So’nggi yangiliklar

14:45Саралаш баҳслари старти олдидан Ширшов хотирасига турнир ташкил қилинди  2 14:07Ўзбекистон - КХДР: Терма жамоамиз таркибида йўқотиш бор  12 13:04Расман: "Ливерпуль" "Челси" футболчисини сотиб олди  4 12:18Даниэль Карвахаль: "Ҳимоячи ва дарвозабонлар "Олтин тўп"ни ютиши жуда қийин. Номзодлар қаторига кирганимдан хурсандман"  6 11:45Неймар: "У камида дунёнинг энг яхши футболчилари ТОП-5га киради"  8 10:35МЮнинг қимматбаҳо футболчиси Туркияга ижарага кетиши мумкин  5 10:07Балотеллининг янги жамоаси маълум  1 09:36Ўзбекистон терма жамоасининг бугунги баҳс учун тахминий таркиби  43 09:07Goal нашри "Олтин тўп"га асосий номзодлар рейтингини тузиб чиқди  13 08:39Каземиронинг МЮдаги келажаги маълум  16 08:08Расман. "Рома" яна бир трансферни эълон қилди  7 07:40Бугун Ўзбекистон МТЖ ЖЧ-2026 саралашининг 3-босқичидаги илк учрашувини ўтказади  25 00:45Юртимизга куз кириб келди, қалбимизда эса ҳамон ёз ҳукмрон  7 00:31Эра ўз якунига етди... 2003 йилдан бери илк бор Роналду ва Месси "Олтин тўп" учун номзодлар рўйхатига киритилмади  22 00:11"Олтин тўп" учун 30 нафар номзод номи эълон қилинди. Улар орасида Роналду ва Месси йўқ  13

Mutolaa uchun. JCH-1982: Braziliya - Italiya uchrashuvi futbolni o'zgartirib yuborgan Yangiliklar

Mutolaa uchun. JCH-1982: Braziliya - Italiya uchrashuvi futbolni o'zgartirib yuborgan

1982 yili jahon chempionatida kechgan dahshatli va tarixiy bahsni eslaymiz.

O'sha paytdagi Braziliya eng kuchli sanalgan ersada, mag'lubiyat alamini totib ko'radi.

Ispaniyadagi bu Jahon chempionati sirli odam bo'lgan, katta obro'ga ega shaxs - Raymundo Saporta tomonidan tashkil etilgan. U Bernabeuning o'ng qo'li bo'lib, "Real"ning bir vaqtning o'zida futbol va basketbol bo'yicha top-klubga aylanishining ortida turgan, ammo hech kim uning tarjimayi holi bilan tanishib chiqmagan. Nacistlar dovuli Evropani bosib olganida, uning ota-onasi soxta hujjatlar bilan Ispaniyaga qochib ketishgan. Saporta ushbu hujjatlar bilan o'sib-ulg'aygan va faoliyatini "qurgan".  Butun dunyo uning nomini bilar edi, lekin uning haqiqiy ismi shu ekanligiga hech kim kafolat berolmasdi. 2014 yili u Parijda emas, balki Istanbulda tug'ilganligi malum bo'ldi.

U Italiya va Braziliya o'rtasidagi o'yinni VIP-lojada FIFA prezidenti Joao Avelanj bilan birga tomosha qiladi. U 1916 yili Rioda tug'ilgan. Otasi belgiyalik muhojir Faustin edi.

Braziliya - Italiya o'yinida tasodifiy mehmonlar va nomalum shaxslar yo'q edi. Qonli asrdagi barcha ijtimoiy shaxslar bitta stadionda yig'ilib qolishadi va qaysidir manoda abadiy buyuklik uchun shart-sharoit yaratiladi. Bu bahs futbolni ham o'zgartirib yuboradi. 


Braziliya-82 – eng texnikasi yuqori yarim himoyachilarga ega tarixiy jamoa

80-yillar boshida braziliyaliklar qanday o'ynaganini tasavvur qilish uchun ularning Jahon chempionatidagi biron-bir uchrashuvini ko'ring. Siz ushbu jamoaga 80-yillar aurasiga tushib qolgandek oshiq bo'lib qolasiz. Ular erkin harakat qilish va yuqori texnikani namoyish etish orqali retro va futurizmni birlashtirib dunyoni hayratda qoldirdilar. Sodda qilib aytganda, sohil futboli elementlarini to'pga bir yki ikki marta tegish orqali tezlik va geometriya yordamida amalga tatbiq qilishdi.

Biz Braziliya terma jamoasining ikkita o'yinini ko'rdik. Ikkala o'yinda ham faqat darvozabon va markaziy hujumchi o'z poziciyasida turdi, qolganlar juda harakatchanligi bois istalgan vaqtda har qanday joyda paydo bo'lib qolishdi" - deydi hayratda qolgan Yangi Zelandiya murabbiyi Jon Edsxed.

Sokrates bu uslubni tartibsiz tashkil qilinganini aytgan: “Har bir kishi berilgan vazifalarni to'liq bajarsa, o'zi xohlaganidek o'ynashi mumkin. G'alati ko'rinadi, lekin ish beradi. Hammasiga aql va improvizaciya tufayli erishiladi. Men qanotda, hujum markazida, himoyada, tayanchda o'ynayman - bu o'yinning qanday kechishiga bog'liq. Biz Jahon chempionatida g'alaba qozona olmasak-da, 4-2-4, 4-3-3 va umuman bizgacha ixtiro qilingan barchasini o'zgartiramiz".

"Karusel" uchta daho atrofida "quriladi". Falkao barcha zamonlarning eng kuchli pleymeykeri bo'lib, unga qarshi hech qanday bosim o'tkazilmagan tayanch azosi. 

Agar Sokrates bundan 30 yil oldin tug'ilganida, CHe Gevara bo'lgan bo'lardi. U kuniga ikki quti sigareta chekkan, echinish xonasida pivo ichgan, ko'pincha mashg'ulotlarda qatnashmagan ("Men atletizmga qarshiman, meni borimcha qabul qiling") va "Demokratiya" yozuvli libosda harakatlangan.

"U maydonga qadam qo'ygan eng yaxshi futbolchilardan biri", - deydi Ziko Sokrates haqida.

Braziliya tarixida Sokratesdan yuqori turuvchi faqat to'rtta yigit bor edi va Ziko ulardan biri. Mukammal texnika egasi, ikkala oyog'ida ham kuchli zarba yo'llay oladigan va sheriklariga ko'zini yumib ham aniq pas bera oladigan futbolchi edi. 

"Ziko – shoir. U futbol o'ynaganida, to'p xuddi uning oyog'iga yopishib qolgandek tuyuladi", - deb yozadi jurnalist Armando Nogeyra.

Bugungi kunda ushbu nomlarni qirq yil oldingi kabi gapirishmaydi, ammo bu tuzatilishi mumkin. Ronaldo, Kaka va Ronaldino gullagan davrni eslang. Endi yodda tutingki, Braziliyada o'tkazilgan so'rovlarda Ziko odatda Ronaldodan ustun turgan (umuman, Pele va Garrinchidan tashqari hammadan yuqorida), Sokrates Ronaldinodan yuqoriroq ko'riladi, Falkao esa Kakani ortda qoldiradi. 1982 yili ular cho'qqida edilar. SHu sababli braziliyaliklar 1982 yilgi termani jamoa tarixidagi eng kuchlisi deb hisoblashadi.

"Ular bizning sayyoramizdan emas.  Braziliya-82 men ko'rgan eng yaxshi jamoa. Ularni ko'zini yumib qo'ysangiz ham baribir sheriklarini qaerda ekanliklarini bilishadi" - degandi Paolo Rossi. 

Tele Santana ularni 4-2-2-2 sxemasi bo'yicha o'ynatardi, ammo betartib futbol 2-7-1ga aylanib ketardi. Bu esa ish bergan. JCH-82 yarim finaliga chiqish ikkita bosqichdan iborat bo'lgan. Birinchi bosqichda Braziliya SSSR, Yangi Zelandiya va SHotlandiyani engadi, ikkinchi bosqidda Maradona o'ynaydigan Argentinani yutishadi. Braziliya to'rtta o'yinda 13 ta gol uradi. Hech kim Braziliya kubokni yutishiga shubha qilmagan. 


Italiya har o'yinda qiynalgan,  ammo ularga qarshi o'ynash qiyin edi

Ispaniyaga uchishdan oldin yoqimsiz voqea yuz bergan. Nomalum bir qiz olomon orasidan sakrab chiqib, bosh murabbiy Enco Bearzotga qarata haqoratli so'zlar bilan "hujum qiladi": "Yaramas!"   

Murabbiy qizning yuziga shapaloq tortadi.

