So’nggi yangiliklar

17:08 "Футбол олами". Фарғонадаги кубок финалида водий дербисини кўрамиз   0 16:45Сиаваш Ҳақназари: "Бизга ким рақиб бўлишининг фарқи йўқ, ўзимизнинг аниқ мақсадимиз бор"  1 16:30"Арсенал" - "Брайтон"  0 16:18Нега? "Челси" АПЛ ва ФИФА сабаб бир трансферни бекор қилди  0 15:24Нималар бўляпти? "Наполи" Осимхенни А Серия мавсум қайдномасига киритмади, рақамини эса бошқа футболчига беришди  3 14:52"Митти камера". Драмага айланиб кетган тўқнашувда "Андижон" финалга чиқди  3 14:36Сон Хён Миннинг отаси жазоланди  0 14:03Ди Мария фаолиятидаги энг ёмон мураббий ким бўлганини айтди: "Шубҳаларингиз бўлса, уларни тарқатиб юборишга тайёрман"  5 13:51"Навбаҳор" финалда. Водийликларга аталган кундан ГАЛЕРЕЯ  26 13:37АПЛда ёзги трансфер ойнасида энг кўп харажат қилган клуб номини биласизми?  2 13:13Хитойдаги халқаро ўртоқлик ўйинлари учун Ўзбекистон ёшлар терма жамоасига кимлар чақирилди?  2 12:13"Андижон" ярим ҳимоячиси: “Тарих яратишимиз кераклигини билиб тургандик”  7 12:0040 млн. еврога сотиб олинган футболчи яна ижарага бериб юборилди  0 11:43МЮ тарбияланувчиси "қизил иблислар"нинг ҳимоядаги ўйинини танқид қилди  0 11:02Европанинг бошқа жамоасига ўтолмаган Осимхен "Наполи"га ультиматум қўйди  1

Murabbiylarni qadrlamaydigan Italiya! Yangiliklar

Murabbiylarni qadrlamaydigan Italiya!

Italiyalik Massimo Karrera "Spaktak"dan ketganiga bir yil bo'ldi, ammo hali ham ish topolmadi. Bunga nima sabab?!

U erda o'ziga xos murabbiylik ananasi bor

"Spartak" Massimo Karrerani istefoga chiqarganida, Vasiliy Utkin "SportFM"da shunday degandi: "Agar Karreraning Rossiyadagi lavozimi italyanlarni havotirga soladi deb o'ylasangiz, qattiq adashasiz. "Yuventus"ning  sobiq ikkinchi murabbiyi keldi va Rossiya chempionatida g'olib bo'ldi. Xo'sh? Albatta, Italiya titulga hurmat bilan qaraydi, biroq "Vichenca"dan yuqoridagi klublar ularga Karrera kerak deb hisoblamaydilar".

Oradan bir yil o'tdi, ammo Karrera hamon ishsiz. Oyda bir necha bor rezyumening o'ziga xos qirralarini ochib beradigan intervyular beradi: loyihaga qo'yiladigan talablarni shakllantiradi, koncepciya va usulni tushuntiradi. Boshqa payt esa televizor orqali o'yin tomosha qiladi hamda Gasperinining "Atalanta"dagi mashg'ulotlari haqida o'zi fikrlari bilan bo'lishadi.

"Nima uchun hanuzgacha ishsiz ekanimga tushuna olmayapman, – deydi Karrera sentyabr oyida "Tuttomercatoweb"ga bergan intervyusida. – Yaqin orada sevimli ishimga qaytaman deb umid qilaman. Biroq hozircha yangilik yo'q. Men har qanday variantni ko'rib chiqishga tayyorman, ammo jiddiy loyihani afzal ko'raman".

Karrera hattoki B seriyada ham ishlashga tayyor

Karrera jiddiy loyiha deganda potencialni nazarda tutgan – uning "Spartak"dan keyingi savollarini tushunish uchun bu muhim narsa. Bahorda bergan intervyusida u hatto B seriyada ham ish yuritishga rozi ekanini aytib o'tgandi. Sentyabrda esa "Sport-Ekspress" nashriga Rossiyaning o'rtamiyona jamoalari bilan ham ishlashdan qo'rqmasligini takidlagandi: "Top bo'lmagan klubda ishlab, biror narsaga erishishingiz mumkin. Masalan, hech bo'lmaganda, Premer-liganing 6-7-o'rinlari uchun kurashasiz". Massimo vaziyatni tushunib turibdi, yani Italiya top-jamoalaridan taklif kutayotgani yo'q. Muammo ortiqcha talablarda emas. Va albatta shartnoma sharti bajarilmaganlikda ham emas: Nobel Arustamyanning yozishicha, "Spartak" uni istefoga chiqarganida barcha pulni to'lab bergan ekan.

Ammo baribir takliflar bo'lmadi. Yaqinda italiyalikni Eronga chaqirishdi, ammo u bormadi. Rossiyadan qaytganidan so'ng esa "Udineze" taklifi ham amalga oshmay qoldi. Yozda Siciliya ommaviy axborot vositalari murabbiyga "Kataniya" klubi qiziqish bildirayotgani haqida yozdi, lekin bu ham mish-mishligicha qolib ketdi.

Ehtimol, Massimoning maoshi klublarni qo'rqitar?! Turli malumotlarga qaraganda, "Spartak" bilan yangi tuzilgan shartnoma bo'yicha yiliga 2-3 million evro topgan. Italiyada esa bunday pulni faqat top jamoalar to'lay oladi va hammaga ham (!) bunday maosh berilavermaydi. Boshqa klublardagi oylik esa bir necha barobar past: masalan, "Udineze" murabbiyi Igor Tudor yiliga 500 ming ishlab topadi.

Yozda A Seriyadan deyarli taklif bo'lmadi. Eng yaxshi 10ta klubda mashhur murabbiylar ishlaydi: Di Franchesko va Raneri ("Sampdoriya"), Madzarri ("Torino"). Kamroq, ammo real imkoniyatlar faqatgina "Jenoa", "Verona" va "Kalyari" bor edi. Biroq ular Andreaccoli, Yurich va Maranni chaqirishdi. Bu murabbiylarning Karreradan ikkita farqi bor: a) uzoq yillardan buyon Italiyada ishlashadi; b) ular mukofotlardan shunchalik yiroq-ki, hatto "sovrinlar javoni" degan so'z ular uchun begona.

Demoqchimizki, A seriyadagi omadsiz tajriba "Spartak" bilan chempionlikdan ustunroq...

Italiyaliklarning fikricha, boshqa ligalarda oson ekan. Murabbiy-Karrera Italiyada mashhur emas

Bir yil avval "Rivista Undici" jurnali nima uchun chet ellik murabbiylarga ishonmasligini tahlil qilib chiqqandi.

Natijada ular shunday xulosaga kelishdi: hamma gap Koverchanodagi murabbiylar tayyorlash metodikasida ekan. Maktabni Renco Uliveri boshqaradi – u stolida Lenin haykali, cho'ntagida esa partiya bileti bo'lgan juda etiqodli inson. U bir kuni Federaciya binosida zanjirband qilingan (quyi ligadagi murabbiylarning majburiy licenziyasini bekor qilishni taklif qilgani uchun).

Italiyancha murabbiylik ananasi uning shaxsiyati va o'yin qarashlari bilan ifodalanadi. Uliveri esa jamoaga ishonadi, biroq tizimli futbolga umuman ishonmaydi. SHuning uchun, Koverchanodagi tayyorlashning asosiy va yagona qoidasi – taktik moslashuvchanlik. U erda taktika bo'yicha kitoblar muhim emas va mashg'ulotlarning aksariyat qismi modellashtirish va bahs-munozaraga asoslangan bo'ladi (standart dars: o'yinni har 15 daqiqasi ko'riladi hamda muammo va echimlar topiladi). Talabalar barcha o'yin tizimlarini o'zlashtirishlari, to'pni o'ynatishlari hamda o'zlari tanlagan yo'lni barchaga uqtirmay, vaziyatga moslashishlari lozim. Koverchanoda "mening futbolim" degan so'z umuman ishlatilmaydi. Birgina shu so'z uchun sizni maktabdan haydashlari mumkin.

"Niyatimiz bir xil murabbiy etishtirib chiqarish emas, – deydi o'z yondashuvini "New York Times"ga tushuntirib Uliveri. – Italyancha murabbiylik maktabi mavjud emas, men bunga ishonaman. Koverchano esa fabrika emas. Bu erda "mening futbolim" degan ibora yo'q. Bu erda faqatgina aniq 20ta o'yinchi bilan o'ynash mumkin bo'lgan futbol mavjud".

Bunday yondashuv esa A Seriyada murakkab taktik muhit yaralishiga sabab bo'ldi. Bunday uslubni ko'pincha mudofaa ligasi deb atashadi. Biroq bu u qadar ham to'g'ri emas. Uliveri chempionat haqida shunday deydi: "Mourinyudan A Seriyada nima etishmaydi deb so'raganimda, u: "Taktik kurashlar" deb javob bergan edi. Bizning liga — murakkab".

SHu bilan birga, bir maktab tarbiyalanuvchilari har bir o'yin vaqtida o'zlarining turli usullarini qo'llashga harakat qiladilar. Aynan shuning uchun, italiyaliklar o'z ligalarini dunyodagi eng murakkab liga deb hisoblaydilar. SHu sabab, boshqa mamlakat murabbiylari bilan ishlamaslikka urunadilar. "Bizning chempionat doim o'ziga xos bo'lgan, – deydi "Milan" sobiq darvozaboni Mario Ielpo. – CHet ellik murabbiylarni jalb qilish doim qiyin bo'lgan. Italiya futboliga moslashish uchun top-murabbiy faoliyatini A Seriyaning o'rtamiyona jamoasidan boshlashi kerak".

Bularning barchasini esa Karrera foydasiga osonlikcha hal qilib bo'lmaydi. Bir tarafdan, u Koverchano tarbiyalanuvchisi bo'lsa-da, yutug'ini boshqa jamoadan topdi. Qolaversa, top-5talikka ham kirmaydi. Boshqa tarafdan esa, hech qachon A Seriyada bosh murabbiy sifatida ishlamagan va boshqa ligada g'alaba qozongan. SHuning uchun, italiyaliklar uchun uning haqiqiy murabbiylik darajasi va A Seriyada individual taktik tomondan muvaffaqiyatga erishishi so'roq ostida bo'lib kelmoqda.

"Italiya futboli murakkab. Bizning liga hech qaysi bir mamlakatnikiga o'xshamaydi", – "SE"ga Karrera haqidagi savolga javob berib deydi Marko Materacci. Materacci Hindistonda ishlagan va ikki yil avval Italiyaga qaytib kelgan. Ammo haligacha o'z ishini topolgani yo'q. Ravanelli esa Ukrainadan qaytib kelganidan keyin "Sky Sport" va "Mediaset"da sharhlovchilik qilmoqda. Di Matteo 3 yildan beri "dam olmoqda" – italiyaliklar esa uni biror marta ham eslab qo'yganlari yo'q.

Karreraning chet eldagi muvaffaqiyati haqida yana bir gap: u murabbiy sifatida italyanlarga umuman begona (mayda "LiberoQuotidiano"  jurnalisti undan intervyu oldi va ochiqchasiga so'radi: "Italiyadagi hamma ham sizni tanimaydi. Qanday sxemani afzal ko'rasiz? Qanday futbol sizga maqul: hujumkor yoki himoyaviy? Qattiqqo'l murabbiymisiz?... va h.k. To'g'ri u qaerdadir nimadir yutishga muvaffaq bo'ldi. Biroq uning o'yinlarini hech kim tomosha qilgani yo'q va biror kim uning metodlarini o'rganib chiqishga ham qiziqmadi. Klub egalari, yordamchilar, o'yinchilar bilan qanday munosabatda bo'lgan? Mag'lubiyatni qanday qabul qiladi va xatolari ustida qanday ishlaydi? Xo'sh, Italiya klubi xo'jayinlari Massimoni o'z safiga taklif qilsalar, undan nima kutishlari mumkin? U nimaga qodir ekanini qaerdan biladilar?

Ana shunday vaziyatlarda tanish-bilishlar va sobiq klublar yordamga keladi. Ammo, lekin, biroq... Kutishdan boshqa chora yo'q. Nasib qilsa, albatta, imkon beriladi. Lekin Karrera kim uchundir birinchi va yagona tanlov bo'lmasligi aniq. Nima bo'lgan taqdirda ham uning ishlariga faqat omad tilaymiz.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика