So’nggi yangiliklar

18:31Собиқ ҳакам Буррул «Реал»нинг иккинчи пенальтиси ҳақида: «Нотўғри белгиланган. Ўйинчи йиқилди, қўл ҳаракати табиий»  0 17:52"Аркадағ" - "Андижон". Таркиблар маълум бўлди  14 17:29"Қизилқум" майдондан чиқишни хоҳламаган футболчи билан шартномани бекор қилди  8 17:15Қайси клуб ҳозирги таркиби учун энг кўп пул сарфлаган?  3 16:50Пролига 15-турида ишловчи расмийлар  0 16:21Осиё томон йўлга чиқиш навбати "Андижон"га — ОФКнинг клублар мусобақаларида қатнашган барча ўзбек клублари  13 16:06"Реал" юлдузларидан бири 1.5 ойга сафдан чиқди  5 16:00Биринчи лига 15-турида ишловчи расмийлар  0 15:20"Насаф"нинг ОЧЛдаги 9-мавсуми бошланди  10 15:20Туғилган кун муборак, ўзбек футболи қироли — Миржалол Қосимов!   251 14:50"Реал" Чемпионлар лигасида пенальтилар сони бўйича рекордчи бўлди  12 14:33Ямал "Барселона"нинг қайдномасига киритилмади  0 13:49Шерзод Эсанов - "Динамо-Брест" футболчиси  6 13:22ЧЛ плей-оффида "Бенфика"га ютқазган Моуринью энди шу жамоани бошқаради  3 13:01Собиқ ҳакам "Реал"нинг иккинчи пенальтиси ҳақида: "У қўлини бошқа ерга қўя олмасди"  19

Namangan viloyati hokimi "Navbahor" futbolchilariga motivaciya berdi Yangiliklar

Namangan viloyati hokimi "Navbahor" futbolchilariga motivaciya berdi

Xabaringiz bor, “Navbahor” Coca Cola Superliga 8-turi doirasida 7 iyul kuni safarda “Bunyodkor”ga qarshi maydonga tushadi.

Jamoa azolari mazkur bahsga tayyorgarlik doirasidagi so'nggi tayyorgarlikni bugun kechki payt “Markaziy” o'yingoh maydonida olib borishdi.

“Lochinlar” mashg'ulot o'tkazishayotgan paytda o'yingohga Namangan viloyat hokimi, viloyat futbol associaciyasi prezidenti Xayrullo Hayitbaevich Bozorov va “Navbahor” PFK vice-prezidenti Oybek Arifovich Samatov tashrif buyurib, mashg'ulotni kuzatishdi hamda maydon chimini ko'zdan kechirishdi.

Mashg'ulot yakuniga etgach, Xayrullo Bozorov jamoa azolari bilan maydonning o'zida kichik yig'ilish o'tkazib, “Navbahor” Coca Cola Superliganing restartdan keyingi bahslarini muvaffaqiyatli tarzda o'tkazayotganligi, futbolchilar shunday ruhda o'ynashda davom etishlari lozimligi, jamoa joriy mavsumda Osiyo CHempionlar Ligasi yo'llanmasini qo'lga kiritish uchun barcha imkoniyatini ishga solishi, “Navbahor” uchun barcha sharoitlarni yaratib berishini takidlab, “lochinlar”ga “Bunyodkor”ga qarshi kechadigan o'yinda ham omad yor bo'lishi, Namanganga g'alaba bilan qaytishlarini tiladi.

O'z navbatida “Navbahor” PFK rahbariyati, murabbiylar shtabi va futbolchilar jamoaga yaratilayotgan sharoitlar uchun Xayrullo Bozorovga o'z minnatdorchiliklarini bildirib, “Bunyodkor” bilan bo'ladigan bahsda zafar quchish, shuningdek, OCHL yo'llanmasini qo'lga kiritish uchun barcha imkoniyatlarini ishga solishlarini aytishdi.
 

Reyting: +29   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика