MYU muxlislari Sanchesning "Bavariya"ga o'tib ketgani tufayli Vudvorddan g'azablanishmoqda

Aslanov Jasurbek
11 may 2016, 10:56
"Benfika" yarim himoyachisi Renatu Sanchesning "Bavariya" bilan shartnoma imzolashi "Manchester Yunayted" muxlislarini g'azablantirdi.

Ularning jahli Lissabon jamoasi futbolchisini xarid qila olmagan ingliz grandi ijrochi direktori Ed Vudvordga qaratilgan. "Manchester Yunayted" ham Sanchesga da'vogar edi. Oldinroq klub bu xaridga juda yaqin ekanligi e'lon qilingandi.

Sanches "Bavariya" bilan 5 yillik shartnoma imzoladi, transfer operaciyasi 35 mln. evro evaziga amalga oshdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal