“Napoli” “Arsenal”ga qarshi muxlislarsiz o'ynashi mumkin
07 noy 2013 12:48
Yangiliklar


“Napoli” “Arsenal”ga qarshi muxlislarsiz o'ynashi mumkin
CHempionlar ligasi 6-tur guruh bosqichi doirasida bo'lib o'tadigan “Napoli” – “Arsenal” bahsi, mahalliy muxlislarning tartibni buzganligi sababli bo'sh maydonda o'tishi mumkin, deb xeber beradi Football Italia.
“Napoli”ning kechagi “Marsel”ga qarshi o'yinidan so'ng, mahalliy muxlislar franciyalik futbolchilar avtobusiga turli xildagi narsalar uloqtirishgan. Buning natijasida avtobus oynalari sinib ketgan. Futbolchilardan hech biri jarohatlanmagan bo'lsada, ammo italiyaliklar buning uchun UEFA tomonidan jazoga tortilishlari mumkin.

Fikrlar