So’nggi yangiliklar

13:04Расман: "Ливерпуль" "Челси" футболчисини сотиб олди  1 12:18Даниэль Карвахаль: "Ҳимоячи ва дарвозабонлар "Олтин тўп"ни ютиши жуда қийин. Номзодлар қаторига кирганимдан хурсандман"  3 11:45Неймар: "У камида дунёнинг энг яхши футболчилари ТОП-5га киради"  5 10:35МЮнинг қимматбаҳо футболчиси Туркияга ижарага кетиши мумкин  4 10:07Балотеллининг янги жамоаси маълум  1 09:36Ўзбекистон терма жамоасининг бугунги баҳс учун тахминий таркиби  36 09:07Goal нашри "Олтин тўп"га асосий номзодлар рейтингини тузиб чиқди  14 08:39Каземиронинг МЮдаги келажаги маълум  16 08:08Расман. "Рома" яна бир трансферни эълон қилди  7 07:40Бугун Ўзбекистон МТЖ ЖЧ-2026 саралашининг 3-босқичидаги илк учрашувини ўтказади  21 00:45Юртимизга куз кириб келди, қалбимизда эса ҳамон ёз ҳукмрон  7 00:31Эра ўз якунига етди... 2003 йилдан бери илк бор Роналду ва Месси "Олтин тўп" учун номзодлар рўйхатига киритилмади  22 00:11"Олтин тўп" учун 30 нафар номзод номи эълон қилинди. Улар орасида Роналду ва Месси йўқ  13 23:50Унаи Симон, Лунин, Эми Мартинес ва бошқалар — France Football йилнинг энг яхши дарвозабони бўлиш учун номзодларни эълон қилди  2 23:29France Football йил клуби номинацияси учун номзод жамоаларни эълон қилди  4

Mutolaa uchun. SHayxlarni "Manchester Siti"ga olib kelgan, "Nyukasl"ni sotib olishda saudiyaliklarga yordam berayotgan xonim haqida Yangiliklar

Mutolaa uchun. SHayxlarni "Manchester Siti"ga olib kelgan, "Nyukasl"ni sotib olishda saudiyaliklarga yordam berayotgan xonim haqida

Amanda Steyvli bedavo kasallikka chalingan.

"Nyukasl" Saudiya Arabistoni Davlat investiciya jamg'armasi nazorati ostiga o'tishga yaqin. Bitimning tepasida britaniyalik ishbilarmon ayol Amanda Steyvli turibdi. Aynan uning kompaniyasi PCP Capital Partners xaridor bo'ladi. Bundan tashqari, xonim klubning direktorlar kengashiga qo'shiladi va katta lavozimlardan birini egallaydi.

Steyvli uzoq vaqtdan beri "Nyukasl"ni sotib olishga harakat qilib keladi - u ikki yil oldin BAAlik sheriklari bilan Maykl Eshli ("Nyukasl" egasi) oldiga borgan, ammo bu muzokaralar ijobiy xal etilmagan.

Ammo endi hammasi boshqacha, kelishuv yaqin - hujjatlar mahalliy soliq idorasida turibdi, faqat APLning tasdiqlashi qolgan, xolos. Katta ehtimol bilan "Nyukasl"ning sotilishi maqullanadi.

Amanda yuz metrga juda yaxshi yuguradi. U 16 yoshida Kembrijga kirgan, 22 yoshida restoran ochgan

Amanda Steyvli Yorkshirda, istirohat bog'i egasining oilasida dunyoga kelgan. Onasi mintaqadagi eng yaxshi ishbilarmonlardan biri bo'lib, model biznesida pul ishlab topardi, bobosi totalizator klublari tarmog'iga ega edi.

Steyvli bolaligida yaxshi sprinter bo'lgan - 100 metrlik masofani 13 soniyada bosib o'tardi, biroq, jiddiy jarohat va uzoq tiklanish tufayli sportdagi faoliyatini yakunlaydi. Qiz o'rta maktabni muddatidan oldin tugatadi, 16 yoshida Kembrijga "zamonaviy tillar" mutaxassisligi bo'yicha o'qishga kiradi, ammo oilaviy muammolar yuzaga qalqib chiqqani bois u erda hammasi yaxshi bo'lmadi. Bobosi vafot etadi, otasi yurak xurujiga uchraydi, onasi Gentington kasalligiga chalinadi.

"Men juda ozib ketdim, psixologga murojaat qildim, o'zimni juda yomon his qilgandim", - deydi u o'z ahvolini tasvirlab. 

Ikki yillik o'qishdan keyin qiz akademik tatilga chiqdi va boshqa qaytmadi.

Buni qarangki, 2013 yilda Gentington kasalligi Amandada ham aniqlandi. Fakt bo'yicha bu kasallikning oxiri o'limga olib keladi. Uni davolab bo'lmaydi, faqat simptomlarning rivojlanishi va tarqalishini sekinlashtiradigan dorilar mavjud, lekin dastlabki alomatlardan keyin odamlar odatda 20 yilgacha yashaydilar.

Steyvli o'zining birinchi biznesini 1996 yili, 22 yoshida boshlagan - 180 ming funt sterling kredit olib, Nyumarket yaqinidagi qishloqda restoran ochgan. Bu Londondan 100 kilometr narida joylashgan kichik bir shaharcha: ot poygasining markazi hisoblanadi (bu erda hatto qirol saroyi ham bor - Elizaveta II tez-tez muhim poygalarga kelib turadi).

Steyvli o'z restorani tufayli doimiy ravishda kechki ovqatga keladigan otboqarlar va shu soha vakillari bilan muloqot qila boshladi. Ular orasida arab shahzodalari - BAAning asosiy oilalaridan biri Al-Maktum vakillari bor edi. Ular bazasi Nyumarketda joylashgan o'zlarining Godolphin naslchilik otlari kompaniyasiga egalar.

SHu bilan bir qatorda, Amanda moliyachi sifatida malakaga ega bo'lishga intiladi va imtihonlardan o'tadi, hatto ayrim paytlarda model bo'lib ishlaydi.

Steyvli imtihonlardan o'tgach, biznes farishtasi deb ataladigan bo'ldi - bular birinchi bosqichda istiqbolli startaplarga mablag' kiritadigan vositachilar va maslahatchilarga aytiladi.

Xonim 2011 yilda eronlik biznesmen Merdad Gudussiga turmashga chiqadi. Er-xotin Dubayda Rojer Federerning qo'shnisi bo'lgan va ularning Londonda ham uylari bor.

Steyvli - Buyuk Britaniyaning Yaqin SHarqdagi eng ishonchli shaxslaridan biri, uning boyligi - deyarli 28 milliard funt sterling

Amanda Dubayda yashaganida, o'zining PCP Capital Partners  (London markazi Meyfeyr shahridagi ofis) kompaniyasini tashkil qildi. 

Besh yillik faoliyati davomida Steyvli butun Yaqin SHarq elitasi bilan juda kuchli aloqa o'rnatdi. The Guardian'ning xabariga ko'ra, u Yaqin SHarqda Evropaning eng ishonchli moliyachilaridan biri hisoblanadi - unga juda ishonishadi.

O'rta SHarq madaniyati ishonchga asoslanganligini tushunishingiz kerak. Ular u erdagi begonalardan shubhalanishadi, shuning uchun Fors ko'rfaziga borishni istagan har qanday evropalik uchun mahalliy vositachi topish odatiy holdir. Steyvli yillar davomida tatilsiz ishlamoqda, barcha noto'g'ri fikrlarni engib o'ta olgan va vositachiga aylangan.

"Menimcha, Yaqin SHarqda uni tanimaydigan boshqaruvchining o'zi yo'q. U juda iliq va do'stona muloqot qiladi", - deydi investicion fond boshqaruvchisi Mett Xorroks.

Amanda "Nyukasl"ni sotib olish ishlarini, tuzilajak shartnomani o'z pullari evaziga qilishi mumkin, deb taxmin qilinmoqda.


Uning eng muvaffaqiyatli bitimlari futbol bilan bog'liq: Amanda shayxlarni "Man Siti"ga olib kelgan (va "Liverpul" uchun ham shuni xohlagan), shuningdek, Premer-liga titul homiysi topilishida bosh-qosh bo'lgan

Steyvli 2008-2009 yillarda o'z faoliyatidagi eng daromadli bitimlarni amalga oshirgan. Ularning ikkitasi futbol bilan bog'liq bo'lib, ikkalasi ham investor SHayx Mansur nomi bilan bog'langan.

Agar eslasangiz, "Nyukasl" deyarli BAA qirollik oilasi azosiniki bo'lishi mumkin edi. Mansur Angliya futboliga sarmoya kiritishga qaror qilgandi.

Xuddi shu davrda Amanda Steyvli "Liverpul"ga Yaqin SHarq pullarini kiritishga qaror qiladi va ikki marta urinib ko'rishiga qaramasdan, muzokaralar natija bermaydi.

Keyin Mansur diqqat-etiborini "Manchester Siti"ga - "Yunayted"ning soyasida qolgan qo'shnisi, APLning o'rtamiyona jamoasiga qaratadi.

Mansur bilan yana bir yirik kelishuv - Barclayc bankiga Yaqin SHarq investorlarining kiritgan sarmoyasi. Steyvli undan 3,5 milliard funt sterling va Qatar investiciya fondidan 7 million investiciya olib keladi. Mansur bilan kelishuv evaziga Steyvli 30 million miqdorda komissiya oladi (arab investorlari bu bitimdan yuz baravar ko'proq pul olgan), qatarliklar komissiyasi to'g'risida aniq malumotlar mavjud emas.

Amanda 8 yildan so'ng, hujjatlarni batafsil o'rganib chiqadi va bank uni aldaganini aniqlaydi. Gap shundaki, Barclayc’ning yolg'on malumoti tufayli Mansur vada qilgan 10 foizlik ulush PCP’ga kelib tushmaydi. Hozirda bu ulush 1,6 milliard dollarga baholanmoqda va sud jarayoni hamon davom etmoqda.

Ishbilarmon ayol "Nyukasl"ni sotib olish maqsadida 2017 yildan beri turli investorlarni Mayk Eshlining huzuriga olib keladi.

SHu paytgacha jami uchta urinish bo'lgan. Avvaliga "Siti" egasining akasi SHayx Xalifa keladi, ammo u Eshli bilan kelisha olmaydi. Bundan keyin arab investorlarini jalb qilish muvaffaqiyatsiz yakun topadi. SHunga qaramasdan,  Amanda hech to'xtamaydi.

"U taslim bo'lmaydi. U ajablanarli darajada biznesga bog'langan. Juda maftunkor sarg'ish ayol, qattiq hamda adolatli muzokarachi, ammo u quvnoq odamlarga toqat qila olmaydi va qanday ishlash haqida aniq tasavvurga ega”, - deydi biznes-ledi bilan birga ishlagan iqtisodchi Gay Xends 

SHunday qilib, yana olti oydan so'ng, uchinchi chaqiriq sodir bo'lmoqda. Qudratli shaxs, Saudiya Arabistoni shahzodasi Muhammad bin Salmon rahbarlik qiladigan Saudiya Arabistoni Davlat investiciya fondi Mayk Eshliga taklif bilan chiqmoqda.

Hammasi ijobiy yakun topsa, Steyvli "Nyukasl"ning 10 foiz ulushiga egalik qiladi - direktorlar kengashiga qo'shiladi va boshqaruv lavozimlaridan birini egallaydi. 


SHerzod Nurmatov tarjimasi. 

 

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика