So’nggi yangiliklar

00:53Париж-2024. Япония ва Ироқ ўз учрашувларида ғалаба қозонишди  3 00:50Хосе Венансио Лопес: "Бизга барқарорлик етишмаяпти. Ушбу муаммога имкон қадар тезроқ ечим топишимиз керак"  0 00:26Расман: Саидазамат Мирсаидов - “Навбаҳор” футболчиси!  1 23:53Тимур Кападзе: "Жамоа ўйинидан қониқдим. Рақибимиз дунёнинг энг кучли жамоаларидан бири эди"  13 23:34Расман: Санжар Қувватов "Навбаҳор" билан шартнома имзолади  1 23:17"Ҳаётим давомида бунақа циркни кўрмаганман" – Хавьер Маскерано  15 23:10Париж-2024. Аргентина - Марокаш 1:2, Аргентинанинг сўнги дақиқада урган голи ҳисобга олинмади  1 23:03Расман: Сардор Рашидов – "Навбаҳор" футболчиси!  16 22:50Париж-2024. Ўзбекистон - Испания 1:2, Шомуродов тарихий гол урди, Нематов пенальтини қайтарди  4 22:40Қандай қилиб?! Аргентинанинг 90+16-дақиқа урган голи икки соат ўтиб бекор қилинди. Марокаш ғалаба қозонди!  18 22:14Париж-2024. Миср ва Доминикан ўртасидаги ўйинда Ўзбекистон учун қулай ҳисоб қайд этилди  8 22:05"Mirabror Usmanov Cup-2024". Муросасиз кечган финалда Ўзбекистон Гватемалани мағлуб этди ва мусобақа ғолибига айланди  4 21:43Расман: "Насаф" грузиялик легионери билан шартномани бекор қилди  8 21:06Элдор Шомуродов: "Испанияни мағлуб эта олмаган бўлсак ҳам, ёмон ўйнамадик"  50 21:03Абдувоҳид Неъматов: "Жамоамиз очко олишида ўз ҳиссамни қўшмоқчи эдим, аммо бу насиб қилмади"  33

Mundial 2022. Tunis! Yangiliklar

Mundial 2022. Tunis!

Tunis!


Taxallusi: "Karfagen burgutlari"

FIFA reytingida 30-o'rinda.

Jahon chempionatiga oltinchi marta bormoqda (1978, 1998, 2002, 2006, 2018, 2022).


D guruhi. Raqiblar: Franciya, Avstraliya, Daniya.

1-tur, 22 noyabr. Daniya — Tunis

2-tur, 26 noyabr. Tunis — Avstraliya

3-tur, 30 noyabr. Tunis — Franciya


Muvaffaqiyatlar


Tunis hech qachon guruhdan chiqmagan.

"Karfagen burgutlari"ning eng muvaffaqiyatli mundiali – Argentina-78. Bu ular uchun debyut turniri hisoblangan.



Polsha, GFR va Meksika – Tunisning guruhdagi raqiblari bo'lishgan.

Tunisliklar ilk turda Meksikani 3-1 hisobida mag'lubiyatga uchratib, sensacion g'alabaga erishishgan. Jamoa birinchi taymdan so'ng yutqazayotgandi, ammo tanaffusdan so'ng iroda ko'rsata oldi va raqib darvozasiga javobsiz uchta to'p kiritdi.




Tunis ikkinchi turda o'sha yillarda kombinacion futbol ko'rsatgan polyaklar bilan kurashish sharafiga muyassar bo'ldi. O'yin Afrikadan kelgan debyutantlar uchun qiyin o'tdi. Polsha minimal hisobda g'alaba qozonishga muvaffaq bo'ldi.




Yakuniy turda Tunisni faqatgina g'alaba qanoatlantirar edi.

Boshidan imkoniyat kam edi, sababi GFR dunyoning eng kuchli jamoalaridan edi. Ammo, tunisliklarning yo'qotadigan narsalari yo'q edi, shu sabab tavakkal qilish mumkin bo'lgan.


Kutilganidek, nemislar kerakli natijaga erishishdi, ammo Tunisni himoya qilgan holda aytish kerakki, ular o'z darvozalari dahlsizligini saqlab qolishdi, durang 0-0.




Yakun – guruhda uchinchi o'rin. Munosib debyut.

Jamoaning JCHda keyingi safar ko'rinish berishiga 20 yil ketdi...


Murabbiy va o'yin uslubi


Jalel Kadri – JCH ishtirokchilari orasida eng kam maosh oladigan murabbiy (yiliga 130 ming evro).



50 yoshli Jalel 12ta turli jamoalarda ishlashga ulgurgan va ikki bor (8 yillik oraliq bilan) Tunis terma jaomasi murabbiylar shtabida bo'lgan. 2022 yilning 30 yanvarida Afrika Kubogidan so'ng Kadri milliy jamoa bosh murabbiyi etib tayinlandi.

Tunis jamoasi Jalel Kadri qo'l ostida Mali bilan o'tish o'yinlarini muvaffaqiyatli o'tkazdi (ikki o'yin natijasiga ko'ra 1-0, Tunis foydasiga), "Karfagen burgutlari" shuning evaziga Qatardagi musobaqaga yo'llanma olishdi.

Jahon chempionatiga chiqish – murabbiyning faoliyatidagi asosiy yutug'i. Balki Jalel xalqaro arenada o'zi va taktik salohiyatini ko'rsatar.

Tunis terma jamoasi o'yin uslubi: 4-3-3 (uchburchak).



O'yin uslubi – erkin hududlarni qidirish, qanotga paslar. Jamoa to'pga egalik qilishni afzal ko'radi.

"Karfagen burgutlari" doim sherigini raqib darvozasi qarshisiga chiqarish uchun variantlar izlaydi. Ular bazida pasdan kesuvchi uzatmalarni amalga oshirishadi, ammo ko'proq yuqoridan. Bunga misol pastda.




Tunis raqibning pasiga agressiv munosabatda bo'ladi. "Burgutlar" raqib bosim ostida sarosimaga tushishiga va yoki o'ziga o'nglab olishda xatoga yo'l qo'yishiga umid qilib, to'pni qabul qilish vaqtida uni olib qo'yishga harakat qiladi.




Tunisning o'zi to'pga egalik qilishga harakat qiladi, ammo o'sha Saudiya Arabistonidan farqli ravishda, bu borada ancha moslashuvchan. Tunisliklar kerak bo'lganda mudofaaga o'tib, to'pni raqibga berishlari mumkin, bunday vaziyatni Maliga qarshi o'yinda ko'rdik.

Tunis hujumni tashkil etayotganda mudofaa qanotlari faol ravishda harakat qiladi. Umuman, bu trend ko'plab jamoalarda kuzatilmoqda, ammo bu Tunis uchun ko'proq o'yin uslubi va maydon markazidagi muammo bilan bog'liq majburiy chora hisoblanadi.



Terma jamoa etakchilari


Ele Sxiri – tunislik Buskets.



Sxiri tayanch hududida harakat qiladi, u o'zining o'yindagi harakatlari bilan Buskets yoki Matichni eslatib yuboradi.

Ele o'zining to'g'ridan-to'g'ri raqib hujumini buzish majburiyatlaridan tashqari, hujumda ham o'zini yaxshi ko'rsatadi. U ajoyib texnika va zarbaga ega, aqlli o'ylashi orqali esa pleymeykerlikni ham yomon uddalamaydi. Sxiri kerak bo'lganda mudofaa markazida ham o'ynashi mumkin. Oddiy qilib aytganda, bunday futbolchini hech bir jamoa rad etmagan bo'lardi.




Vaxbi Xazri – Tunis futbolining tirik afsonasi.



Xazri Tunis terma jamoasining asosiy hujumchisi hisoblanadi.

24ta gol uni "burgutlar" tarixidagi eng yaxshi ikkinchi to'purarga aylantirmoqda.

Vaxbi – odatiy forvard emas. U faol tarzda to'psiz ham harakat qiladi. Uni maydon markazida va o'z darvozasiga yaqin joyda ko'rishingiz ham mumkin. Xazrida ajoyib dribling bor va o'zining qatiyati bilan ajralib turadi, bu esa uni 10 yildan beri Franciyaning Liga 1ida talabgir qiladi.

Xazrining 70 mertdan urgan golini ko'rdingizmi?




Yussef Msakni – almashtirib bo'lmas universal.



Yussey terma jamoada 85ta o'yin o'tkazgan va 17ta gol urgan.

31 yoshli vinger deyarli butun faoliyatini Qatarda o'tkazgan va bu uning Evropada kerak emasligidan emas, shunchaki Msaknining hayot maqsadlari shunday. Yussef terma jamoada allaqachon tirik afsona bo'lib ulurgan va fidoyilikka kelsak, unga savollar yo'q.

Msakni ko'proq chap qanotda o'ynaydi, ammo hujum ortidagi markaziy hududda yoki o'tkir hujumda ham o'ynashi mumkin. U ajoyib dribling va texnikaga ega, futbolchi ushbu jihatidan foydalangan holda markaziy hududga o'tadi va zarbalar beradi.





Kuchli va zaif tomonlari


Kuchli tomonlari: texnik jihatdan kuchli o'yinchilar, kuchli qanotlar

Zaif tomonlari: pozicion o'yin, boshqaruvchining yo'qligi, maydon markazi


Tunisda ko'plab individual jihatdan kuchli futbolchilar bor: ularning har biri raqibni aldab o'ta oladi, barchasi to'p bilan yaxshi muomala qiladi. Malum lahzalarda bu asosiy rol o'ynashi va raqibga qarshi katta ustunlik berishi mumkin. Masalan, Avstraliyada bunday futbolchilar juda ham etishmaydi.

Sifatli qanotlar – bu ham Tunisga taaluqli. Bu jamoada jahon darajasidagi o'yinchilar yo'q, ammo Evropaning top-ligalaridagi o'yin tajribasiga ega yaxshi darajadagi futbolchilar bor.

Pozicion o'yin – Tunis termasining muammolaridan biri. Mudofaada ham, hujumda ham. Himoyachilar tez-tez o'z poziciyalarini yo'qotishadi, bu esa o'z darvozasi oldida xavfli vaziyatlarni yuzaga keltiradi. Hujumda esa bir kichikroq hududda "burgutlar"ning ko'pgina o'yinchilari yig'ilib turganini ko'rish mumkin.

Markaziy chizig'da ham muammolar bor. Tunisda yaxshi tayanch yarim himoyachilari bor, ammo o'zlarining Toni Krooslari yo'q. Hech kim hujum vektorini yo'naltirmaydi. Bu esa hujumdagi zaif pozicion o'yinning eng asosiy sabablaridan.

Umuman, Tunis ayni damda eng kam o'rganilgan terma jamoalardan biri. Hatto JCHga chiqish ham tasodif bo'lgandek tuyuladi. Mali o'tish o'yinlarida Tunisni maydonda to'liq mag'lub etdi, ammo tabloda emas. Mayli, barchasini Qatarda ko'rib olamiz.


Alisher Ostonov

Muallif : Alisher
Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика