MYU sobiq futbolchisi: "CHelsi"da Potter uslubiga mos keladigan o'yinchilar yo'q"
23 dek 2022 13:00
Yangiliklar


MYU sobiq futbolchisi: "CHelsi"da Potter uslubiga mos keladigan o'yinchilar yo'q"
"Manchester Yunayted" sobiq himoyachisi Pol Parker "CHelsi"dagi vaziyat haqida fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"To'g'risini aytsam, "CHelsi"ga haddan tashqari baho berilgan deb o'ylayman. Nega ular Kalidu Kulibali bilan shartnoma imzolaganini haligacha tushunmayman. U "taxta" va hech narsa qila olmaydi.
Ularda qoyilmaqom darvozabon yoki ajoyib markaziy hujumchi yo'q. N'Golo Kantening gullab-yashnagan davrini allaqachon ortda qolgan, Jorjino esa umuman hech narsa ko'rsatmaydi. Ularning kuchli to'rtlik uchun kurashishga qodirligiga ko'zim etmayapti.
Yarim himoyada kreativlik etishmayapti. Meyson Maunt odamlar u haqida noto'g'ri o'ylashayotganini isbotlashi uchun hali ko'p ish qilishi kerak.
Menimcha, tarkibda Grem Potter o'yin uslubiga mos keladigan bironta ham futbolchi yo'q", – dedi Parker.
O’xshash yangiliklar
12:17
Arteta: "Chempionlik poygasidagi vaziyat 3 oy avval qanday bo'lsa, o'shandayligicha qolmoqda" 6
04:01
Pep Gvardiola "Tottenxem"ga qarshi o'yindan keyin Husanov haqida juda iliq fikrlar bildirdi 30

Fikrlar