MYU "CHelsi" boshqaruviga kelgan Potterdan voz kechgani malum bo'ldi
10 sen 2022 12:25
Yangiliklar
MYU "CHelsi" boshqaruviga kelgan Potterdan voz kechgani malum bo'ldi
"Manchester Yunayted" "CHelsi" bosh murabbiyi Grem Potterga qiziqish bildirgan, deb xabar berdi "Daily Mail".
Manba bergan xabarga ko'ra, mankunianlar mutaxassis nomzodini mart oyida, klub Ralf Rangnikka o'rinbosar qidirayotgan paytda ko'rib chiqqan. Biroq yakunda "Manchester Yunayted" CHempionlar Ligasida tajribasi yo'qligi sababli Potter variantidan voz kechishga qaror qilgan. Natijada klubni Erik ten Hag o'z qo'liga oldi.
Eslatib o'tamiz, 47 yoshli Potter "CHelsi" bilan 2027 yilning yoziga qadar mo'ljallangan shartnoma imzolagan.
Fikrlar