Jamoaning joniga oro kirgan futbolchi fantastik o'yinchi Antononi yoki tezligi va driblingi bilan ajralib turuvchi Bruno Konti emas, balki himoyachi Klaudio Jentile bo'ldi. Jentile Tripolida tug'ilib o'sgan, o'sha erda to'p orqasidan quvib yurgan.  

Malum bo'lio'icha, Italiyada Liviya ko'chalaridagi har bir arab uni kasalxonaga yuborishni orzu qilgan. Murabbiylar uni himoyaga qo'yishdi va tarixdagi eng yaxshi himoya vakillaridan biriga ega bo'lishdi. Jentile tasodifan futbol maydoniga tushib qolgan Gladiator edi.

Italiya zich o'ynashga va tezkor qarshi hujumlar orqali oldinga o'tishga harakat qiladi. De Rossining kuchaytirilgan variantini eslatadigan Lele Oriali tayanch nuqtaga javobgar bo'lsa, hujum tashkil etilishi uchun Antononi va Konti javobgar bo'ladi. Maydon markazini yugurib hech charchamaydigan Tardelli "ushlab turadi".

Taktika darhol ish bermagan. Mamlakat chempionatining eng yaxshi hujumchisi Paolo Rossi jahon chempionatidan bir oy oldin ikki yillik diskvalifikaciyadan endigina qaytadi va Ispaniyaga qornidagi ortiqcha 5 kg vazn bilan uchadi. Italiyaliklar uch marotaba durang qayd etishadi va Kamerundan ko'proq gol urgani uchun ikkinchi guruh bosqichiga yo'l oladi. 

"Men Bearzot kabi murabbiy kasbi egasi bo'lganimdan uyalaman", - deydi italiyalik murabbiy Eudjenio Fashetti. 

Matbuot uni haq deb hisobladi. Ikkinchi bosqichda Italiyani Braziliya va Argentina kutayotgani malum bo'lganda, barcha Italiyani muddatidan oldin ro'yxatdan "chiqarib yuboradi". CHunki, Peru va Kamerunni qiyinchilik bilan yutgan jamoaga hech kim ishonmasdi.

"Braziliyaliklar juda g'ashimni keltirardi" - deydi "Roma" yarim himoyachisi Falkao.

Bearzot Argentina bilan o'yindan oldin Jentiledan so'raydi: "Sen Maradonani to'xtata olasanmi?" - "Albatta", - deb javob qiladi himoyachi. SHundan so'ng, u tarixdagi eng shov-shuvli ijroni namoyish eta oladi yani Maradonani "yopib qo'yadi".

O'yindan keyin ertalabki xabarlarda Jentileni Maradonaning "ko'k soyasi" deb nomlashadi. U argentinalikni 23 marta duelda engadi, uni million marta uradi-turtadi. Qiziquvchan jurnalistlar echininish xonasiga yo'l olish oldidan mikst-hududda Jentilega savol bilan yuzlanishadi. U esa shunday deydi: "Futbol balerinalar uchun emas".

"Men Maradonaga achindim. Uni shu qadar kaltaklashdiki, hatto uni o'ldirib qo'yishlaridan qo'rqdim. Jentile Maradonaga qarshi shafqatsizlarcha o'ynadi" - deb eslaydi Sovet darvozaboni Rinat Dasaev.

Qolganlar bilan Marko Tardelli shug'ullanadi (angliyalik top-hujumchi Jimmi Grivz shunday degan edi: "U menda Xarfild kasalxonasidagi barcha jarrohlardan ko'ra ko'proq chandiq qoldirgan"). Italiya 2:1 hisobida g'alaba qozonadi, Braziliya 3:1 hisobida Argentinani mag'lub etadi. 

SHunday qilib, Italiyani yarim finalda tarixdagi eng yaxshi jamoa kutardi.


Italiyaliklar Braziliyani boshqalarga qaraganda yaxshiroq o'rganishgan. Ular raqib jamoadagi nafaqat eng kuchli o'yinchini, balki eng yomonini ham "yopib qo'ya olishdi"

"Ikkala jamoa ham Argentinani mag'lub etdi, biroq Braziliya shunchaki g'alaba qozonmadi, aksincha raqibini yanchib tashladi. Endi hech kim Italiyani qutqarib qola olmaydi" - deb yozgan jurnalist Janni Brera.

O'yin boshlandi. 5-daqiqada Paolo Rossi raqib darvozasiga to'p kiritdi va o'yin oldidan qilingan taxminlarni "barbod qildi".

Etti daqiqadan keyin Ziko Jentiledan 2 ta zarbani qabul qilib olgan bo'lsa-da, uni aldab o'tib, bitta pas bilan Sokratesni oldinga boshladi. Sokrates ikki kishidan o'tib ketib Zoff darvozasiga to'p kiritdi. Hisob - 1:1.

O'yin surati rivojlanib boradi. Braziliyaliklar seki-asta himoyadan chiqib borishadi va ajoyib uzatmalar orqali keskin vaziyatlar yarata boshlashadi. Italiyaliklar jarima maydonchasini o'zlariniki qilib olishadi va tez-tez o'yin qoidasini buzishadi. Jentile Maradona kabi Zikoga ham bosim o'tkazdi va uni tinch qo'ymadi. Ular qarshi hujumlarni ishonchli va sodda tarzda tashkil etishdi: uzoq paslar, qanotdan qanotga to'p uzatish.

Braziliyani durang qoniqtirardi, ammo ularni bu qiziqtirmasdi. Braziliya boshqa o'yinlarda bo'lgani kabi 2-7-1 sxemasida harakatlanadi, biroq Italiyaning yondashuvini hisobga olmaydi: Enco Bearzot raqibni to'liq o'rganib chiqqan va asosiy o'yinchilarni "tuzoq"ga tushirgandi. 

Braziliya safida hujum markazida "ulkan" odam o'ynagan. Uning ismi Serjino SHulapa edi. U tasodifan asosiy tarkib azosiga aylangan yani Kareka jarohatga yo'liqqanida. U jamoaga moslashib keta olmagani tufayli butun turnir davomida ayovsiz tanqidlarga uchraydi va qo'pol haqoratlarni ham qabul qilib oladi. Musobaqa davomida matbuot uni "omadsiz polvon" deb ataydi. Serjinoni Yangi Zelandiya bilan o'yinda almashtirishganida, sobiq murabbiy Joao Saldanya shunday dedi: "Endi to'p yana dumaloq".

Bearzot futbol haqida Saldanyadan ko'proq tushunchaga ega edi. 

Serjino bitta poziciyani egallagan yagona o'yinchi hisoblangan. U mohirlik bilan o'ynaydi, chizichlarni bir-biri bilan bog'lab,  bo'sh zonalarni yaratadi. U tufayli Sokrates, Eder va Ziko juda bo'shliqqa ega bo'ladi. 

"Braziliya hujum qilganda, hamma bitta o'yinchi - Serjinoni "yopish"ga intiladi. U juda qobiliyatli futbolchi, hech qachon ofsaydda qolmaydi va bo'shliqni yaratadi. U tufayli qolganlar gol uradi".

Birinchi bo'lim o'rtalarida Tonino Serezo yurishi muvaffaqiyatsiz yakunlanadi; italiyalik Rossi tezlikni oshirib jarima maydonchasi tomon yuguradi va Valdir darvozasini ishg'ol etadi. Italiya yana hisobda oldinga chiqib oladi - 2:1. 

Tonino ko'z yoshlarini tiyib tura olmaydi. Axir, u 80-yillarning eng yaxsh tayanch yarim himochilaridan biri edi va o'z faoliyatidagi deyarli yagona xatoga yo'l qo'ygandi. Junior (Braziliyaning Roberto Karlosdan oldingi asosiy laterali), agar Serezo yig'ini to'xtatmasa, uning burnini sindirishga vada beradi.

Bu Italiyaga hech qaysi jamoa bittadan ko'p gol ura olmagan. Braziliya juda asabiylashadi. Italiyaliklar to'liq himoyaga "mixlanib olishadi" va taym yakuniga qadar Zoff darvozasiga hech kimni yaqinlashtirishmaydi. Ziko jarima maydoni ichiga yorib kirganida Jentile uning futbolkasini yirtib tashlaydi. Lekin penalti belgilanmaydi.

Abraxam Klyaynga bosim qilish befoyda. U dunyodagi eng yaxshi hakamlardan biri edi va o'z qarorlarini o'zgartirmasdi. Braziliyaning davolari qabul qilinmadi.

"Ofsayd mavjud edi. Agar bo'lmaganida, men penalti belgilagan bo'lardim va Jentileni maydondan chetlatardim. Ziko bu qarorga ko'nmadi, g'azablandi va yana libosining yirtilgan qismini, ulkan teshikni ko'rsatdi. Men esa unda maydondan chiqib ketishini va libosini almashtirib kelishini aytdim” – deydi hakam.  

Zoff ikkinchi bo'limda beshta keskin zarbani qaytaradi, lekin braziliyaliklar baribir gol urishadi: Falkao uzoq burchakka zarba yo'llab, to'pni darvoza to'riga joylaydi. Hisob - 2:2. Keyingi bir necha soniyalarda tarixdagi eng yaxshi futbolchilardan biri bo'g'ilib qoldi: u doimo o'yin paytida saqich chaynagan, malum bo'lishicha, o'shanda saqichni yutib yuborgan.

"Italiyalik futbolchilar mendan gol nishonlash paytida nega ularga bunchalik shafqatsiz qaraganimni so'rashdi, men esa vaziyatni ularga tushuntirdim" - deb eslaydi Falkao.

Besh daqiqadan so'ng, Italiya yana oldinga intiladi. Nihoyat burchak to'pi, noaniq zarba va albatta, yana o'sha Rossi noaniq zarbani mohirona tarzda darvoza tomon yo'naltirib yuboradi: 3:2.

Braziliya hujum qilishga shoshiladi. 

"Bu bosqinchilik edi, xuddi Normandiyada bo'lgani kabi, barcha maydondagilar bunda qatnashgandi" - deya esladi Klyayn.

Braziliyaga hech narsa yordam bermaydi. Zoff mo'jiza ko'rsatishda davom etadi, Jentilening ikki suyuk qismiga zarar etadi - nihoyat Italiya g'alaba qozonib, keyingi bosqichga yo'l oladi.




"Agar Jentile bizda o'ynaganida, Rossi hech qachon uchta gol urmagan bo'lardi. Juda xafa bo'ldik, lekin asosiysi, hammaning vijdoni toza. O'yindan oldin Tele Santana durang bizga kifoya qilishini aytgandi, biroq, hech kim buni eshitmadi ham. Biz har doim g'alaba qozonishga intilganmiz. Bu haqiqiy Braziliya yo'li. Biz o'yin natijasi chiroyli futboldan ustunroq bo'lishiga yo'l qo'ya olmasdik"  - deydi Ziko keyinchalik.

Italiya umuman yutqazmasdan jahon chempioniga aylanadi. Braziliya bilan o'yin futbolni o'zgartiradi

Ziko avtobusda yig'ladi. Falkaoni Italiyaning o'zi g'alabaga ishonmagani tinchlantirdi. Tele Santana matbuot anjumanida davomiy olqishlar bilan kutib olindi: turli davlatlardan kelgan 300 nafar jurnalist Braziliya taqdim etgan go'zallik uchun minnatdorchilik bildirdi.

Uchrashuvdan so'ng, murabbiy futbolchilarga shunday degan ekan: "Butun dunyo sizlardan hayratda"

Tele Santana mag'lubiyatni qabul qila olmadi va Saudiya Arabistoniga jo'nadi. 

"Bu ixtiyoriy ketish bo'lgan" - deya tushuntirdi uning o'g'li Rene.

Faqatgina Braziliya Italiyaga bittadan ko'p gol ura olgandi. Bearzotning futboli "muqaddas katenachcho" deb nomlangan. Italiya Polshani, keyin Germaniyani mag'lub etadi va chempionlikni qo'lga kiritadi, ammo bundan endi hech kim ajablanmadi. Italiya Braziliyaga qarshi bahsda, 90 daqiqa ichida futbolni butkul o'zgartib yuboradi. 

"Agar biz Italiyaga qarshi o'yinda g'alaba qozonganimizda, futbol boshqacha bo'lar edi. Agar o'sha kuni biz 5 ta gol urganimizda, Italiya 6 ta gol urardi. Ular bizning xatolarimizdan to'g'ri foydalanishdi va butun dunyo xuddi shu tarzda o'ynay boshladi: har qanday holatda ham g'alaba, boshqalarning g'oyalari va taktik xatolari evaziga ro'y beradi. Braziliyaning mag'lubiyati jahon futboliga yomon tasir ko'rsatdi" -  deya tahlil qildi Ziko.

"Biz futbolni tabassum qilgan holda qoyilmaqom jamoadoshlarim bilan zavqlanib o'ynardik. Rossi uchta zarba bilan uchta gol urdi. Futbol o'sha kuni vafot etdi" - deydi ehtiros bilan Sokrates.

SHerzod Nurmatov tarjimasi. 


Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика