So’nggi yangiliklar

03:00Вадим Абрамов: "Агар ўйин натижасини биринчи бўлимдаёқ ҳал қилиб қўйганимизда бундай савол бермаган бўлардингиз"  0 00:26Манише Феликс ҳақида: "Футбол лойиҳаси бўлиб қолди. Шундай клубларда имкониятлар, аммо у ишлашни хоҳламайди"  0 00:06"Интер" ва Нкункунинг агентлари трансфер шартларини муҳокама қилишмоқда  0 23:41Иван Бошкович: "Бугун нимадир ўхшамади"  0 23:14Суперлига. Пенальтидан тўп киритилмаган ва гол ҳисобга олинмаган ўйинда "Динамо" "Навбаҳор" билан жанговар дурангга имзо чекди  110 23:05Рўзиқул Бердиев: "Қарши ҳужум режасини туздик ва бу ўз мевасини берди"  8 22:50Виталий Левченко: "Катта устунликка эришиб якунда мағлуб бўлиш жуда аламли"  12 22:17Илёс Зейтуллаев: "Стадиондаги муҳит учун мухлисларга раҳмат айтаман"  4 22:00Суперлига. "Сўғдиёна" иккита гол урган ўйинда "Насаф" ғалаба қозонди  34 21:43Таҳлил. Бугун Фарғонада "Нефтчи" эмас Левченко ютқазди, Зейтуллаевга 5 баҳо  16 21:39"Челси" форварди АПЛнинг бошқа клубига ўтишга яқин  1 20:56Суперлига. "Бунёдкор" Фарғонада "Нефтчи"ни мағлуб этди  76 20:20"Барселона" Рэшфордни рўйхатдан ўтказиш учун кимни сотиши мумкинлиги маълум бўлди  13 19:31Нуньес эндиликда "Милан"нинг ҳужумчи позицияси учун асосий номзодидир  1 18:50Расман: Рамсдейл янги клуб билан шартнома имзолади  0

Muhammdanas Hasanov: "Qo'qon-1912"dan ketish oson bo'lgani yo'q" Yangiliklar

Muhammdanas Hasanov: "Qo'qon-1912"dan ketish oson bo'lgani yo'q"

Avval xabar berganimizdek, “Qo'qon-1912”ning etakchisiga aylanib ulgurgan Muhammadanas Hasanov yaqinda Toshkentning “Lokomotiv” klubiga ko'chib o'tdi.

CHap qanot vingeri o'tgan mavsum ancha faollik ko'rsatib, ko'pchilikning etiborini o'ziga tortdi deyish mumkin. SHu boois erkin agentga aylangan Hasanovga haridorlar ko'payib ketdi. 25 yoshli futbolchi yakunda “Lokomotiv” variantini tanladi. SHu munosabat bilan Muhammadanas bilan bog'lanib, yangi jamoaga o'tishi va ortda qolgan mavsum bo'yicha bir nechta savollarga javob oldik. 


- “Qo'qon-1912” klubi tarbiyalanuvchisi xisoblanasiz. Bu jamoani tark etish qiyin bo'lgandir?

- SHubhasiz, o'zim tug'ilib o'sgan shahar jamoasidan ketish oson kechgani yo'q. Boz ustiga katta futbolga aynan “Qo'qon-1912” jamoasida kirib kelganman. Bir-biridan ajoyib mavsumlarni o'tkazdim. Futbolchi sifatida shakllandim. SHunday ekan, qadrdon jamoamni tark etish qiyin bo'ldi. Lekin bu – futbol. Bilasiz unda bazida shunday o'zgarishlar ham bo'lib turadi. 

- "Lokomotiv"ning taklifi nimasi bilan ko'proq sizni o'ziga tortdi?

- Sir emaski, “Lokomotiv” mamlakatimizda o'z o'rniga ega bo'lgan grand jamoalardan biridir. Klub doim o'z oldiga maksimal vazifalarni qo'yib kelgan. SHu sababli ham oldimda turgan variantlar orasida “temiryo'lchilar”ning taklifi men uchun qiziqarli tuyuldi.  

- Ortda qolgan mavsum siz uchun 5 balli tizimda, nechchi ballga tortadi?

- Ochig'i bu savolingizni izohsiz qoldirgan bo'lardim. Yaxshisi bunga muxlislar va mutaxassislar javob bera qolsin.

- Yangi jamoada sizni jiddiy raqobat kutib turibdi. Bosh murabbiy bilan shaxsan gaplashdingizmi?

- Raqobat bor joyda o'sish bo'ladi deb bejizga aytishmaydi. SHunday ekan raqobatdan qo'rqmayman. Murabbiy mendan nima xohlayotgan bo'lsa, shuni amalda bajarish va shu orqali jamoaga foyda keltirishni o'ylayman. Albatta, Denis Korostichenko bilan uchrashib, suhbatlashdik. Asosiysi murabbiyning ishonchi yuqori. 

- Jamoa oldiga qanday vazifa qo'yilmoqda?

- “Loko”da har doim maqsad va vazifa o'zgarmaydi. SHu jumladan bu yil ham medallar uchun kurashamiz. 

- O'tgan mavsum jamoangiz uchun bir nechta foydali gollar urdingiz. SHulardan qaysi birini alohida ajratib ko'rsatgan bo'lardingiz?

- Futbolchi uchun uning har bir goli muhim ahamiyat kasb etadi. To'g'risi, qaysidir urgan golimni alohida ajratib ko'rsatishim qiyin. Urgan gollarim jamoamga foyda keltirsa bundan juda-juda xursan bo'laman.  

- 2022 yilda o'z oldingizga qanday shaxsiy maqsadlarni qo'ygansiz? 

- Eng avvalo, tezroq yangi jamoamga moslashib ketib, bildirilgan ishonchni oqlashni maqsad qilganman. Qolaversa “Lokomotiv” bilan sovrinlarni yutishni istayman.

- Suhbatimiz yakunida qo'qonlik muxlislarga nima degan bo'lardingiz?

- Albatta, “Qo'qon-1912” rahbariyati, murabbiylar shtabi va muxlislarga o'z minnatdorchiligimni bildiraman. Ishqibozlarning qo'llab-quvvatlashlarini doimo sog'inib qolaman. Barchasi uchun rahmat yana bir bor.





Reyting: -3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика