Mundo Deportivo: Messi haqidagi xabarlar yolg'on
17 avg 2020 01:12
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/587270_original.jpg)
![](/upload/storage/587270_220.jpg)
Mundo Deportivo: Messi haqidagi xabarlar yolg'on
Biroz avval Braziliyaning "Esporte Interativo" nashri jurnalisti Marselo Bexler Messi "Barselona"dan ketishi haqida klub rahbariyatini ogohlantirgani to'g'risida xabar berdi.
Ispaniyaning Mundo Deportivo nashri esa katalon klubidagi manbasiga asoslanib bu xabarlarni rad etmoqda.
Ayni paytda ingliz matbuoti Leoning kelajagini "Manchester Siti" bilan bog'layotgan bo'lsa, qolganlar "Inter"ga o'tishini taxmin qilishmoqda.
Mundo Deportivo vakillari futbolchining yaqinlari bilan bog'lanib vaziyatga oydinlik kiritishga ham urinib ko'rgan, biroq, hech kim xabarlarga munosabat bildirmayapti (rad ham etilmagan).
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar