Murod Zuhurovning 530 daqiqalik "quruq" seriyasiga barham berildi
03 avg 2015 15:06
Yangiliklar


Murod Zuhurovning 530 daqiqalik "quruq" seriyasiga barham berildi
Oliy liganing 16-turida "Bunyodkor" klubi safarda "Buxoro" mehmoni bo'lib 2:1 hisobida zafar quchdi.
Ushbu o'yinga qadar "qaldirg'ochlar" posboni Murod Zuhurov oliy ligada 471 daqiqa (5ta o'yin) davomida o'z darvozasi dahsizligini saqlab kelayotgan edi.
"Buxoro" futbolchisi Sergey Georgievning 59-daqiqada urgan goli Zuhurovning jami 530 daqiqalik "quruq" seriyasiga barham berdi.
Darvozabon bunga qadar so'nggi bor 31 may kuni oliy liganing 11-turi doirasida "Paxtakor"ga qarshi bahsda gol o'tkazib yuborgan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar