So’nggi yangiliklar

21:12А Серия. "Кальяри" - "Интер" баҳси асосий таркиблари маълум!  0 20:47"Милан" ПСЖга таклиф билан чиқди  0 20:16Россия термаси учун яна бир рақиб топилди  1 19:54Пеп Гвардиола: "Таслим бўлмайман"  1 19:36Флик ва Деку Леау трансферига ишонишмаяпти, аммо Лапорта уни сотиб олмоқчи  0 19:06Суперлигага қайтган "Бухоро" Қулматовни ўз сафига қўшиб олди  3 18:55"Барселона" Ольмо ишини ҳал қилиш учун ЛаЛигага VIP жойлар ҳужжатини юборди  1 18:36Шуҳрат Муҳаммадиев "Насаф" билан янги битим имзолади  0 18:02Катта эҳтимол билан АПЛни "Ливерпуль" ютади  6 17:15"Барселона" яна Ольмога ваъда беришни бошлади  0 16:35"Реал" клублар ўртасидаги ЖЧдан қанча пул ишлаб олиши мумкин?  9 16:14"Ланс" етакчисини 15 млн еврога сотмоқда  3 15:58Балотелли январь ойидаёқ "Женоа"ни тарк этиши мумкин  2 15:44Винисиус "Реал"дан Мбаппе даражасидаги маош талаб қилмоқда  8 15:00Championat.asia ходимлари томонидан йил давомида эълон қилинган мақолалар  5

Muxlisimiz finalda Yangiliklar

Muxlisimiz finalda

Demak, final taassurotlari haqida. Avvalo final uchrashuviga chiptam bo'lmasa-da San-Pauludan Rio sari yo'lga chiqdim.
Ikki kun Rio shahrida bo'lib shaharning etiborga loyiq joylarini sayr qildim Rio-De- Janeyroning Kopakabana plyaji va dunyoga mashhur qo'llarini ochib turgan Xesus haykali.

Finalga qaytamiz.
“Marakana” stadioni tomon soat 11:00da yo'lga chiqdim, muxlislar metrodan chiqishi bilan policiya “Xush kelibsiz”, deya kutib olmoqda. Kimning chiptasi bo'lsa to'g'riga, bo'lmasa o'ng tarafga. Menga ham chiroyli muomala qilgan holda, o'ng tomonni ko'rsatib yuborishdi. CHunki chiptam yo'q edi.
“Marakana” stadioni atrofida yuzlab muxlislar qog'ozga chipta olaman deb yozib ko'tarib yurishibdi.
Taklif qilinayotgan summa esa joyiga qarab, 5000-10.000$gacha.





Lekin shunga qaramay, minglab muxlislar ichida nimaga qodir ekanligimni ko'rsatib 6ta policiya tekshiruvidan oxirgisi yani, kompyuter tekshiruviga yaqinlashganimda to'xtab chetga o'tdim va u erdan barcha ko'rgan-kechirganlarimni siz azizlarga ushbu sayt orqali etkazib turdim, yoshi 70dan oshgan argentinalik bir mo'ysafid qo'ldan chipta olganligi va u qalbaki chiqqanini yozib o'tdim. CHiptasi esa soxta ekan.

Uning erga o'tirib qon yig'laganini ko'rib yuragim shu qadar aziyat chekdiki, shu kishiga nima qilib yordam bersam ekan deb o'yladim. Taxminan 20 daqiqalardan so'ng stadion ichidan bir yigit chiqib uning oldiga kelib biroz yupatdi-da, ichkariga olib kirib ketdi. Men u uchun xursand bo'ldim!

SHu tariqa o'sha hududda bo'layotgan voqealarni kuzatib suratga olib turaverdim. Kiraverishda 10ga yaqin argentinalikni qo'lini qayirgan holda policiya qaytarib chiqarib haydab yubordi. 4 nafar rossiyalik muxlis esa chiptani Rossiyadagi sayyohlik firmalaridan olishgan ekan. Baxtga qarshi ularning chiptalari ham qalbaki edi. CHoldan farqli ravishda avvaliga ular rosa so'kindi, keyin policiyadan yordam berishini so'radilar. Ularning keyingi taqdiri nima bo'lganidan bexabarman.

CHetda turib barchasini kuzatar ekanman, finalga kirish uchun menda hech qanaqa imkon yo'qligiga ishonch hosil qila boshladim.

Lekin meni O'zbekistondagi do'stlarim “telegram” va “vacap” orqali qo'llab turishdi, shu jumladan, sayt vakillari va o'quvchilari ham.

Stadionga "quyon" bo'lib kirish uyoqda tursin, chumoli bo'lib ham kirishning iloji yo'q. Xavfsizlik nafaqat erda, balki osmondagi 4ta vertolyot orqali ham qattiq nazoratda edi.
Qo'ldan chipta xarid qilish katta xarajat. Yolg'iz umid Xudodan edi va men o'yin boshlanishiga sanoqli daqiqalar qolganida ham mo'jiza kutayotgan edim. Kirish turniketi oldiga borishdan naf yo'q. Qo'riqchilar otasini ham tanimaydigan kun.





Stadionga kira olmagan muxlislar kabi men ham o'yinni plyajda ko'rish uchun endi joyimdan qo'zg'alganimda, o'yinga kechikib kelayotgan 4 nafar kishiga ko'zim tushdi. Ulardan biri sumkasidan 5ta chiptani chiqardi-da, sheriklariga tarqata boshladi. Ular aytib o'tganimdek 4 kishi, 1qiz va 3 yigit. CHiptalar esa 5ta. Bu chipta ko'zimga shunday chiroyli ko'rinib ketdiki, uyalmasdan borib ulardan sotishlarini so'radim. Atrofda deyarli hech kim qolmagan. CHiptasi borlar allaqachon stadion ichida bo'lsalar, chiptasizlar  plyajni to'ldirib bo'lgandilar. Ularning sardori avvaliga menga boshdan oyoq razm soldi-da, sumkasiga solayotgan chiptasini menga uzatdi, quvonganimni ko'rib, chipta menga sovg'a ekanligi va uning uchun pul olmasligini aytdi.

Finalga kirib borar ekanman, bir paytlar Pelening yuzlab gollari urilgan stadiondan etim jiz etdi. Yana bir bor bejizga to'rt yillikning muhim musobaqasini mundial deb atamasliklariga amin bo'ldim. Finalda kimsan afsonaviy Maradona va Bekkenbauerning avlodlari. Maydonda esa Messi va SHvaynshtayger.

Kundaligimni, braziliyalik afsonaviy ishqiboz bilan tushgan suratim bilan yakunlayman. JCHni ko'rib shunga amin bo'ldimki, 2018 yil chiqmasak bo'lmaydi.



Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика