MYU bosh murabbiyi Ronalduning ketishiga bo'lgan munosabatini o'zgartirdi
04 okt 2022 18:53
Yangiliklar


MYU bosh murabbiyi Ronalduning ketishiga bo'lgan munosabatini o'zgartirdi
"Manchester Yunayted" ustozi Erik ten Hag hujumchi Krishtianu Ronaldu yanvar oyida jamoani tark etishiga qarshi emas.
"The Telegraph" xabariga ko'ra, bungacha mutaxassis hujumchini jamoada olib qolishga harakat qilgan, ammo hozir u bu fikridan qaytgan va agar boshqa klubdan yaxshi taklif tushsa, futbolchini qolishga ko'ndirmaydi.
Manbaga ko'ra, portugaliyalikning o'zi ko'proq o'yin vaqtini olishni, keyin esa JCH-2022 da yaxshi o'yin ko'rsatishni istamoqda.
Ronalduning ishonchi komilki, bunday harakat uning CHempionlar Ligasida o'ynaydigan klubga o'tish imkoniyatini oshiradi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar