So’nggi yangiliklar

18:50Ўзбекистон Озарбайжон билан биргаликда Жаҳон чемпионатига мезбонлик қилади!  4 18:36"Арсенал" Сакага ҳафтасига 322 000 евро тўлашга тайёр  0 18:08Жиру: "Европа Лигаси биз учун жуда муҳим"  0 17:40Ла Лига "Атлетико" – "Реал" учрашувида янграган ҳақоратомуз сўзларни қоралади  0 17:12Артета: "Дарвозани дахлсиз сақлаганимиздан жуда хурсандмиз"  0 16:44Расман: Шукуров БАА клубига ўтди  8 16:14Конте: "Захирадан тушганлар ўйинни кучайтирди"  2 16:08Каннаваро тайинлови: пиарми ёки стратегик қарор?  33 15:45Гвардиола: "90 дақиқа Родри учун оғир синов бўларди"  0 15:19Элит ОЧЛ. 2-тур якунлари  0 14:58Де Йонг: "ПСЖ иккинчи бўлимда "Барселона"дан кучлироқ эди"  1 14:30Манба: Каннаваро Уругвайга қарши ўйинда Ўзбекистон терма жамоасида дебют қилиши мумкин  61 14:14ЖЧ-2026 финалига энг қиммат чипталар 6730, энг арзони эса 2030 доллар туради. Гуруҳ босқичи учун нархлар ҳам маълум  1 13:45"Рома" ҳужумчисига янги шартнома тайёрламоқда  1 13:17"Манчестер Юнайтед" Роналдунинг "Ал Насср" жамоасига қарши ўйнамоқчи  3

Muhammad Keshavarz: “Eron terma jamoasi Osiyoda eng kuchli hisoblanadi” Yangiliklar

Muhammad Keshavarz: “Eron terma jamoasi Osiyoda eng kuchli hisoblanadi”

Bugun Osiyo chempionati yarim final bahsida Eron va Vetnam terma jamoalari maydonga chiqishadi.

Biz Eron terma jamoasi sardori Muhammad Keshavarz bilan uchrashib undan bugungi o'yindan oldin intervyu oldik.

-  Avvalambor JCH yo'llanmasini qo'lga kiritkaninglar bilan tabriklayman. Pley – off bosqichida Qirg'iziston terma jamoasini yirik (7:0) hisobida mag'lub etdinglar. Ushbu o'yin haqida nima deya olasiz?
-  Qirg'iziston bilan bo'lib o'tkan o'yin juda yaxshi o'tdi. Ushbu o'yinda biz qirg'izistonlik futzalchilardan ancha ustun edik. Biz ularni engishga haqli edik. O'yin davomida biz ulardan har tomonlama ustunlik qildik.

-  Bugun Vetnam terma jamoasiga qarshi maydonga chiqasizlar. Bugungi raqibga qarshi qanday tayorgarlik ko'rdinglar?

-  Eron terma jamoasi Osiyoda eng kuchli hisoblanadi. Agar bugun Vetnam terma jamoasi ustidan g'alaba qozonsak finalga chiqamiz. Terma jamoamiz jahonda ham o'z o'rniga ega. Biz Vetnam terma jamoasining o'yinlarini ko'rib ularni o'rganib chiqdik. Eron terma jamoasi barcha jamoalarga xurmat ko'zi bilan qaraydi. SHu bilan birga musobaqani yuqori darajada o'tkazyapmiz.

-  Pley – off bosqichida Yaponiya terma jamoasi Vetnamga penaltilar seriyasida mag'lub bo'ldi. Ushbu o'yin haqida qanday fikr bildirasiz?
-  Yaponiya terma jamoasiga g'alaba qozonishga bo'lgan ishtiyoq etishmadi. Futzalning chiroyliligi shundaki o'yindan oldin natijani aytib bo'lmaydi. Vetnam terma jamoasi ham juda ajoyib o'yin ko'rsatdi.

-  O'zbekiston hamda Tailand terma jamoalari o'yini borasida nima deysiz?
-  Ikkala terma jamoa ham kuchli. Juda ham qiziqarli o'yin guvohi bo'lamiz deb o'ylayman. Bugungi o'yinda O'zbekiston terma jamoasiga omad tilayman. Bizga ko'rsatayotgan hizmatlari uchun o'zbek halqiga minnatdorchilik bildraman.  

Jahongir Sotvoldiev suhbatlashdi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика