So’nggi yangiliklar

00:45Юртимизга куз кириб келди, қалбимизда эса ҳамон ёз ҳукмрон  4 00:31Эра ўз якунига етди... 2003 йилдан бери илк бор Роналду ва Месси "Олтин тўп" учун номзодлар рўйхатига киритилмади  14 00:11"Олтин тўп" учун 30 нафар номзод номи эълон қилинди. Улар орасида Роналду ва Месси йўқ  6 23:50Унаи Симон, Лунин, Эми Мартинес ва бошқалар — France Football йилнинг энг яхши дарвозабони бўлиш учун номзодларни эълон қилди  1 23:29France Football йил клуби номинацияси учун номзод жамоаларни эълон қилди  2 23:06Хаби Алонсо, де ла Фуэнте, Анчелотти — France Football талқини бўйича йил мураббийи ким бўлади?  6 22:48"Қўқон-1912" қачон ўз стадионига қайтади? Жамоа бош мураббийи жавоб берди  1 22:32Ямаль, Гюлер, Гарначо — France Football йилнинг энг яхши ёш футболчиси бўлиш учун номзодларни эълон қилди  4 22:20Осимхен расман ижара асосида турк клуби ўтди. "Наполи" футболчини бепулга ижарага берди, аммо...  1 21:47Девид Бекхэмнинг 22 ёшли ўғли кутилмаганда футболни тарк этди. Энди у фаолиятини модел сифатида давом эттиради  1 21:18Гейнрихнинг сўнгги голи ва Абрамовни истеъфога чиқарган Ҳалатбори — Ўзбекистон терма жамоаси ЖЧ саралашининг сўнгги босқичларини қандай бошлаган?  9 20:49Ўзбекистон терма жамоасининг КХДР билан ўйиндан олдинги расмий машғулоти  1 20:10Ўзбекистон МТЖнинг КХДРга қарши ўйиндан олдинги аъло кайфиятда ўтган машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  10 19:42ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон МТЖ КХДРга қарши оқ либосда ўйнайди  5 19:04Одилжон Ҳамробеков: "Ушбу учрашувлар қанчалик катта аҳамиятга эга эканлигини барча тушуниб турибди"  4

Mutolaa uchun. Osiyoda tengsiz deb topilgan, Malayziyada Lobanovni ranjitgan suriyalik Omar Xarbin haqida Yangiliklar

Mutolaa uchun. Osiyoda tengsiz deb topilgan, Malayziyada Lobanovni ranjitgan suriyalik Omar Xarbin haqida

Teglar :  Omar XarbinSuriya
Xabaringiz, bir necha haftadan beri etiboringizga maqola rukni orqali jahon futboli yulduzlarining faoliyati haqida, siz bilgan va bilmagan faktlar haqida malumot berib kelmoqdamiz.

Bugun ananamizdan chetga chiqqan holda Osiyo qitasi vakillariga yuzlanamiz. Siz bilgandek yaponiyalik yoki koreyalik yulduzlar haqida emas, balki suriyalik Omar Xarbin haqida to'xtalmoqchimiz.

2017 yil dekabr, Tailand. Bangkok shahridagi marosimlar zalida OFK Osiyoning eng yaxshilari elon qilishni boshladi. Barcha nominaciyalar qatori navbat qitada yil futbolchisini aniqlashga keldi. Nomzodlar uchligidan xitoylik Vu Ley ("Guanchjou Evergrand"), BAAdan Omar Abdulrahmon va suriyalik Omar Xarbin joy olishdi. Yakunda sovrin Xarbinga topshirildi va u ushbu nufuzli mukofotga loyiq ko'rilgan dastlabki suriyalik futbolchiga aylandi.



Omar Xarbin professional faoliyatini boshlagan yilda Suriyada hali fuqarolar urushi boshlanmagan, biroq mamlakatda siyosiy notinchlik hukmronlik surardi. Yosh yigitcha urush futbolni butkul izdan chiqarishini kutmagandi. Futbolga bolaligidan qiziqishni boshlagan Omar akasi Muhammadni yashil maydonda to'p tepishini ko'rib havas qiladi va futbolchi bo'lishga jiddiy qadam tashlaydi. U o'zining kelajagini allaqachon belgilab olgandi. Damashqlik yosh forvard dastlab Suriyaning “Al Vaxda” klubida faoliyatini boshlaydi. Mamlakatdagi qaltis vaziyat sababli u Iroqqa ko'chib o'tadi va mahalliy “Al-Quva Al-Javiya” jamoasi bilan shartnoma imzolaydi. 20 yoshida Iroq chempionatining hujumchisiga aylangan Xarbin to'purarlik xislatlarini boshlab yuboradi. U ikki yil davomida 30ta uchrashuvda maydonga tushib, 11ta golga mualliflik qiladi. 2015 yilda hujumchi Iroqning boshqa bir klubi “Al-Minaa” klubiga o'tadi va bir mavsum davomida faol to'p tepib sermahsullik qayd etadi, 10ta o'yinda 10ta gol. Bu orada ona vatanidagi urush, qiyinchiliklarning sovuq nafasi Iroqda ham sezilib turardi. Yuzaga kelgan qaltis vaziyat qahramonimizning irodasini yanada toblagan edi. SHuning uchun u har qanday muammolarga va qiyinchiliklarga tayyor turardi. Faoliyatini cho'qqisiga ko'tarilishi uchun esa kuchliroq va darajasi yuqoriroq klubga o'tishi kerak edi.



Amalda shunday bo'ldi ham. 2016 yilning yanvar oyida BAAning “Al Dafra” jamoasi futbolchini bir yilga ijaraga oldi. “Al Ayn”ga qarshi kechgan debyut uchrashuvini ajoyib gol bilan bezadi. Omar may oyiga qadar ushbu jamoa tarkibida 12ta uchrashuvda 9ta gol urdi. Natijada amirliklar uning transferini to'liq sotib oladi. Yil yakuniga qadar forvard 26ta uchrashuv o'tkazib 17ta golni o'z hisobiga yozdirib qo'ydi. Ammo, jamoasi ichki chempionatda bor-yo'g'i 8-o'rinni egalladi. 2017 yilning 16 yanvar kuni Saudiya Arabistoni vakili “Al Xilol” 1,3 mln AQSH dollari evaziga olti oy muddatga ijaraga oladi. U Saudiya Premer-Ligasida 10ta uchrashuvda, 7ta gol natijasini qayd etib chempionlik shohsupasiga ko'tariladi. SHuningdek, 3 bellashuvda, o'zining 5ta goli bilan jamoasining Qirol kubogida g'olib chiqishida asosiy ishni bajardi. SHu yilning 19 iyun kuni saudiyaliklar futbolchi uchun 11,7 million dollar to'lab to'liq o'ziniki qilib oladi. Xarbin jamoadagi o'yinlari orqali o'ziga sarflangan mablag'larni to'laligicha oqladi deya olamiz. Ayniqsa, uning jonbozligi, gol hidini sezish qobiliyatiga egaligi va raqib posbonlariga yo'llagan 5 goli “Al Xilol”ga Osiyo CHempionlar Ligasida muvaffaqiyatli ishtirok etishga yordam berdi. Biroq, hal qiluvchi final uchrashuvida Xarbin va uning jamoadoshlari “Urava Red Daymonds” klubi to'sig'idan o'ta olishmadi.

Malumotlarga qaraganda, Xarbinning jamoaga kelishini va shartnoma imzolashini taniqli argentinalik murabbiy Ramon Dias istagan ekan. Mutaxassis boshqaruvida futbolchi jamoaning asosiy hujumchisi sifatida gavdalandi. OCHLda bir qator muhim gollarni urdi. Yarim finalning birinchi o'yinida u “Persipolis” darvozasiga javobsiz bir o'zi uchta to'p kiritdi va jamoa bilan 4:0 hisobidagi g'alabani nishonladi. Omarning 2018 yil 13 yanvar kuni “Al Ittihod”ga qarshi o'yinda orttirib olgan jarohati faoliyatiga jiddiy tasir o'tkazdi. SHu bois u OCHL qaydnomasiga kiritilmadi. Keyingi yilni u bir tekis o'tkaza olmadi, sport formasiga va avvalgi holatiga qaytishi murakkab kechdi. “Al Hilol” rahbarlari uning o'rniga yangi futbolchilarni, legionerlarni olib keldi. Natijada u Misrning “Piramidz” jamoasiga ijaraga berib yuborildi. Bu futbolchining faoliyatidagi pasayish davri boshlanganidan dalolat berardi.



Xarbin bugungi kunda Suriya terma jamoasining etakchilaridan biri sanaladi. 2013 yil 26 mart kuni milliy jamoa bosh murabbiy Hassam Al Said 18 yoshlik Xarbinni Iroq bilan o'rtoqlik o'yiniga taklif qiladi. O'shanda u debyut o'yinidayoq gol urgandi. 2016 yil olimpiya terma jamoasi bilan Osiyo chempionatiga saralash bosqichida O'zbekiston bilan bir guruhdan o'rin oldi. Uchinchi turga qadar vakillarimiz ham, Suriya ham guruhdagi qolgan ikki raqib Hindiston va Bangladeshni qiyinchiliksiz mag'lubiyatga uchratgandi. Faqatgina birinchi o'rinni egallagan jamoalargina Qatardagi musobaqaga to'g'ridan-to'g'ri yo'llanmani qo'lga kiritardi. Ikkinchi o'rin sohibining taqdiri esa qolgan termalarning natijasiga bog'liq bo'lib qolardi. Uchinchi hal qiluvchi turda O'zbekiston va Suriya guruhda birinchi o'rinni olish uchun maydonga chiqishadi. Unda esa Suriya Baxtiyor Ashurmatov shogirdlarini kichik 2:1 hisobida yutadi va ortiqcha muammosiz final bosqichiga chiqadi. Bellashuvda darvozamizga kiritilgan ikki golni Omar Xarbin uradi. Mazkur saralashda u 6ta gol bilan to'purarlar poygasida birinchi bo'ladi.



Ammo, 2016 yil Qatardagi olimpiyada yo'llanmasini beruvchi qita chempionatida Suriya muvaffaqiyatsiz qatnashib guruhda uch ochko bilan qolib ketadi. O'tkazilgan uchta uchrashuvda Xarbin 3ta to'p kiritadi. 2018 yilgi Jahon chempionati saralash bosqichida ham mahoratli hujumchi sermazmun o'yinlari bilan ajralib turdi. Esingizda bo'lsa Malayziyada kechgan O'zbekistonga qarshi o'yinda so'ngi daqiqalarda Xarbin penaltidan Aleksandr Lobanov darvozasini ishg'ol qilgandi. Kim bildadi deysiz? Balki, safardan loaqal durang bilan qaytganimizda ham qimmatli ochkoga ega chiqishimiz mumkin edi. Mundial saralashida Suriya so'ngi turda hech kim gol ura olmayotgan Eronga ikkita gol uradi va durang qayd etadi. Bu esa ularga pley-off eshiklarni ochadi. Afsuski, Xarbin etakchiligidagi terma jamoa mardonavor kurashib Avstraliyaga qo'shimcha bo'limlarda engiladi.

“Biz saralashda juda og'ir uchrashuvlarni o'tkazdik. Maydonda bir tan, bir jon bo'lib harakat qildik. Bor kuchimizni ishga soldik. Butun Suriya xalqiga quvonch bag'ishlashni istagandik. Ammo, omad bizdan yuz o'girdi. SHunga qaramay biz yurtimiz sharafini munosib himoya qildik deb baralla ayta olaman”,- deya tan oldi.

SHak-shubhasiz Omar Xarbin Suriya futbolida yorqin yulduz bo'lib porlashda va hali ajoyib g'alabalarni qo'lga kiritishda davom etadi.


Abdulaziz Iskandarov tayyorladi

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика