MYU "Leypcig" futbolchisi bilan shartnoma imzolashi mumkin. Unga shuningdek "Liverpul" va "CHelsi" qiziqmoqda
09 fev 2021 15:18
Yangiliklar


MYU "Leypcig" futbolchisi bilan shartnoma imzolashi mumkin. Unga shuningdek "Liverpul" va "CHelsi" qiziqmoqda
"Manchester Yunayted" yozgi transferlar oynasida markaziy himoya chizig'ini kuchaytirmoqchi.
Angliya klubi "RB Leypcig"ning 21 yoshli himoyachisi Ibraima Konatega qiziqish bildirmoqda. Futbolchi MYU ustozi Ole-Gunnar Sulsherning mudofaani kuchaytirish uchun asosiy variantidir.
Oldinroq mutaxassis "Leypcig"ning boshqa bir himoyachisi Dayo Upamekanoni o'z safiga qo'shib olmoqchi edi, ammo "Bavariya" futbolchi uchun kurashda etakchiga aylandi.
Konatega shuningdek "Liverpul" va "CHelsi" klublari ham qiziqish bildirmoqda. Franciya terma jamoasi futbolchisi Bundesliganing joriy mavsumida 6ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar