So’nggi yangiliklar

00:53Париж-2024. Япония ва Ироқ ўз учрашувларида ғалаба қозонишди  3 00:50Хосе Венансио Лопес: "Бизга барқарорлик етишмаяпти. Ушбу муаммога имкон қадар тезроқ ечим топишимиз керак"  0 00:26Расман: Саидазамат Мирсаидов - “Навбаҳор” футболчиси!  1 23:53Тимур Кападзе: "Жамоа ўйинидан қониқдим. Рақибимиз дунёнинг энг кучли жамоаларидан бири эди"  13 23:34Расман: Санжар Қувватов "Навбаҳор" билан шартнома имзолади  1 23:17"Ҳаётим давомида бунақа циркни кўрмаганман" – Хавьер Маскерано  15 23:10Париж-2024. Аргентина - Марокаш 1:2, Аргентинанинг сўнги дақиқада урган голи ҳисобга олинмади  1 23:03Расман: Сардор Рашидов – "Навбаҳор" футболчиси!  16 22:50Париж-2024. Ўзбекистон - Испания 1:2, Шомуродов тарихий гол урди, Нематов пенальтини қайтарди  4 22:40Қандай қилиб?! Аргентинанинг 90+16-дақиқа урган голи икки соат ўтиб бекор қилинди. Марокаш ғалаба қозонди!  18 22:14Париж-2024. Миср ва Доминикан ўртасидаги ўйинда Ўзбекистон учун қулай ҳисоб қайд этилди  8 22:05"Mirabror Usmanov Cup-2024". Муросасиз кечган финалда Ўзбекистон Гватемалани мағлуб этди ва мусобақа ғолибига айланди  4 21:43Расман: "Насаф" грузиялик легионери билан шартномани бекор қилди  8 21:06Элдор Шомуродов: "Испанияни мағлуб эта олмаган бўлсак ҳам, ёмон ўйнамадик"  50 21:03Абдувоҳид Неъматов: "Жамоамиз очко олишида ўз ҳиссамни қўшмоқчи эдим, аммо бу насиб қилмади"  33

Mundial 2022. Kamerun! Yangiliklar

Mundial 2022. Kamerun!

Kamerun!


Taxallusi – "engilmas sherlar"

FIFA reytingida 43-o'rin.

Jahon chempionatiga sakkizinchi marta boradi (1982, 1990, 1994, 1998, 2002, 2010, 2014, 2022).


G guruhi. Raqiblar: Braziliya, Serbiya, SHveycariya.

1-tur, 24 noyabr. SHveycariya — Kamerun

2-tur, 28 noyabr. Kamerun — Serbiya

3-tur, 2 dekabr. Kamerun — Braziliya


Muvaffaqiyatlar


Kamerun – Afrika terma jamoalari orasida JCHga borish bo'yicha rekordchi.

"Engilmas sherlar"ning eng yaxshi natijasi – Italiyadagi JCH-1990da chorak final.



Kamerunning guruhdagi raqiblari o'sha paytda Ruminiya, Argentina va Sovet Ittifoqi bo'lgan.

Turnirni amaldagi Jahon chempionlari bo'lmish Argentinaga qarshi boshlashga to'g'ri keldi.

Va birdan sensaciya ro'y berdi: Maradona va Koning muvaffaqiyatsiz o'yinlari kamerunliklarning muvaffaqiyatiga olib keldi. Omam-Biyik o'yindagi yagona golni urdi – bunga Janubiy Amerika termasi darvozaboni Pumpidoning qo'pol xatosi sabab bo'ldi. Kamerun o'yin davomida ikkita qizil kartochka oldi, bu esa g'alabani yanada qadrliroq qiladi.




Afrikaliklar ikkinchi turda ruminiyaliklar bilan uchrashishdi, g'alaba pley-offga yo'llanmani kafolatlar edi.

Afsonaviy Roje Millaning maydonga chiqadigan payti keldi.

38 yoshli hujumchi dubl qayd etdi, George Xadji boshchiligadigi raqib esa bitta gol bilan javob bera oldi xolos.




SHunday qilib, Kamerun guruhdan ikkinchi turdanoq chiqdi.

"Engilmas sherlar" uchun guruhdagi so'nggi o'yin bunga qadar ikki bahsni ham boy bergan SSSRga qarshi bo'ldi. Kamerun o'zi uchun juda ham muhim bo'lmagan o'yinda 0:4 hisobda mag'lub bo'ldi. Bu umuman afrikaliklarga guruhda birinchi o'rinni olishga halaqit bermadi, ammo ruhiyatga pley-off oldidan tasir ko'rsatishi mumkin edi.




Kamerun 1/8 finalda ushbu bosqichning yana bir debyutanti bilan to'qnashdi – Kolumbiya.

Karlos Valderrama va Freddi Rinkonlarga ega kolumbiyaliklar qiyinchilik bilan pley-offga chiqishdi, aniqrog'i jamoa uchinchi o'rinni egallagan eng yaxshi to'rt jamoadan biri bo'ldi. SHunday ekan, bu o'yinda Kamerun favorit edi.

Janubiy amerikaliklar agressiv va keskin o'ynashdi, Kamerun esa mudofaaga etiborini qaratdi.

Asosiy vaqtda g'olibni aniqlashning imkoni bo'lmadi va o'yin overtaymga qadar bordi, bunda esa sahnaga yana Roje Milla chiqdi. "Qariya" yana dubl qayd etdi, raqib esa bitta gol bilan javob qaytardi. Kamerun yana chorak finalda. Hech bir Afrika jamoasi bungacha etib kelmagandi.




"SHerlar"ga boshqa "sherlar" to'qnash keldi – Angliya.

Angliyaliklar Devid Plattning harakatlari bilan 25-daqiqada hisobni ochishdi. Kamerunliklar ikkinchi taym boshida Emmanuel Kundening penaltidan urgan goli bilan javob qaytarishdi. Afrikaliklar 65-daqiqaga kelib umuman oldinga chiqib olishdi – gol muallifi Ejen Ekeke. Kamerun endi g'alabani qo'ldan chiqarmaydigandek ko'rindi, ammo taqdir yana penaltini ro'baro keltirdi, faqat boshqa tomonga. Gari Lineker hisobni tenglashtirdi.

Yana overtaym. Yana penalti. Yana Lineker. 3:2 – Angliya keyingi bosqichga penaltilar evaziga o'tdi.




Kamerun ortiq JCHda guruhdan chiqmadi.


Murabbiy va o'yin uslubi


Rigober Song – jamoaning JCH-2022dagi murabbiyi.



"Buyuk yomg'ir" – kamerunning kamtargina taxallusi.

Rigober murabbiy sifatida o'z faoliyatining boshida turibdi. U allaqachon Kamuren olimpiya terma jamoasi ustozi rolini bajargan, shuningdek 2018 yilda terma jamoada vaqtinchalik bosh murabbiy bo'lgan.

2022 yilning 1 martida Songni Kamerun terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlashdi, JCH oldidan huddi Ganada bo'lgani kabi.

Qayd etish kerakki, Song Kamerun terma jamoasi futbolchisi sifatida katta muvaffaqiyatlarga erishgan. U to'rtta JCHda ishtirok etgan – har qaysi vatandoshidan ko'proq.

Rigober Song milliy jamoada o'yin o'tkazish soni bo'yicha rekordchi (137).

O'yin sxemasi: 4-4-2 (tayanch yarim himoyachilari bilan).



O'yin uslubi – yuqori mudofaa, uzoqdan to'pni tashlab berish, qochib ketish.

Jamoa ko'p to'pni yuqoridan yo'naltiradi yoki vaziyatga qarab harakatlanadi. Jamoa aniqrog'i to'pni Leandr Tavambaga ko'p marta yuqoridan o'tkazishga harakat qiladi. Ammo, qayd etish kerakki, kamerunliklar Burundiga qarshi o'yinda kombinacion o'ynashga harakat qilishdi, devor uslubida qochishga urinishdi va ko'p pasdan harakat qilishdi. Ammo, shu narsalar Jazoirga qarshi o'yinda bo'lmagani achinarli.

Mudofaada ko'rinib turganidek himoya chizig'ining oldinida o'ynash.



Ikki himoyachining issiqlik xaritasidagi harakatlari aks etgan – ko'proq tayanch xavbeklariga o'xshashadi, to'g'rimi?



Terma jamoa etakchilari


Andre-Frank Zambo-Angissa – raqib hujumlarini to'xtatib qoluvchi asosiy kuch.



26 yoshli "Napoli" tayanch yarim himoyachisi anchadan beri ko'pchilikning tilida. Andre Italiyaga kelishdan oldin "Vilyarreal", "Fulxem" va "Marsel"da o'ynashga ulgurdi.

Zambo-Angissa buzishdan tashqari qurishni ham biladi. U universal – texikali, hujumni rivojlantirishda yaxshi o'ynaydi, yaxshi uzoqdan zarba bera oladi.

Transfermarkt Andreni 30 million evroga baholamoqda va bu uni eng qimmat kamerunlik o'yinchiga aylantiradi.

Kamerunlik terma jamoada 42ta o'yinda 5ta gol urdi. Quyidagi videoda ulardan birini ko'rishingiz mumkin.




Karl Toko-Ekambi – shveycar soati kabi ishonchli.



Toko-Ekambi Kamerun terma jamoasining asosiy kuchlaridan biri hisoblanadi.

"Lion" chap qanot vingeri termada 50ta o'yinda 12ta gol urishga erishgan.

Unda oldindan aytib bo'lmas qiziqarli "afrikancha" texnika bor. Uning Jazoirga urgan goli Qatarga yo'llanmani taqdim etdi.




Vensan Abubakar – bosh to'purar va sardor.



30 yoshli o'yinchi Kamerun termasida 87ta o'yin o'tkazdi.

33ta gol uni hozirgi o'yinchilar orasida jamoaning eng yaxshi to'purari qilib turibdi, sardorlik bog'ichi esa tajriba va Abubakarning sheriklariga tasirini ifodalaydi.

Abubakar – kuchli, texnikali va qattiq forvard. O'zida hujum va gapdani uyg'unlashtiradigan o'yinchilardan. Uning SHupo-Moting bilan juftligi kamerunliklarga ko'plab foyda, raqiblarga esa bosh og'rig'ini olib kelgan.




Kamerunda yana bir necha nafar munosib o'yinchilar bor. Barchasini aytmoqchi emasmiz, ammo Andre Onana, Briana Mbemo va Erik-Maksim SHupo-Motingni qayd etish mumkin.


Kuchli va zaif tomonlari


Kuchli tomonlari: jismoniy tayyorgarlik, havodagi kurash, psixologiya.

Zaif tomonlari: pozicion hujum, pleymeykerning yo'qligi, murabbiylik poziciyasi.


Jismoniy holat bo'yicha barchasi oddiy – jamoa juda ham kuchli va tezkor. Kamerunliklar Jazoir bilan 120 daqiqalik o'yinni bitta nafasda o'tkazishdi.

Ikkinchi qavatda ham juda kuchli jamoa. Statistikaga qaraydigan bo'lsak, Kamerun deyarli uchdan bir golini bosh bilan uradi. Bundan tashqari, Abubakar – SHupo-Moting juftligi ko'plab vaziyatlarni yaratishadi.

Kamerunda psixologik jihatdan yaxshi jamoa bor.

Jazoir bilan o'yinda raqib hisobda oldinga chiqqan payt, "engilmas sherlar" juda ham agressiv futbolga o'tishdi. Deyarli butun jamoa qarshi hujumni qabul qilib olish xavfini rad etib, raqib yarim maydonida o'ynadi. Kamerunliklar javob o'yinida xotirjam o'ynashdi, ammo ikkinchi golni urish kerak bo'lgan paytda, o'zgarib, Jazoirga bosim qilishning uddasidan chiqishdi. G'alaba goli esa final hushtagiga bir necha soniya qolganda urildi.

Pozicion hujum Kamerunda deyarli yo'q bo'lgan narsa. Hujumning chap qanotidan oldinga o'tishga harakat bor-ku, ammo umumiy kartina ko'rinmayapti. Balki, asosiy muammo maydon markazidagi kreativ pleymeykerning yo'qligidadir. Kamerun bilan 4-2-2-2da ishlaydigan 4-4-2 sxemasi ikki tayanch xavbeki va hujumchilar ortida vingerlarni ko'zda tutadi.

Murabbiyga kelsak, hozircha uni baholash qiyin. Song katta murabbiylik tajribasiga ega emas, uning g'oyasi va o'yin modelini hali kuzatish kreak.


Alisher Ostonov tarjimasi

Muallif : Alisher
Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика