So’nggi yangiliklar

16:33"Ювентус" Погба жамоадан кетишини тасдиқлади  0 16:21"Олимпик" — "Қизилқум". Таркиблар маълум  0 16:05"Нефтчи" — "Навбаҳор" 1:1. Матнли трансляция  20 15:405та гол урилган "Локомотив" ва "Бунёдкор" ўртасидаги Тошкент дербисидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 15:30Туркия Суперлигаси. "Сивасспор" ўз майдонида "Хатайспор"ни қабул қилмоқда (онлайн ҳисоб)  1 14:45АПЛ гранди Абдуқодир Ҳусановга кўз тиккан  24 13:47Гвардиола: "Фергюсон Англия ва бутун дунёда энг зўри"  4 13:14"Манчестер Сити" Де Брюйнега Бундеслигадан ўринбосар топди  0 12:41"Ливерпуль" Виржил ван Дейк борасида қарор қабул қилди  0 12:06"Интер" "Боруссия" юлдузини нишонга олди  0 11:37"Интер Майами" клублар ўртасидаги ЖЧга таклиф олди  5 10:50«Манчестер Сити» юлдузларидан бири ёзда жамоани тарк этади  0 10:07Лука Модрич 58 йиллик рекордни янгилади  5 09:31Эрик тен Хаг: “Мен бу трансфер амалга ошишини истамаганман”  4 08:55Sofascore. Кечаги учрашувда Аббосбек Файзуллаевнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  0

Mutolaa uchun. Yaxshiboev "SHaxtyor"da o'zini noqulay his etganmidi? Yangiliklar

Mutolaa uchun. Yaxshiboev "SHaxtyor"da o'zini noqulay his etganmidi?

U jamoadoshlari bilan kam aloqada bo'ldi, oltin medal uchun bahs oldidan yo'qolib qoldi va bahs tugagach, darhol jamoa chatini tark etdi.

Vladislav Tatur by.tribuna.com saytida o'zbek hujumchisining g'ayrioddiy tarixi haqida to'xtaldi.

Jasurbek Yaxshiboev birinchi davrada BATEga qarshi o'yinda dubl qayd etib, futbolimizga chaqnab kirib keldi. Borisov jamoasi "Energetik"ning tezkor hujumlariga dosh berolmadi va o'zbekistonlik yakkama-yakka o'yinda "sariq-ko'klar"ning ikki markaziy himoyachisi bilan xohlagan ishini qildi. Federaciyaning rasmiy You Tube kanalida ushbu o'yinni 110 ming tomoshabin ko'rdi. Nomalum futbolchining bunday ko'rsatkichi hamma uchun syurpriz bo'ldi.

Yaxshiboev uchun "Energetik" o'yin tizimi juda mos edi: 3-5-2, ko'proq kenglik, qarshi hujumga intilish va eng yaxshi fazilatlar – tezlik va driblingni namoyish etish uchun imkoniyat. "Talabalar" tarkibidagi 14 uchrashuvda Jasurbek 9 ta gol urdi va 3 ta golli pas berdi. 4 ta golni penaltidan urdi, shundan 2 tasini legionerning o'zi ishlab olgandi.

BATE Yaxshiboevni qo'lga kiritishni xohladi, ammo klub qo'yilgan shartlardan qo'rqib ketdi

Kirill Alshevskiy ham buni istadi. BATEning o'sha paytdagi bosh murabbiyi o'yinchi o'zini nafaqat qarshi hujum modelida, balki ko'p vaqtni to'pga egalik qilish uchun sarflaydigan, pozicion hujum uyushtiradigan jamoada ham yaxshi his eta oladi, deb ishongan.

Skavish, Nexaychik va Stasevich mavjudligida Yaxshiboev BATEda qandaydir poziciyada o'ynashini tasavvur qilish qiyin. Albatta, Jasurbek rotaciya va start uchun raqobat sharoitida markaziy hujumchi sifatida ham, qanot vakili sifatida ham o'z daqiqasiga ega bo'lardi.

Bilishimcha, BATE keyinchalik summani oshirish sharti bilan malum bir takliflarni ilgari surdi. Agentlar birdaniga barcha jihatlar bo'yicha taklif qilinganidan ikki baravar ko'proq pul olishni xohlashdi. Keyinchalik katta moliyaviy talablar Kievning "Dinamo"sini qo'rqitdi, lekin jiddiy qiziqish bor edi.

Klub bitim tuzilmasidan ham cho'chidi: Yaxshiboevning egalik huquqining bir qismi "Paxtakor"ga, yana bir qismi – uchinchi shaxslarga tegishli edi. Futbolchining vakillari bilan u yoki bu tarzdagi muzokaralar hech narsaga olib kelmadi. Jasurbek Soligorskga jo'nab ketdi, aftidan klub barcha shartlarni bajarishga rozi bo'lib, Yaxshiboevni sotib olish imkoniyati bilan mavsum oxirigacha ijaraga oldi.

"SHaxtyor"ning moliyaviy imkoniyatlari Borisov jamoasinikidan yuqori ekanligi sir emas. Ilgari BATE ligadagi istalgan futbolchi uchun kurashda barchadan ustunlikka ega edi. Hozir va yaqin kelajakda esa bunday emas.

Lisakovichning o'rnini bosishi kerak edi, ammo katta o'yinlarda ko'rinmay qoldi

O'zbekistonlik o'yinchi "SHaxtyor"dan ketgan Lisakovich o'rnini egallashi kerak edi. Umuman olganda, bular boshqa-boshqa profilga ega ijrochilar. Ehtimol, taqqoslash mutlaqo to'g'ri emas, chunki birinchi davrada ular turli xil tizimlarda o'ynashgan, ammo baribir: Vitaliy poziciyani to'g'ri tanlashi tufayli xavfli zonalarda to'pni yaxshiroq qabul qilib olardi. Lisakovich ikkinchi hujumchi rolida o'zini qulay his etmasdi – u raqib darvozasiga yaqinroq joyda bo'lishni xohlardi. 

Yaxshiboev – qarshi hujumga ixtisoslashgan hujumchi. Mutaxassislar uni Lisakovich singari sof hujumchi bo'lib o'ynay olishiga ham ijobiy baho berishgan, biroq u pozicion hujumda unchalik yaxshi ochilmaydi va yaqin masofada yomonroq harakat qiladi.

"SHaxtyor" safidagi birinchi o'yin – "Gorodeya"ga qarshi o'yinda o'zbekistonlik gol urishni boshladi. SHuningdek, "Vitebsk" darvozasiga gol urdi. Bundan tashqari, "Belshina" darvozasini ishg'ol etib, "Smolevichi" bilan o'yinlarda xet-trik va dubl namoyish qildi.

Yaxshiboev katta o'yinlarda o'zidan umuman taassurot qoldirmadi: so'nggi turda "Brest", "Isloch", Minskning "Dinamo"si, BATE va “Minsk” bilan uchrashuvlarda – nol gol.

Yaxshiboevning birinchi davrada "Energetik"dagi, ikkinchisida "SHaxtyor"dagi statistikasiga murojaat qilib, ularni solishtirsak, Jasurbek "SHaxtyor"da kombinaciyalashgan va golli paslarda faolroq ishtirok etgani, ko'proq yordam bergani, ammo shu bilan birga uning yakka tartibdagi muvaffaqiyatli aldab o'tishlari kamayganligi aniqlandi. U jarima maydonchasida to'plarni kamroq qabul qila boshladi va ko'p vaziyatlarga ega bo'lmadi.

Jamoada ildiz otmadi

"SHaxtyor"dagi besh oy davomida Yaxshiboev jamoaga qo'shilib keta olmagan. Aytishlaricha, u deyarli hech kim bilan gaplashmagan va mashg'ulotlarda u qadar intensiv ishlamagan. SHuningdek, "Rux"ga qarshi o'yindan keyin jamoa etakchilaridan biri bilan ziddiyatga borgan. Hech qanday jiddiy narsa yo'q: futbolchilar jandallashib qolishgan va ularni tezda ajratib olishgan. 

O'zbekistonlik futbolchi so'nggi turga qadar bo'lgan tayyorgarlik chog'ida bir hafta davomida nomalum sabablarga ko'ra bir nechta mashg'ulotlarni o'tkazib yuborgan, ammo baribir o'yinni asosiy tarkibda boshlagan va uchrashuvdan so'ng hech kim uning yuzida erishilgan yutuqdan keyingi quvonch hissini ko'rmagan.

Futbolchilar va murabbiylar bayramni davom ettirish uchun stadiondan chiqib, bazaga borishdi, biroq Jasurbek ular bilan birga bo'lmagan. Futbolchi darhol jamoaviy chatni tark etib, Minskka yo'l oldi. Bir kun o'tgach, sharaflash marosimida ham uni hech kim ko'rmadi. Ehtimol, oltin medal o'z egasiga etib bormaydi.

Nima uchun bunday bo'lganini aytish qiyin. Aytishlaricha, "Energetik"da Yaxshiboevga Artem Radkov ijobiy tasir ko'rsatgan. "SHaxtyor" esa hech kim bilan ovora bo'lib qolmaydigan top-klub.

"SHaxtyor"(Soligorsk)ga o'tish bomba transferga aylangandi. Jasurbek jamoaga albatta, yordam berdi, ammo kutilganidan ko'ra kamtarona. Nima bo'lgan taqdirda, 2020 yilgi mavsum Yaxshiboevning yorqin o'yinlari bilan ham esda qoladi. 

O'zbekistonlik futbolchi Belarusda o'zini ko'rsatdi va chempion bo'lgan jamoasini shu qadar tez tark etdiki, hech kim bilan xayrlashmadi.


SHerzod Nurmatov tarjimasi. 

Reyting: +21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика