xodimlariga o'rgatmoqda.


Bu esa uchrashuv komissari


Bu kechagi rasm. Hozir esa ushbu tribunalar yashin tezligida muxlislar bilan to'lib-toshmoqda


Bu esa "Nasaf" klubi marketing bo'limi boshlig'i - Zahro Karimova


Behzod Nazarov va Yunus Nabiev o'yin oldi tadbirlarni o'tkazishda jonbozlik ko'rsatishmoqda


"Nasaf" jamoasining kiyinish xonasida futbolchilarning liboslari o'z joyiga qo'yilgan


Bu esa o'yin boshlanishiga 3 soat vaqt qolganida tushirilgan surat

Demak o'yin starti oldidan barcha va hamma narsa shay holatda. Biz ham ishlashga va g'alaba keltirishi kutilayotgan o'yinni translyaciyasini boshlashga tayyormiz.

"Nasaf" uyaltirma, bugun G'ALABA qozonishga majbursan! Bizni faqat va faqat G'ALABA qanoatlantiradi! OLG'A, "NASAF"!


SHahboz Beg'amov
Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика