So’nggi yangiliklar

09:20Арне Слот 88 йиллик ноҳуш анаънага чек қўйди  0 08:47Sofascore. 10 дақиқа ҳаракат қилган Шомуродов, 82 дақиқа ҳаракат қилган Довбик билан деярли бир хил баҳога лойиқ кўрилди  0 08:35Туркия чемпионати. "Башакшехир"да йирик ғалаба, Пёнтекдан хет-трик! (+мусобақа жадвали)  3 08:17"Кайсериспор" Отабек Шукуровни трансфер қилишга яқин  2 08:10А Серия. 3-турнинг марказий учрашувида ҳисоб очилмади, Шомуродов захирадан ўйинга қўшилди  6 07:51Мбаппе ўзини "Реал"да Роналдунинг вориси деб ҳисоблайдими? деган саволга жавоб берди  1 07:24Sofascore. Ҳусанов кечаги учрашувда неча баҳо олди?  0 06:45ЛаЛига. "Реал Мадрид" - "Бетис", Мбаппе ЛаЛигадаги биринчи голини урди  0 02:28Ла Лига. "Реал Мадрид" Мбаппенинг дубли эвазига "Бетис"ни мағлубиятга учратди  45 01:50Лига 1. ПСЖ меҳмонда "Лилль"ни мағлуб этди  1 01:46Туркия Суперлигаси. "Сивасспор" Истанбулда "Бешиктош"га мағлуб бўлди, Турғунбоев эса...  4 01:42А Серия. "Ювентус" ва "Рома" ўртасидаги ўйинда ҳисоб очилмади, Шомуродов 82-дақиқада ўйинга қўшилди  25 01:25"Ман Сити" ўйинчисини "Бенфика"га ижарага берди  1 00:11Тен Хаг "Ливерпуль" (0:3)дан учралган мағлубиятдан сўнг нималар деди?  9 23:19Бир-икки, бир-икки...  11

Mutolaa uchun. Futboldagi kartochkalar qanday paydo bo'lgan yoxud London ko'chalaridan birida tug'ilgan g'oya Yangiliklar

Mutolaa uchun. Futboldagi kartochkalar qanday paydo bo'lgan yoxud London ko'chalaridan birida tug'ilgan g'oya

Sariq va qizil kartochkalarni bir ayol o'ylab topgan, svetoforda turgan eri unga bu fikrni bergandi.

Kartochkalar zamonaviy futbolning ajralmas qismiga aylangan. Hattoki, bu sport turidan yiroq bo'lgan har qanday inson ham to'rtburchak qog'ozdagi ranglar qanday manoni anglatishini juda yaxshi biladi: sariq — ogohlantirish, qizil — chetlatish.

Ammo ulardan yaqinda, atigi 50 yil avval foydalanishni boshlashganini ko'pchilik bilmasa kerak. Bundan tashqari, ularning paydo bo'lishida ham juda qiziq voqea bo'lgan.


Futbolchi tilni tushunmagani uchun maydonni tark etishni rad etgan

Rangli kartochkalardan ilk bor 1970 yilda foydalanishni boshlashgan. Bunga qadar hakamlar og'zaki tarzda o'yinchilarni ogohlantirgan va chetlatgan. Bu narsa juda qiyin edi. Hakam chet ellik o'yinchiga chetlatish sababini tushuntirishi kerak edi. Bu ham etmagandek, bazida murabbiy va muxlislar ham maydonda nima bo'layotganini tusholmasdi.

Bunday holat 1966 yilgi Jahon CHempionati chorak finalida ham sodir bo'lgan. Angliya va Argentina uchrashuvining 1-taymida Argentina termasi futbolchisi Antonio Rattin nemis hakam Rudolf Kraytlyaynning har bir qaroriga qarshi chiqib, u bilan juda faol tarzda munozara olib borgan. Argentinalikning navbatdagi qo'pol xatosi va yangi davolari tufayli hakam futbolchini o'yindan chetlashtirgan, ammo Rattin buni tushunmagan.

Gap shundaki, Rattin termadagi xuddi boshqa sheriklari kabi faqatgina ona tili — ispani tilini bilar edi xolos. Kraytlyayn ham faqat nemischada so'zlashar va hech qanaqasiga argentinalik maydonni tark etishi kerakligini tushuntirib berolmagan. Oradagi tanaffus bir necha daqiqaga cho'zilib ketdi. Tribunadagi bir ingliz sudyasi Ken Aston vaziyatga aralashmaguncha, maydondagilar hech kelisha olmadilar. Ken maydonga tushdi va futbolchi o'yindan chetlatilganligini tushuntirdi. SHundan keyingina uchrashuv davom etdi (inglizlar 1:0 hisobida g'alaba qozonishdi, keyin esa o'sha yili JCH g'olibi bo'lishdi).


Oddiy svetofor kartochkalar paydo bo'lishiga sabab bo'lgan

Jahon chempionati chorak finalida bo'lgan voqea uzoq paytgacha Ken Astonga tinchlik bermadi. U barchaga birdek tushunarli bo'ladigan yagona jazo tizimini yaratish haqida o'ylay boshladi. Londondagi oddiy chorrahalardan biridan o'tib ketayotganida, arbitr svetoforda to'xtadi va o'yladi: "Aniq narsa bo'lishi zarur: sariq — ogohlantiruvchi, qizil — taqiqlovchi. Biroq maydonga svetofor o'rnatish mumkinmi?"


Ken uyga kelganidan so'ng uzoq vaqtdan buri uni qiynayotgan muammoni ayoli Xildega tushuntirdi. SHundan so'ng u odatdagidek gazeta o'qishga o'tirdi, turmush o'rtog'i esa biroz vaqt yo'q bo'lib ketdi. Qanchadir paytdan keyin ayoli qo'lida ikki bo'lak qog'oz bilan qaytib keldi: bittasi — qizil, ikkinchisi — sariq. "Hakam cho'ntagida ikkita kartochkani olib yursa nima bo'ladi? Sarig'i bilan futbolchilarni ogohlantirsa, qizili bilan ularni o'yindan chetlatadi?".

Astonga ayolining fikri yoqib tushdi va keyingi hakamlar yig'ilishidayoq ushbu narsani futbol qoidalariga kiritishni taklif qildi. Bu g'oya oz fursat ichida butun dunyo bo'ylab qo'llab-quvvatlandi va FIFA tomonidan ham maqullandi.


SSSR termasi o'yinchisi ilk sariq kartochka "sohibi" bo'lgan

Meksikada bo'lgan navbatdagi mundialda (bu Evropa va Janubiy Amerikada bo'lmagan birinchi JCH edi) hakamlar cho'ntagida ikki xil rangdagi kartochka olib chiqqan, futboldagi bu yangilik haqida esa butun dunyo bilib ulgurgan edi.

Ochilish o'yinida musobaqa mezbon meksikaliklar SSSR termasi bilan uchrashdilar. O'sha bahsda tarixdagi ilk sariq kartochka ko'rsatilgan: Sovet ittifoqi termasi yarim himoyachisi Kaxi Asatiani sariq kartochka oldi. Ilk kartani ko'rsatgan arbitr esa nemis Kurt CHensher edi. Uchrashuvda hisob ochilmagan bo'lsa-da, 5ta ogohlantirish berildi, 4tasini SSSR futbolchilari oldi.

SSSR o'sha mundialda yana 3ta o'yin o'tkazdi: guruhda birinchi o'rinni oldi, ammo chorak finalda urugvayliklarga mag'lub bo'lib, turnirni tark etdi. Qizig'i shundaki, o'sha uch uchrashuvda sovet ittifoqi o'yinchilari atigi 2ta sariq oldilar. Aftidan, birinchi bahsdan keyin yaxshigina xulosa chiqarishgan.


Sariq va qizil ranglari etarli bo'lmadi — palitra bilan tajriba o'tkaza boshlashdi

Meksikadagi muvaffaqiyatli tajribadan so'ng ikki xil rangdagi kartochkalar turli mamlakatlarning ichki chempionatlarida ham foydalanila boshlandi. Ko'pgina holatlarda ham futbol federaciyalari umumiy qabul qilingan standartlardan chetga chiqmagan, lekin istisno holatlari ham bo'lgan.

Masalan, ispan chempionatida 70/71 yilgi mavsumdan foydalanishni boshlashgan. Biroq hakamlar ogohlantirish uchun sariq emas, oq kartochkalardan foydalanishgan. Bunga sabab, o'sha yillari aholining televizorlari oq-qora rangda ko'rsatgan, agar boshqa rangdagi kartochkalardan foydalanilsa, ko'pchilik rangdan adashib ketishi mumkin edi. Uchrashuvlarni ko'rish qulay bo'lishi, sariq rang ekran orqali ko'rsatilganda qizil bilan adashib ketmasligi uchun, oq rangdan foydalanilgan. Ammo 76/77 yilgi mavsumda bu usuldan voz kechishdi va yana sariq rangni ishlata boshlashdi.

XXI asrda xalqaro associaciyalar maydondagi futbolchining muayyan harakatlarini baholaydigan turli rangdagi kartochkalarni taklif qilishdi. Masalan, 2015 yilda UEFAning o'sha vaqtdagi prezidenti Mishel Platini xuddi xokkeydagi kabi o'yinchini 5-10 daqiqaga maydondan chetlatadigan oq kartochka g'oyasini ilgari surdi.

Xuddi shunday taklifni 2009 yili mashhur arbitr Perluidji Kollina ham bildirgandi. U sariq va qizil kartalar orasidagi bo'ladigan olovrang kartochkadan foydalanishni aytgan. Unga ko'ra ham, olovrang olgan futbolchi malum daqiqalarga maydonni tark etishi kerak edi. Italyan shunday tushuntirdi: "U qizil berish qattiq jazo, sariq berish esa engil bo'lgan vaziyatlarda juda as qotadi".

Portugaliyada esa futbolchilar haqoratli so'z aytsa, ularga havorang kartochka ko'rsatishni taklif qilishgan. Ikkita havorang kartochka bitta sariq kartochka o'rniga o'tgan ekan. Mualliflarning so'zlariga qaraganda, bu yo'l yosh avlodning yanada bilimli va madaniyatli bo'lishiga yordam bergan ekan.

Bu g'oya ko'pchilik tomonidan qo'llab-quvvatlanmadi va tezda unutildi. Ammo haqiqatdan ham foydalanishgan asosiy bir karta bo'lgan. U yashil rangda edi va undan 2016 yil Italiya quyi divizionlarida foydalanishgan. U jazolamagan, aksincha, futbolchilarning haqqoniy o'yini uchun rag'batlantirishda foydalanilgan. Uning birinchi sohibi hujumchi Kristian Galano bo'lgan. B Seriya doirasidagi "Vichenca" va "Virtus Entella" uchrashuvida forvard raqib darvozasiga zarba berdi, shundan keyin hakam unga burchak to'pi tepishni aytdi. Lekin futbolchi to'p raqiblarning biror o'yinchisiga tegmaganini aytib tan oldi. SHundan so'ng, arbitr o'z qarorini o'zgartirib, darvozadan erkin zarba belgiladi, Galano esa yashil kartochkaga ega bo'ldi. Ajablanarlisi shundaki, Kristian o'ynagan o'sha "Vichenca"ning o'yinida, jamoa 1:4 hisobida mag'lubiyatga uchragan.


Aston faqat kartochkalar bilan cheklanib qolmadi: u futbol uchun juda katta ishlar qildi

Angliyalik hakam o'yinchilarni jazolashning yagona tizimiini yaratgani tufayli futbol olamida mashhurlikka erishdi. Ammo bu Aston tomonidan qilingan yagona yangilik emas. Yana bir nechta g'oyalar Kenga tegishli: masalan, har bir uchrashuv uchun zaxira hakamini tayinlash, aksar holatlarda u bosh hakamni o'rniga tushishi mumkin edi. Bundan tashqari, maydondagi o'yinchilar almashganida, ularning raqami maxsus tablolar orqali ko'rsatilishi ham aynan Kenning g'oyasidir. Bu bazi tushunmovchilik hamda o'yin uchrashuv vaqtida uzoq pauza bo'lib qolishining oldini olishga yordam bergan.

Lekin Astonning hamma g'oyalari ham maqullanmagan. Masalan, ingliz referisi qo'shimcha vaqtdan keyin g'olibni aniqlash borasida penaltilar seriyasiga emas, o'yindagi qoida buzishlar soniga qarab aniqlash kerakligini aytgan. Uning fikriga ko'ra, bahsda qaysi jamoa kamroq ogohlantirish va chetlatish olgan bo'lsa, o'sha klub g'alaba qozongan deb belgilanishi kerak bo'lgan. Lekin ko'pchilik 11 metrdan zarba berish orqali g'olibni aniqlash tarafdori bo'lgan.

Xo'sh, siz bu borada futbol qonun-qoidalariga qanday o'zgartirishlar kiritgan bo'lardingiz?! 


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика