So’nggi yangiliklar

00:47МЮ Мактоминейни АПЛнинг бошқа бир клубига сотмади  0 00:35Кьеза фаолиятини Англияда давом эттиришга яқин турибди  1 00:05"Динамо" Жаҳонгир Ўрозов ва Муҳаммадали Турсуновни ўз таркибига қўшиб олди  0 23:30Жоау Канселунинг кейинги манзили Саудия Арабистони бўладими?  0 22:55Ханс-Дитер Флик: "Ямалнинг оёғи ердан узилмаслиги керак"  1 22:15ОКМК назорат ўйинида "Олимпик"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  1 21:35Матс Хуммелс Еврокубокларда ўйнайдиган А Серия клубига ўтиши мумкин  0 20:54"Қизилқум" назорат ўйинида "Локомотив U21"га мағлуб бўлди  0 20:31Расман: Стадиондаги муаммо сабаб "Динамо" — "Навбаҳор" учрашуви қолдирилди  51 20:00Де Хеа фаолиятини А Cерияда давом эттирадими?  1 19:39Ана холос! "Рома" ва "Тоттенхэм" собиқ ҳужумчиси 11 йилдан сўнг фаолиятини тиклашга қарор қилди  4 19:13УEФА Суперкубоги ўйинини ким бошқариши маълум  0 18:49Погбанинг акаси Бельгиянинг учинчи лигасида ўйнайди  4 18:25"Бунёдкор" собиқ бош мураббийи Парижда ўғриликка учради  14 18:01"Шўртан" учта трансферни амалга оширди  3

Murod Ismoilov: "Menga "Neftchi"dan taklif tushgani yo'q" Yangiliklar

Murod Ismoilov: "Menga "Neftchi"dan taklif tushgani yo'q"

Xabaringiz bor, yaqinda taniqli mutaxassis Murod Ismoilov Yaypanning "Turon" klubida ish boshladi.

Tajribali murabbiy klub akademiyasi direktori, shuningdek tahlilchi murabbiy lavozimlarida ish olib boradi. Biz Murod Ismoilov bilan bog'lanib, mazkur masala yuzasidan intervyu tashkil etdik.

- Murod aka, "Turon" klubida ish boshlaganligingiz bilan tabriklaymiz. Aytingchi, kutilmaganda yuz bergan voqea qanday sodir bo'ldi?

- Rahmat tabrik uchun. "Turon" klubi faoliyatini anchadan buyon kuzatib kelaman, o'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'yib kelayotgan jamoa hisoblanadi. Klub xomiylari Olimxon va Qodirxon Ahmedovlar jamoaga barcha sharoitlarni yaratib berishmoqda. "Turon" klubi prezidenti Abduvahob Ahmadaliev yosh intiluvchan rahbar hisoblanadi. Ular menga klubda ishlash taklifini berishganida uchrashib gaplashdik, rejalar va maqsadlar hususida suhbatlashdik. Ularning jamoa oldiga qo'yayotgan vazifalari menga maqul keldi va o'zaro kelishuvga erishdik.

- Siz "Turon" futbol klubi akademiyasi direktori lavozimida ish boshlayotgan ekansiz. Kelajakdagi rejalar xususida nimalarni ayta olasiz?

- Ayni vaqtda klub akademiyasini to'liq ishga tushirish bo'yicha harakatlar olib borilmoqda. Bugunga qadar ham klub qoshida yosh futbolchilarni tayyorlash bo'yicha guruhlar mavjud bo'lgan. Bu guruhlarda mahalliy BO'SMlar murabbiylari bilan xamkorlikda ish olib borilgan. Vaziyatdan kelib chiqib mavjud guruhlar ish faoliyatini yanada rivojlantiramiz, akademiyani to'liq ishga tushirganimizdan so'ng yangi guruhlar tashkil etamiz. “Turon" futbol akademiyasining maqsadi chekka xududlardagi yosh iqtidorlarni aniqlash va ular bilan astoydil ish olib, professional futbolchi darajasiga etkazishdan iborat. SHunda o'z-o'zidan jamoa bazasi shakllanib boradi, bundan tashqari turli yoshdagi O'zbekiston terma jamoasiga ham munosib futbolchilar etishib chiqishi ham mumkin.

- Hamma uchun qiziq bo'lgan savol. "Turon" futbol klubi akademiyasiga yosh futbolchilarni qabul qilish tartibi qanday bo'ladi?

- Yuqorida aytganimdek, hali klub akademiyasi to'liq ishga tushib ulgurgani yo'q, bu borada harakat olib borilmoqda. Nasib bo'lsa tez orada bunga erishamiz. Albatta, klub akademiyasiga qabul jarayonini tashkil etamiz, hozircha bu haqida gapirishga erta. Akademiyamizga qabul qilish tartibi klubning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida va turli OAVlarda elon qilinadi albatta.

- SHuningdek jamoa o'yinlarini tahlil qiluvchi murabbiy sifatida ham ish olib borishingiz haqida eshitdik...

- To'g'ri, "Turon"da o'yinlarni tahlil qilish bo'yicha ham ish olib boraman. Asosiy vazifa jamoa o'yinlarini yana o'stirishga qaratilgan. Tahlil qilamiz, o'rganib chiqamiz, xato va kamchiliklarga qarshi chora-tadbirlar ishlab chiqamiz, yakdil o'yin uslubini shakllantirish borasida harakat qilamiz. Ayni vaqtda PRO-Ligada ishtirok etayotgan har bir jamoaning o'z tarixi va yutuqlari bor. Ular orasidan biron jamoani kuchli yoki kuchsiz deb ayta olmayman.

- "Metallurg" bilan xayrlashganingizdan so'ng sizga boshqa jamoalardan taklif bo'ldimi? Aytaylik, sobiq jamoangiz Farg'onaning "Neftchi" klubidan?

- Ha, bu vaqt davomida turli klublardan takliflar tushdi. Lekin ular orasida "Neftchi" yo'q, ular menga taklif bilan chiqishmadi. Qaysi klublar ekanligi haqida aytib o'tmaganim maqul deb hisoblayman. Bilasizmi, klub rahbarlari biron bir murabbiyni jamoaga taklif etishdan oldin avval o'sha murabbiyni puxta o'rganib chiqishlari kerak. Bilsin, o'rgansin, jamoa uslubiga mos keladimi, yutuqlarga erishganmi, malumotga ega bo'lsin. Natija ko'rsatishiga ko'zi etsa keyin jamoaga taklif etishi kerak. SHu murabbiy hozir band emas ekan deb bugun taklif qilib ertaga ishdan bo'shatishi bu to'g'ri emas deb o'ylayman. Aslida futbolda murabbiylarga jamoa o'yinini o'z uslubiga moslashtirishi, o'ylagan rejalarini amalga oshirishi uchun malum bir muddat kerak bo'ladi. Ana o'sha muddat o'tgunga qadar sharoit yaratib berish kerak. Bu deganim faqat moliyaviy tomonga borib taqalmaydi. SHaroit yaratish deganda imkoniyat, yani murabbiyning uslublarini jamoaga singdirishi uchun talab etiladigan vaqtni nazarda tutyapman.

- Murod aka, vaqt ajratib intervyu berganligingiz uchun rahmat. "Turon"dagi faoliyatingizda muvaffaqiyatlar tilaymiz!


Bekzod Tolibov suhbatlashdi

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика