MYU sobiq darvozaboni: "Sulsherga vaqt berish kerak"
30 okt 2021 21:32
Yangiliklar
MYU sobiq darvozaboni: "Sulsherga vaqt berish kerak"
"Manchester Yunayted" va Polsha terma jamoasining 39 yoshli sobiq darvozaboni Tomash Kushchak hozirgi paytda Ole Gunnar Sulsher bilan ro'y berayotgan holatni afsonaviy Aleks Fergyusonda kuzatilgan vaziyat bilan taqqosladi.
"Ser Aleks Fergyuson unga vaqt berilgani evaziga bu klubda ko'p narsaga erishgan. Avvaliga bir necha yillik omadsiz mavsumlar bo'lgan, keyin esa fantastik davrlar kelgan. Umid qilamanki, Ole ham shundan imkoniyatga ega bo'ladi. O'layshimcha, ayni paytda unda hammasi joyida.
Bilaman, insonlar Sulsher etarlicha vaqt olgani, ammo ikki yilda hech narsa yutmaganini takidlashadi. Biroq u jamoa uchun biz maydonda ko'rgan jihatlardan boshqa ko'p narsa qildi. Hammasi sahna ortida kechmoqda, buni esa odamlar bilishmaydi. Nimadir qurish uchun vaqt talab etiladi", – dedi Kushchak.
Fikrlar