MYU Antoni borasida La Liga klubi bilan muzokaralar olib bormoqda
15 jan 21:01
Yangiliklar
MYU Antoni borasida La Liga klubi bilan muzokaralar olib bormoqda
Antoni yaqin vaqtlarda "Manchester Yunayted"ni tark etishi mumkin.
MYU vingerga qiziqqan bir qator klublar bilan muzokaralar olib bormoqda. Antoni katta ehtimol bilan klubdan ijara asosida ketadi.
Braziliyalikka ko'proq Assane Diaoning "Komo"ga ketishidan so'ng vinger qidirayotgan "Betis" qiziqmoqda.
Antonining MYU bilan shartnomasi 2027 yilga qadar mo'ljallangan. Braziliyalik joriy mavsum klub safida APL doirasida 6ta o'yinda maydonga tushdi.
Fikrlar