

Gap shundaki, Murod Ismoilovga Bekobodning Metallurg klubidan taklif tushdi. 49 yoshli muxasassis endilikda bosh murabbiy Andrey Shipilovga yaqindan yordam beradi.
Ma'lumot uchun, Murod Muzaffarovich Farg'ona jamoasida 2015 yildan buyon ishlab kelayotgandi. Bu vaqt oralig'ida yarim yil (2016 yil) Qo'qon-1912 jamoasini ham boshqardi. Ismoilov so'nggi uch yil ichida Neftchida bosh murabbiy va katta murabbiy sifatida ishlab keldi.




