Mutolaa uchun. Italiya JCH-2022da ishtirok etishi, Tunis va Eron termalari musobaqadan chetlatilishi mumkin
31 okt 2022 22:00
Yangiliklar
Mutolaa uchun. Italiya JCH-2022da ishtirok etishi, Tunis va Eron termalari musobaqadan chetlatilishi mumkin
Hozir JCHning 32 termasidan faqat 30 tasini aniq ayta olamiz
O'ziga xos holat. Jahon chempionatiga uch hafta qolgan bir pallada, Tunis va Eron termalari Qatardagi musobaqada ishtirok etishini ishonch bilan ayta olmaymiz. Qiziq tomoni shundaki, dunyoning istalgan futbol yuristi sizga bu erda hech bir qonun buzilmaganini takidlaydi. Hech qachon qarshingizda kim turganini unutmang.
Qarorgohi Cyurixda bo'lgan tashkilot asl kasbi huquqchi bo'lgan Infantino tomonidan boshqariladi. Sinor evropalik prokurorlar bilan ko'p bor duch kelganidan, farzandlari uzoq Qatar mamlakatida tahsil olishmoqda. Bu orada bunday masshtabdagi musobaqalar o'tkazish bo'yicha tajribasiz bo'lgan menedjerlar yordamsiz qolmayapti. SHu bilan birga, Infantino Qatarga maqul keladigan ishlarga ham ulgurmoqda.
Aytgancha, shayxlar va eronliklarning do'stligi nima bo'ldi? Balki shu sababli hozir bor etibor Tunisning musobaqadan chetlatilishiga qaratilayotgandir? Umuman olganda, FIFA vakillari o'zlarini juda chiroyli himoya qilishmoqda, ularga "Qatardagi JCH-2022 normativ aktlari" hujjati dastak bo'lmoqda. Unda ajoyib bir oltinchi modda mavjud:
Agarda biror associaciya musobaqada ishtirok etishdan bosh tortsa yoki undan chetlashtirilsa, FIFA bu vaziyatda lozim topgan istalgan harakatni amalga oshirishi, o'zi istagan qarorni qabul qilishi mumkin.
"O'zi istagan". Sizga hech kattalar, qo'l qo'yayotgan hujjatlaringizni o'qib keyin imzolang deyishganmi? Siz-chi, shunday qilarmidingiz? Qizig'i, dunyoning hech bir federaciyasi bu masala qonunga xilofligi yoki ishtirokchilar o'rtasidagi tenglikni buzishi haqida etiroz qilganini uchratmaysiz. Xo'sh, hujjatni o'zingiz imzolagan bo'lsangiz, endi nega dod-faryod qilasiz?
Ekvador jiddiy kurash bilan JCHda qoldi, Tunisni chiqarib yuborishlari mumkin
JCHga hamma chiqishni istaydi, faqatgina magazinchi G'aybulla emas... CHililiklar musobaqada qatnashish istagini bildirishdi, sababi Ekvadorning qaydnomasida asli Kolumbiyada tug'ilgan Bayron Kastilo ko'rsatilgandi. Biroq FIFA apellyaciyani rad etdi va Ekvadorni nasib qilsa, Qatardagi musobaqada ko'ramiz. Endi Tunis termasi bo'yicha tekshiruvlar boshlangan. Farqi bunga sabab yashirilgan tug'ilganlik haqidagi hujjatgina emas. FIFA yuristlari hukumatning, rasmiylarning futbolga aralashishga urinishiga keskin reakciya bildiradi.
Umuman olganda, ular haq. Hukumatga odamlar keladi-ketadi, agarda kimdir davri kelganida o'zini qonundan ustun qo'ysa, unda haqiqiy xaos boshlanib, hech kim vaziyatni boshqara olmay qolishi mumkin. Qonunlarsiz vaziyat ancha jiddiylashadi. FIFA malum mamlakatning saylov orqali tanlangan/tayinlangan vakillarni himoya qilishi zarur. Agarda Tunis sporti va yoshlari vaziri ochiqchasiga mamlakat Futbol Federaciyasiga tahdid qilsa, savol paydo bo'ladi — ushbu mamlakat termasi JCHda ishtirok etishi normal holatmi?
FIFAdagilar Tunisda siyosatchilar futbol ishlariga aralashgani bo'yicha isbot topib ulgurishgan. Agar bu rasman isbotini topsa, mamlakat azoligi bekor qilinishi mumkin. Sankciyalar turli bo'lish ehtimoli bor. Misol uchun, avvalroq Keniya va Zimbabve jazolangan. Afrikada diktatorlar etarlicha topiladi va ular qonun taqiqlagan ishlarga ham "burnini suqishni" xush ko'radi. Tabiiyki, FIFA JCH-2022 ishtirokchilari tarkibini oxirgi pallada o'zgartirishni istashmaydi va Tunisga vaqt berildi.
Biroq hukumat vakillari harakatlarini o'zgartirishmasa, yo'llanma olib qo'yilishi va Maliga berib yuborishlari mumkin – bu jamoa pley-off bosqichida imkoniyatni boy bergan. Xuddi shunday holat Evro-1992"da Yugoslaviyani Daniyaga alishtirishda (jamoalar bitta guruhda o'ynagan) yuz bergan, lekin u erda diskvalifikaciyaga BMT sankciyalari sabab bo'lgan, UEFA ularga qo'shilgan holat.
Futbol – biznes, biznesda muhimi obro' va foyda
Ronalduga nisbatan ancha avval AQSHdagi ishlari bo'yicha ayblov yuzaga chiqqanda – yuristlarda shikoyatchi ayol "jim yurishi" uchun pul olgani va boshqa, yangi isbotlarga ega emasligini keltirib berishganida, portugaliyalik sharafini himoya qilayotgan Turinning "Yuventus" klubi akciyalari narxi tushib ketgandi.
Avvalroq repper, milliarder Kane Uest – SHimoliy Amerikadagi afrikaliklar bilan bog'liq vaziyatni qullik, "tanlov" deb qoralagandi. Ommadagi bunday so'zlari oqibatida Uest milliardlab dollar zarar ko'rgan. Balki o'zi ham bazi kompaniyalar bilan hamkorlikni to'xtatish payida bo'lgandir, ammo ish u qadar katta ko'lamga o'tib ketishi va biznesiga jiddiy zarba bo'lishini kutmagani turgan gap.
Katta futbol ham biznes, milliardlab dollarlar aylanadigan biznes. FIFA uchun esa mundial – eng muhim pul manbalaridan biri hisoblanadi.
Pul kimda bo'lsa, o'sha gapiradi – pullar esa korporaciyalarda
Reklama beruvchilar Infantino uchun muhim hisoblanadi. Va ular bilishadiki, yaqinda Eronda bo'lgan ishlardan keyin FIFA qonunlari ushbu mamlakatni mundial ishtirokchilari qatoridan olib tashlab, u erga Italiyani jo'natish imkoniyatini beradi. Etiborlisi, yuridik jihatdan buni oddiy yo'li bor. Gap, saralash orqali musobaqaga chiqa olmagan, FIFA reytingi bo'yicha eng yuqori o'rinni egallagan terma jamoa haqida ketmoqda. Biroq "Qatardagi JCH-2022 normativ aktlari" hujjatini endi siz ham bilasiz va Qatarga Tunis yoki Eronning o'rniga deyarli istalgan termani jo'natishlari mumkinligini tushunib ulgurgandirsiz.
SHuningdek, o'yinlarga qarshi boykot variantini unutmaslik zarur. Eron guruhda Angliya, AQSH va Uels termalari bilan ro'baro keladi. Keyn Qatarda kamalak rang bog'ich bilan o'ynashini malum qildi, ammo huquqlarni qisman himoya qilib bo'lmaydi. Erondagi ayollar va erkaklarning haq-huquqlarini kim o'ylaydi? Bunday holatda AQSH, Angliya va Uels futbolchilari maydonga tushmasliklari kerak bo'ladi.
Sport bu - siyosat. Futbol jamiyatlar nizolarini hal etishda doimo muhim omil bo'lib xizmat qilib kelgan. "Insonlar bir-birini o'ldirganidan, to'pning orqasidan yugursin". Insoniylikning chiroyli bir ko'rinishi, lekin FIFAning bir oz kech qolgan reakciyasidan mantiqni topish biroz mushkuldek. Agarda Tunisni musobaqadan chindan chetlashtirishsa, FIFAning Eron bo'yicha poziciyasi qaerda qoladi?
Kim biladi deysiz, balki bu holatda raqiblar ham muhim rol o'ynar?! Agar AQSH, Uels va Angliya mundialda Eronga qarshi o'ynashni istamasa – hech kim majburlay olmaydi. Gap katta biznesga borib taqalishini inobatga olsak, tanlov Azmun emas, Pulishich, Keyn va Beyl termasi foydasiga bo'ladi albatta. Darvoqe, hozircha hech qaerda zaxira varianti aynan Italiya bo'lishi haqida gap yo'q. Ammo boshqa biror terma ham ko'rsatilmagan. Variantlar etarli, ular ichida Avstraliyaga imkoniyatni boy bergan BAA ham bor.
Tadbirkorlar vaziyatni baholab olishlari zarur. Aqlli insonlar o'zini qonundan ustun qo'yadigan va inson hayotini qadrlamaydiganlarni reklama qilishni istamashmaydi. Futbolchilarga achinish mumkin, ammo FIFA manfaatlarida – Messi va Ronalduni chiroyli musobaqa orqali kuzatish muhimroq. Eron va Tunis esa bunga halaqit qilib qolishi mumkin. Italiyalik reklama beruvchilar bor ekan, Manchini jomadonlarini "tomning bir burchagiga" yig'ishtirishga shoshilmasa ham bo'ladi.
Nozima To'xtamirzaeva tarjimasi
Fikrlar