Myuller: "Omad bizning tomonda emasdi"
14 jan 2021 14:30
Yangiliklar


Myuller: "Omad bizning tomonda emasdi"
"Bavariya" futbolchisi Tomas Myuller Germaniya Kubogi doirasida "Xolshtayn"dan uchralgan mag'lubiyat haqida gapirdi.
"Kil shahri jamoasiga mag'lub bo'ldik. Juda ham g'alati bo'lar ekan bu gapni aytish. Omad biz tomonda bo'lmadi.
Birinchi bo'limda o'zimizni yaxshi his qilayotgandik. Yaxshi vaziyatlar bo'ldi, kombinaciyalar o'xshadi, to'pni ushlab turishdan juda katta zavq oldik.
"Kil" esa bor kuchi bilan harakat qildi. Biz juda katta xatolarga yo'l qo'ydik, "Kil" esa vaziyatlardan unumli foydalanib ketdi", - dedi Myuller.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar