So’nggi yangiliklar

14:56Беллингемнинг "Ливерпул"даги дўсти кейинги йил "Реал"га ўтади  1 14:22"Фиорентина" ярим ҳимоячи Андреа Колпанини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 13:58"Бавария" уч нафар футболчиси билан хайрлашишга тайёр  1 13:37Ла Лига энг кўп маош олувчи футболчилар ТОП-10 — рўйхатда "Атлетико"дан битта футболчи бор  0 12:53"Бавария" ва "Ювентус" Англия термаси марказий ҳимоячисини ўз сафига қўшиб олмоқчи   0 12:32Миллатлар Лигаси доирасидаги баҳсда Бельгия Исроилни Венгрияда қабул қилади  3 11:56"Интер" "Зенит" ҳимоячисига қизиқиш билдирмоқда  0 11:27Mirabror Usmanov Cup-2024. Ўзбекистон бугун Қирғиз Республикасига қарши кураш олиб боради  2 10:53МЮдан навбатдаги юриш. Инглизлар 90 миллион евролик трансферни амалга оширишга тайёр  10 10:25«Барселона» Дани Ольмо бўйича музокараларни бошлади. Каталонияликлар қанча таклиф қилгани маълум  11 09:57«Атлетико» икки нафар Европа чемпионлари билан шартнома тузмоқчи  0 09:28Месси ХХI асрнинг энг яхши спортчилар рейтингининг ТОП-3лигидан жой олди. Роналду эса…  28 09:00Слот «Ливерпуль» бошқарувидаги дебют ўйнида Чемпионшип вакилига мағлуб бўлди  2 08:31«Пахтакор»нинг яна бир футболчиси «Металлург»га ижарага берилди  2 08:05АПЛ. Ким энг кўп ойлик олади?  1

Moziyga qaytib... Futbol mafiyasining boshlanishi Yangiliklar

Moziyga qaytib... Futbol mafiyasining boshlanishi

Teglar :  Moziyga qaytib
“Moziyga qaytib...” ruknining avvalgi sonida “Yosh leninchi” gazetasida chop etilgan “O'yindan tashqari holat” maqolasi berilib, unda O'zbekiston Davlat sport qo'mitasi kollegiyasi Birodar Abduraimovni “Paxtakor” bosh murabbiyligidan olib, uning o'rniga ukrainalik Viktor Nosovni tayinlangani haqida hikoya qilingan edi.

Taniqli sport sharhlovchisi Axbor Imomxo'jaev o'zining “Futbol – quvonchim, dardim, faxrim” kitobida Nosov bilan bir jamoada ishlagani va “SHaxtyor” bilan 2 bor SSSR Kubogini qo'lga kiritgan, endi “Paxtakor”ni oliy ligaga olib chiqish uchun intilayotgan bosh murabbiyni O'zbekistondan ketgazish uchun mafiya usulidan foydalangani haqida eslab o'tadi...

“PAXTAKOR-89”

1989 yil boshida meni «Paxtakor» masterlar futbol komandasi boshlig'i vazifasiga taklif etishganida, ochig'ini aytish kerakki, biroz shoshib qoldim. Garchand, maktab va institutda o'qituvchilik, jismoniy tarbiya instituti komandasiga trenerlik, «Paxtakor» Markaziy kengashi futbol bo'limiga rahbarlik vazifalarida ishlab kelgan bo'lsam ham, mamlakatning eng kuchli jamoasiga boshliq bo'lish etti uxlab tushimga ham kirmagan edi. Oila azolarim hamda o'zimga yaqin bo'lgan mutaxassislar bilan maslahat- lashgach, yangi vazifaga o'tishga rozilik berdim. Buning uchun shuncha yil mehnat qilgan televidenie ko'rsatuvlaridan va futbol reportajlaridan vaqtinchalik voz kechishga to'g'ri keldi.

Yangi tayinlangan bosh trener Viktor Nosov bilan dastlabki uchranguvimiz «Toshkent» mehmonxonasida bo'ldi. Unda trenerlardan To'lagan Isoqov va Viktor Borisov, ilmiy ishlar bo'yicha trener Asqar Tolibjonov, mamur Mixail Vartazarov ham ishtirok etishdi. Jamoaning hozirgi holati, komanda tarkibi masalasi, respublikadagi istedodli o'yinchnlar, sport bazasi va turli xil muammolar haqidagish qiziqarli suhbatimiz yarim tungacha davom etdi.

Doneck shahrining «SHaxtyor» komandasida uzoq yillar mobaynida samarali ish olib borgan Viktor Nosovning ishga professional tarzda yondoshishi, nihoyatda talabchanligi, har qanday komanda o'yinchilariga ustozlik qila olish qobiliyati barchamizda yaxshi taassurot qoldirdi. Bu istedodli murabbiy o'z vaqtida nohaqlik «samarasi»ni tatib ko'rgan trenerlardan biridir. Malumki, «SHaxtyor» futbolchilari sobiq SSSR Kubogi uchrashuvlari bo'yicha katta zafarlarni qo'lga kiritgan edilar. Doneck shahri komandasi azolari Hindistonda o'tkaziladigan Javoxarlal Neru xalqaro turniri uchrashuvlarida ishtirok etib, barcha o'yinlarni ko'tarinki ruhda o'tkazdilar va bosh sovrinni qo'lga kiritdilar. O'sha zahoti Doneck viloyati partiya qo'mitasidan tabrik shoshilinchnomasi olindi. Komanda azolari katta quvonch bilan Doneckka kelib samolyotdan tushishlari bilan, ularga Viktor Nosov o'rniga Oleg Bazilevich bosh trener etib tayinlanganligini malum qilishdi...
Tez kunda barchamiz ishga kirishib ketdik, temiryulchilar madaniyat saroyida charm to'p muxlislarining «Paxtakor» komandasi faxriylari bilan uchrashuvi tashkil etildi. Akmal Azizxo'jaev, Axrol Inoyatov, Ravshan Yunusov, Anvar Rashidov va boshqa faxriylar muxlislar savollariga javob berishdi. Bu erda tashkil etilgan foto ko'rgazmalar orasida Mirjalol Qosimovga bag'ishlanganini g'olib deb topildi.

Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan bolalar jamg'armasiga 5000 so'm o'tkazildi, 29- bolalar uyi tarbiyalanuvchilari uchun 1204 so'mlik sport kiyim-kechaklari olib berildi. «Paxtakor-79» oila azolariga 500 so'mdan yordam puli berilib, ularning farzandlariga bittadan futbol to'pi sovg'a qilindi. Jahonning eng mashhur darvozabonlaridan biri Lev Yashin tavallud topgan kunning 60 yilligiga bag'ishlab Toshkent chinni zavodida katta vaza tayyorlandi, komanda azolari uchun «Qibray» sport bazasida kitob savdosi tashkil etildi.

Har bir sport turida bo'lgani kabi, komanda vakillarining o'qishi masalasi jamoa rahbarlarining diqqat markazida turdi. Bu sohada ham paxtakorchi- talabalarga katga yordam berildi. Sergey Kovshov va Gennadiy Rotkovich O'zbekiston Davlat jismoniy tarbiya institutiga, Asad Do'rmonov Termiz pedagogika institutiga tiklandi. «Qibray» sport bazasida jismoniy tarbiya instituti o'qituvchilari hamda komanda talabalari o'rtasida turli xil mavzularda suhbatlar uyushtirilib, keyinchalik uning ishtirokchilari uchrashuvni ko'm-ko'k maydondagi mini-futbol uyinda davom ettirishga ahd qildilar. Muxlislar etiboriga komandalar tarkibini eslatib o'tmohchimiz: «Paxtakor» — Marat Kabaev, Aleksandr Kojuxov, Ulug'bek Ro'zimov, Maqsud Irisbekov, Vadim Abramov (mamur), O'zbekiston Davlat jismoniy tarbiya instituti — Abduhamid Hamrohulov (rektor), To'lqin Yunusov (dekan), Ashirbek Abdusattorov, Asqar Tolibjonov, Axbor Imomxo'jaev. Garchand o'qituvchilar jamoasi 2:0 xisobida oldinda borayotgan bo'lsa ham (chunki maydon egalari o'yinni raqibni biroz mensimasdan boshlagan edilar), paxtakorchilar tezda o'zlariga kelib birin-ketin to'rtta to'p kiritishga sazovor bo'ldilar.

Viktor Nosov oilasi Jeleznovodsk, Aleksandr Yanovskiy oilasi Anapa, Mustafo Belyalov oilasi «Oqtosh» sanatoriysida dam oldi. CHempionat uyinlaridagi tanaffus davrida komanda azolari oila azolari bilan birgalikda Sochida dam olib qaytishdi. Mavsum davomida komanda azolari uchun ettita «Oka» muzlatgichi, o'n bitta «CHayka» tikuv mashinasi, o'n to'rtta «Ciklon» changyutgichi, o'n ettita «Feya» kir yuvish mashinasi, o'ttiz beshta «Bug'u» chinni servizi, CHexoslovakiyada ishlab chiharilgan bepgta oshxona me- beli, ikkita «Tapaz» yashash xonasi mebeli (Polsha), to'rtta «Zina» yotish xonasi mebeli olindi. «Qibray» sport bazasida «Parvoz», «Zenit», «Feruza» do'konlari maxsulotlarini sotish tadbirlari o'tkazildi.

Paxtakorchilardan ikki kishi GAZ-31, uch kishi «Moskvich»-21412 engil mashinalarga ega bo'ldilar, uch kishi yangi xonadonlarga ko'chib o'tdi, uch kishi xonadonlariga telefonlar o'rnatildi.
O'sha davrlarda SHahrisabzning «Hisor» komandasi o'yinchilari aka-uka SHayaxmetovlar muxlislar etiborini qozona boshlagan edilar. Bu borada ayniqsa Talatning mahorati kun sayin o'sib borardi, u maydonning har erida bemalol o'ynay olar, birdaniga bir necha himoyachilarni aldab o'tar, jismonan anchagina pishiq va eng asosiysi, ikkala oyog'ida kuchli va aniq zarbalar bera olardi. Bu istedodli uyinchi haqida Viktor Nosovga xabar berdik, u esa Talatning o'yinini kurish uchun To'lagan Isoqov va meni safarga jo'natdi. Malum muddatdan so'ng, «Norin» va «Hisor» komandalari uchrashuvini tamosha qilish uchun Namangan viloyatining Haqqulobod shahriga bordik. Uchrashuv qiziqarli o'gib, 2:2 hisobida yakunlandi, mehmonlardan ikkala to'p muallifi Talat bo'ldi. U maydonda harakat qilgan 22 o'yinchi orasida o'zining tezkorligi, sheriklariga aniq to'p oshiri- shi, har qanday vaziyatdan darvozani mo'ljalga olish kabi qobiliyati bilan ajralib turardi. Keyinchalik men Guliston shahriga borib maydon egalarining «Hisor» komandasi bilan uchrashuvini kuzatdim. Bu safar ham hisob durang bo'ldi 3:3. Talat yana ikki to'p kiritib, uchrashuvning eng yaxshi o'yinchisiga mo'ljallangan sovrinni oldi. Tez orada bu tezkor hujumchi «Paxtakor» tarkibiga qo'shildi.

Mamlakat kubogi uchun «Kosonsoychi» - «Paxtakor» (1:4) uchrashuvidan so'ng, yana bir hujumchi Zamir Selimov ham «Paxtakor»ga taklif etildi. Komanda o'yinchilaridan Gennadiy Rotkovich hamda Andrey Miklyaevlarning nikoh to'ylari katta tantana bilan o'tkazildi.

«Paxtakor» komandasi SSSR Kubogining birinchi liga jamoalari uchun ilk marta tasis etilgan sovrini o'yinlarini muvaffaqiyat bilan o'gkazdi, ikki yil mobaynida ikki marotaba bu etiborli musobaqalarda g'olib chiqib bosh sovrinni qo'lga kiritdi. 14 o'yinchi sport ustasi unvonlariga sazovor bo'lishdi.

Yuqorida bayon etilgan fikrlardan bazi futbol muxlislari «Paxtakor» komandasida barcha shart-sharoitlar mavjud bo'lib, hech qanday muammolar yo'q ekan deb o'ylashlari aniq. Bazilari esa bu jamoa uchun barcha narsalar xamirdan qil sug'urganday tez bitadi deb o'ylashlari mumkin. Aslo unday emas.

Mavsum boshlanishi arafasida jamoa rahbarlari O'zbekiston Kompartiyasi Markaziy Qo'mitasida qabul qilindilar. Unda Viktor Nosov, To'lagan Isoqov, Viktor Borisov, Asqar Tolibjonov, Gennadiy Denisov, mamlakat sport qo'mitasi raisi Aleksandr Antonec va men ishtirok etdik. Rahbarlar «Paxtakor»ga yangi mavsumda omad tilashdi, barcha muammolarni hal etishga vada berishdi. Lekin berilgan vadalar qog'ozlarda qolib ketdi.

Avgust oyiga kelib, yashash sharoitlari hamon muammo bulib qolayotganligi sababli, paxtakorchilarning respublika va shahar rahbariyati bilan uchrashu- vi bo'lib o'tdi. Unda Toshkent shahri ijroiya qo'mitasi raisi G'ulomov so'z olib shunday degan edi: «Men o'zim futbolni juda yaxshi ko'raman. «Paxtakor» azolarini hurmat qilaman, biz talabalik yillarimizda Yuriy Pshenichnikov, Gennadiy Krasnickiy, Birodar Abduraimov o'yinlarini ko'rish uchun stadionlarga oshiqardik... Uylar masalasiga kelsak, u albatta hal bo'ladi, ertaga sizlar navbatdagi safarga borishlaring kerak, bemalol borib kelinglar, uch kundan so'ng biz barcha muammolarni hal etib beramiz».

Futbolchilar «muz endi joyidan ko'chdi» deb xursand bo'lishdi, biz ham anchagina engil tortdik. Uch kunni o'tkazib u erga borsam, shahar ijroiya qo'mitasidagi tanishlarim kulishdi: «Axir rais boshqa sohaga ishga o'tib ketgan-ku». «Paxtakor» safardan qaytganda aeroportga chiqdim, uyga muhtoj uyinchilar mendan ijobiy javob kutishardi. Lekin men na qilay?..

Markaziy stadionimizda futbol muxlislari bilan ochiq muloqot o'tkaziladigan bo'ldi. Uning tashkilotchisi, klub boshlig'i Sergey Docenko uchrashuvga kelmadi, sportqo'mita futbol bo'limi boshlig'i Vyacheslav Soloxo nazoratchi-hakamlikka ketdi, To'lagan Isoqov bu erga kelishdan bosh tortdi. O'sha kuni uchrashuvga kelgan men bilan Azamat Abduraimovning holatini o'zingiz ko'z oldingizga keltiring.

Viktor Nosov haqiqatan ham o'z kasbini sevadigan ajoyib mutaxassis edi. U jamoa uchun kuyib-pishib mehnat qildi, komandani yangi istedodli uyinchilar bilan boyitdi. U kelajakda «Paxtakor»ni tezroq oliy ligaga qaytarish xayollari bilan band edi. Lekin uni ko'rolmaydigan, «Paxtakor» muvaffaqiyatlaridan titraydigan kishilar topilib qoldi, ular bosh trener xonasiga telefon qilib, tazyiq o'tkazdilar. Bu ham etmaganidek, uning Doneck shahridagi uyiga sim qoqib oila azolarini turli xil do'q-po'pisalar bilan qo'rqitdilar. Natijada katta iltimos bilan taklif etilgan Viktor Nosov hech kimga bildirmasdan Toshkentni tark etishga majbur bo'ldi.

Bosh trenerning to'satdan g'oyib bo'lishi, «Paxtakor» futbol klubining Toshkent viloyati gazlashtirish boshqarmasidan «Paxtakor» Markaziy stadioni ixtiyoriga o'tkazilishi, futbolga aloqador bulmagan shaxslarning klub rahbarligiga tayinlanishi (shahar obodonlashtirish boshqarmasida ishlagan Yakov Yakubov keyinchalik Markaziy stadion direktori va klub pre- zidenti, Armanistonda ish topolmagan Rudolf Mirimanyan uning muovini etib tayinlanishi) kabi voqealar meni bu vazifada mehnat qilishimga zid kelardi va mavsum yakunlangach, u erdan ketishga ahd qildim.
Oradan to'rt yil o'tgach, Birodar Abduraimovning 50 yillik yubileyi nishonlanayotgan kechada (tantanani olib borish kaminaga topshirilgan edi) yonimga Azamat Abduraimov kelib o'tirdi: «Bilasizmi, Axbor aka, men bir narsada o'zimni hech kechira olmayman.

Siz «Paxtakor» komandasidan ketmoqchi bo'lganingizda men, Mirjalol Qosimov, Gennadiy Denisov rahbarlar huzuriga kirib sizni olib qolish masalasini qo'yishimiz lozim edi. Axir biz sizdan biron marta xafa bo'lmaganmiz, komanda uchun doimo elib-yugurardingiz. Buning ustiga sizni xamma erda tanishadi, bunga uzim ko'p martalab guvoh bo'lganman, bu esa muammolarimizni hal etishda katta yordam berardi. Biz o'sha daqiqalarda tashabbus ko'rsata olmaganmiz».

Azamatga kulib deyman: «Ukaginam, men «Paxtakor»da ishlaymanmi yoki yo'qmi, lekin baribir ko'nglim doimo unda. Komandadan ketganimga esa hech achinmayman»...


Abror Imomxo'jaev

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика