

Ingliz klubi belgiyalik futbolchiga yillik maoshi 4,5 mln. evro bo'lgan shartnoma taklif qilishga ulgurdi.
Mertens va "Napoli" o'rtasidagi bitim 2018 yilda yakuniga etadi, ammo MYU yana bir mavsum kutmoqchi emas va 29 yoshli yarim himoyachi uchun "Napoli"ga 30 mln. evro taklif qilishga tayyor.
Mertens joriy mavsum A Seriyaning 29 ta uchrashuvida 21 ta gol urdi va 9 ta golli pas berdi.


