So’nggi yangiliklar

10:34А Сериянинг яна бир тўпурари Саудияга йўл олиши мумкин  0 09:24Допинг сабаб икки йил футбол ўйнамаган жаҳон чемпиони Б Серия жамоасига ўтди  0 08:55“Реал“ ҳужумчиси икки ойга сафдан чиқди  1 08:27Томас Мюллер фаолиятини Европанинг кутилмаган жамоасида давом эттириши мумкин  0 07:58“Реал“ 90 миллионга таянч ярим ҳимоячи сотиб олмоқчи  3 07:32Луи ван Гал саратон касаллигини енгганини эълон қилди  1 00:49"Кристал Пэлас" "Лион" туфайли Европа лигасида иштирок эта олмайди. Нега?  3 00:05Муҳаммадали Ўринбоев "Антверпен" таркибида дебют қилди  6 23:58Флик тер Штегенга янги мавсум асосий дарвозабони бўлмаслигини айтди  6 23:14Модрич: "Мен доимо "Реал" мухлиси бўлиб қоламан"  2 22:52Алонсо "Реал" раҳбариятидан таянч ярим ҳимоячисини трансфер қилишни сўрамоқда  14 22:20"Рома" А Сериянинг энг яхши дарвозабони билан шартномани узайтирди  1 21:45"Галатасарой" Осимхенни сотиб олиш бўйича "Наполи"га таклиф жўнатди  0 21:13Рўзиқул Бердиев таркибни кучайтириш ва иккинчи даврага тайёргарлик ҳақида гапирди  11 20:41"Реал Мадрид" мухлислари 0:4 дан сўнг Пересга раҳмат айтишди  18

Muzaffar Muzaffarov: “Ortda qolayotgan yil men uchun omadli kechdi” Yangiliklar

Muzaffar Muzaffarov: “Ortda qolayotgan yil men uchun omadli kechdi”

Bu yil “So'g'diyona” safida yorqin o'yinlari bilan ko'pchilikni etiborini qozongan futbolchilardan biri – Muzaffar Muzaffarov bo'ldi.

Iqtidorli futbolchi qisqa fursat ichida jizzaxliklarning etakchilaridan biriga aylanib ulgurdi. SHu bois Muzaffarovni 2015 yilning kashfiyotlaridan biri deyish mumkin. Yaqinda futbolchi bilan suhbatlashib, ortda qolayotgan yil va yangi yildagi rejalari haqida so'radik.

- Muzaffar, ortda qolayotgan 2015 yil siz uchun qanday o'tdi?
- Joriy yil men uchun juda ham omadli bo'ldi. Sababi oliy ligada deyarli debyut mavsumimni o'tkazdim va etarlicha o'yin amaliyotiga ega bo'ldim. Tabiiyki bu bilan futbolchi sifatida ham birmuncha o'sishga erishganimni his etdim. Buning uchun eng avvalo “So'g'diyona” bosh murabbiyi – Davron aka Fayzievga minnatdorchilik bildiraman. U kishi menga qo'rqmasdan ishonch bildirib, imkoniyat berdi. Bildirilgan ishonchni oqlash uchun astoydil xarakat qildim. Jizzaxga kelib o'zim uchun ajoyib tandemni topdim. Bu – Sanjar Rashidov. U bilan birga yonma-yon o'ynash hamisha men uchun qulay bo'ldi. Bir-birimizni so'zsiz tushunadigan darajaga chiqdik. Bu ham mening 2015 yildagi yutuqlarimdan biri bo'ldi. 


- Yangi yil bayramini bungacha qay tariqa o'tkazib kelgansiz? Va bu yil qanday nishonlamoqchisiz? Aytaylik, oila davrasidami yoki do'stlar bilanmi?
- Yangi yilni har safar oilam davrasida kutaman. 2016 yilni ham nasib qilsa shu tariqa qarshi olish niyatidaman.

- Yangi yilda Qorbobodan nima so'ragan bo'lardingiz?
- Qorbobodan emas-u, Yaratgandan yurtimizga tinchlik osoyishtalik, ota-onamga sog'liq salomatlik so'rayman.

- Siz uchun shu kungacha o'tgan yangi yil bayramlarida esda qolgan xotiralar qaysilar bo'lgan?
- Har safar yangi yil bayrami men uchun yaxshi o'tadi. Bu borada birortasini ajratib qo'rsata olmayman.


Islombek Rustambekov.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика