So’nggi yangiliklar

02:13Конференциялар лигаси. Голларга бой ўтган ўйинларда "Олимпиакос" ва "Фиорентина" ғалаба қозонди  3 02:02Европа лигаси. "Марсель" ва "Аталанта" муроса кўчасини танлади, "Байер" эса "Рома" майдонида ишончли ғалабага эришди  15 01:30АПЛ. Лондон дербисида "Челси" "Тоттенхэм"ни мағлубиятга учратди  3 00:53Германияда эркаклар футбол жамоасига илк маротаба аёл бош мураббий тайинланди  2 00:29Қозоғистон Профессионал футбол лигасининг букмекер ҳамкоридан қанча пул олаётгани маълум бўлди  3 00:12ПСЖ автобуси "Боруссия" стадионини Мбаппесиз тарк этди  0 23:28Россия кубоги. РПЛ йўли. Финал. Файзуллаев захирадан туширилди, ЦСКА эса илк ўйинда дуранг ўйнади  4 23:17U-23 Осиё кубоги. Ироқ 3-ўрин учун баҳсда Индонезияни мағлуб этиб, Олимпиада йўлланмасини қўлга киритди  29 23:00Бензема "Реал Мадрид"га қайтди  2 22:26Ўзбекистон U-23 терма жамоасининг финалдан олдинги расмий машғулоти  1 22:11"Арсенал" логотипини ўзгартиради  2 21:55Аргентина Месси фаолиятини якунлагач, 10-рақамни ҳеч кимга бермайди  6 21:30Ўзбекистон олимпия терма жамоасининг финал олдидан ўтказган машғулотидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  1 21:04Куртуа Евро-2024'да иштирок этмайди  0 20:59Осиё Чемпионлар лигаси финалини ўзбекистонлик ҳакамлар бошқаради  8

Muzaffar Muzaffarov: "Roganni "Dinamo"da hor qilib yuborishdi. Bu klubdagi sharoitlarga Messini olib kelsangiz ham hech narsa qila olmaydi" Yangiliklar

Muzaffar Muzaffarov: "Roganni "Dinamo"da hor qilib yuborishdi. Bu klubdagi sharoitlarga Messini olib kelsangiz ham hech narsa qila olmaydi"

Birinchi davrani "Dinamo"da o'tkazgan yarim himoyachi Muzaffar Muzaffarov faoliyatini legioner sifatida Bangladesh chempionatida davom ettirayotganidan xabaringiz bor.

Superliganing bir nechta jamoalarida to'p tepgan futbolchi endilikda xorijda o'z imkoniyatlarini sinab ko'rishni maqsad qilgan. Aslida "Dinamo"dan nima uchun ketgandi? Yangi jamoasi haqida fikrlari qanday? Quyidagi bu haqida batafsil bilib olishingiz mumkin.

Muzaffar Muzaffarov legionerga aylandi

— "Dinamo"dan ketishimga birinchi sabab serbiyalik murabbiy Predrag Roganga nohaqlik qilingani bo'ldi. Uni nima uchun olib kelishdi o'zi? Bu murabbiyga hech kim yordam bermadi. Andrey SHipilovni bosh murabbiy qilish niyatltigi bor ekan, nima uchun mavsum boshidan bunga qo'l urishmadi? Bechora Roganni hor qilib yuborishdi. Ishonasizmi, birinchi liga klubining bazasi "Dinamo"nikidan yaxshiroq. Borib ko'ring bir. Xunuk bo'lsa ham aytaman, 25 nafar futbolchiga 2 dona xojatxona, 3 dona dush bor. Deylik mashg'ulot kechki soat oltida tugaganda ham navbat kutishga to'g'ri keladi. Bir dona kir yuvish mashinasi qo'yilgan. Agarda men kiyimlarimni yuvadigan bo'lsam 5 soat kutishim kerak. Tashkilotchilik nol. Futbol uchun hech narsa tayyor emas. SHuncha yil to'p tepib bunday sharoitni ko'rmaganman. Rogan uchun barchasiga chidadik. Ishlab yurgan odamning "tagiga suv qo'yishdi". Yana bitta stolda taomlanishardi. Maqsadiga erishishdi, keyin nima bo'ldi? Hammaga malum. 

— Maoshlar vaqtida berilgan. O'shanda ham 80 foizi berilardi. Maoshni eshitsangiz juda kulguli holatda. Albatta vaqtidada bo'ladida eng kam maosh berilgandan keyin. Turkiyada yig'in qilmasdan bazani remont qilmaydimi? Safar o'yinlariga borganimizda boshqa klublar formalarini ilib qo'yishadi, turli egulik, ichimliklar muhayyo qilingani bo'ladi. Bizda 20ta futbolchiga 17 dona banan va 1 dona shokolad qo'b qo'yishadi, tamom. Rogan xayrlashayotganida ko'zida yoshni ko'rdim. Yig'lab ketdi. Meni "Dinamo"dan hech kim ketkazgani yo'q. Jamoani o'zim tark etdim. Rogandan so'ng bitta "Navbahor" bilan uchrashuvda maydonga tushdim va qaytib kelmadim.  U murabbiyga endi endi o'rganib borayotgandik. Ko'p uchrashuvlarda kichik yoki bitta to'p farqi bilan mag'lubiyatga uchradik. Agar futbolchilarga sharoit qilib bermasa keyingi yil ham Superligaga chiqolmaydi. Erkin Baydullaev, Elguja Grigalashvili, Marat Bikmaev qanday futbolchilar ular. "Dinamo"dagi sharoitga Messini olib kelsangiz ham hech narsa qila olmaydi. Yomg'ir yog'sa bazani suv bosib ketadi. Umumiy qilib aytganda nohaqliklar juda ko'p bo'ldi. 

— Bunday voqealardan keyin ochig'i futboldan ko'nglim sovib ketdi. Menga bir agent aloqaga chiqdi va qiziqtirdi. Keyin esa shartnoma imzoladim. So'nggi yillardagi faoliyatimga kelsak, pasayish demagan bo'lardim. "Qo'qon-1912"da 7 oy ichida 3 marotaba oyog'im sindi. "Turon"da o'zimni yaxshi tomonlarimni ko'rsatdim, deb o'ylayman. Bu klubda muhit va futbolga qarash boshqacha. Rahbarlari haqiqiy mard insonlar. "Mohammedan Sporting" ancha yillardan beri Bangladesh Superligasida barqaror o'ynab kelyapti. Klub oldiga chempionlikni qo'lga kiritishni maqsad qilib qo'ygan. Ispaniya, Braziliya, Eron mamlakatidan kelgan legionerlarni o'z safiga qo'shib oldi. SHaroitlar alo darajada. Har bir legionerga alohida uy va avtomobil berdi.

Reyting: +34   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика