Myuller “Bavariya”ga nima etishmayotganligini aytdi
27 okt 2019 09:05
Yangiliklar


Myuller “Bavariya”ga nima etishmayotganligini aytdi
“Bavariya” hujumchisi Tomas Myuller Bundesliga 9-turida “Union” (2:1) ustidan qozonilgan g'alabadan keyin o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
“O'yiimizda pozitiv jihatlar ko'p. Darvozamizga ikki bor penalti belgilanganligini aytmasa, raqibga boshqa vaziyatlarda umuman imkon bermadik. O'ylashimcha, yaxshi o'yin ko'rsatdik. Ayni paytda bizga biroz dadillik va albatta omad etishmayapti. CHunki yaratilgan vaziyatlardan samarali foydalana olmayapmiz. Oldimizga birinchi o'ringa ko'tarilish vazifasini qo'ygandik va bunga erishdik. Buyog'iga o'yindan o'yinga barqaror harakat qilishmiz lozim. O'ylashimcha, biz bunga erishamiz”, deya Myullerning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda “Bavariya” matbuot xizmati.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar