Myunxendagi chempionlik bazmi (FOTOGALEREYA)
11 may 2014 21:08
Yangiliklar
Myunxendagi chempionlik bazmi (FOTOGALEREYA)
"Bavariya" klubi Germaniyaning 24-karra chempioni nomiga sazovor bo'ldi. "Gollivud" nomi bilan ataladigan Myunxen klubi vakillari ushbu chempionlikni o'z ananalariga sodiq qolgan xolda juda katta bazm qilib nishonlashdi. Avvaliga jamoa azolariga kechagi "SHtutgart" bilan o'yindan keyin bosh sovrin topshirildi va futbolchilar stadionda muxlislar bilan bayramni ilk qismini nishonlashdi.
SHundan so'ng jamoa azolari stadiondan chiqib Myunxen shahri bo'ylab "kumush lagan" bilan butun ishqibozlar qarshisida bayram tadbirlarini uyushtirishdi va g'alabani o'z suyuklilari ko'z oldida nishonlashdi. Ushbu orqali kechagi "Alyanc-Arena"dagi tadbir va chempionlik fotolavhalarini tomosha qilishingiz mumkin.
Keyinchalik esa futbolchilar o'z oila azolari va klub tizimida faoliyat yuritadigan barcha xodimlar sharafiga katta bazm uyushtirildi.
Kechki bazmda "Bavariya" klubi sobiq prezidenti, hozirda qamoqxonada o'z jazosini o'tayotgan Uli Xeness ham ishtirok etdi va jamoa azolari tabrikladi.
Ushbu tantanalar haqida qo'yidagi fotolavhalar orqali batafsil tanishib olasiz.
SHahboz Beg'amov
Fikrlar