So’nggi yangiliklar

19:53"Манчестер Сити" аъзоси Италияга йўл олмоқда — Here We Go!   1 19:36Breaking! "Бавария" Николас Жексон трансферини ижобий ҳал қилди  3 19:20Коло Муани "Тоттенхэм" футболчисига айланмоқда — Here We Go!  1 19:00CAFA Nations Cup. Эрон Ҳиндистон дарвозасига 3 та тўп киритди  7 18:41Расман: "Ливерпуль" футболчиси "Рома"га ўтди  0 18:23"Ньюкасл" 63,5 млн евро эвазига ҳужумчи сотиб олмоқда  4 18:02Ҳусанов қанча муддатга сафдан чиққани маълум  6 17:39Эшитдик-да! Усмон Тошев ЎФА терма жамоалар бўлими раҳбари лавозимига қайтмоқда  40 17:28"Милан" ҳужумчиси "Рома"га ўтишга рози  2 17:10Абдуқодир Ҳусанов CAFA мусобақасини ўтказиб юборади  12 16:50Расман: Эрон терма жамоаси ҳужумчиси "Олимпиакос"га ўтди  2 16:27"Манчестер Юнайтед" Муҳаммадали Ўринбоевнинг жамоадоши билан келишиб олди — Here We Go!  4 16:10"Астон Вилла" МЮ футболчисини ижарага олмоқда  0 15:54Бруну Фернандеш 2020 йилдан бери АПЛда барча ярим ҳимоячилардан кўпроқ гол урди  7 15:29Манба: Паулу Бенту ЎФА таклифини рад этиши мумкин  57

Akmal Rustamov: "Agar vaziyatlarimizdan foydalanganimizda bugun uch ochkoni olib ketardik" Yangiliklar

Akmal Rustamov: "Agar vaziyatlarimizdan foydalanganimizda bugun uch ochkoni olib ketardik"

Superliga 16-turidan o'rin olgan "Surxon" - "Qizilqum" (0:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Akmal Rustamov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Bir oylik tanaffusdan keyingi dastlabki o'yin bo'ldi. Ikkinchi davraga yaxshi tayyorgarlik ko'rdik. Bugungi uchrashuv vaziyatlarga boy bo'ldi deya olaman. Ikki jamoada ham yaxshi imkoniyatlar bo'ldi, ammo ikki jamoa ham gol ura olmadi. Jamoaga yangi qo'shilgan futbolchilar bor. Ular jamoaga tezda kirishib ketadi degan umiddaman. Bugungi uchrashuvni tahlil qilib, keyingi uchrashuvga tayyorgarlik ko'rishni boshlaymiz. Vaqt juda kam. "Surxon" jamoasini bir ochko bilan tabriklayman" - deya fikr bildirdi Akmal Rustamov bugungi uchrashuv haqida.


- Ikki jamoada ham bir xil kamchiliklar kuzatilgandek. Yani hujum bilan maydon markazini bog'lovchi qatlam yaxshi ishlamadi...

- Men o'zimning jamoam haqida gapiraman. Bizda markazda yaxshi futbolchilar bor. Islom Kenjaboev va Asror G'ofurov. Bugun ular borini berib harakat qilishdi. Umuman olganda, butun jamoaga rahmat aytaman. Vaziyatlarimizdan foydalana olganimizda g'alaba qozongan bo'lardik. Biz raqibdan ko'ra ko'proq vaziyatlar yaratdik. Birinchi bo'limda biz 2-3ta vaziyatlarga ega bo'ldik, biroq durang bo'lishi bitilgan ekan.

- Hakamning qarorlariga etirozingiz bormi?

- Hakamlar qo'mitasi bor. Ularni muhokama qilish menga emas. Hakamlarni nazorat qiluvchi organlar bor. Ular maydonda penalti yo'q dedimi, demak penalti yo'q ekan.

Muxlislarimizga ham rahmat aytaman. Ular Navoiydan 600 kilometr masofa bosib kelishdi.

- Birinchi bo'limda yaxshi vaziyatlar ko'p bo'ldi. Ikkinchi bo'limda ikkita hujum bilan harakat qilish vaziyatini o'ylab ko'rmadingizmi?

- Biz har doim rejaga asosan ish tutamiz. Birinchi bo'limda Norxonov ham yomon harakat qilmadi, tanaffusdan so'ng esa yana hujum chizig'imizni kuchaytirishimiz mumkin edi, ammo bir nafar hujumchi bilan o'yinni yakunlashga qaror qildik.

- So'nggi paytlarda "Qizilqum" juda ham jangovar jamoa deb takidlashmoqda. Jamoa kurashuvchanligi tufayli duranglar biroz ko'payib ketgandek. Ushbu duranglarni g'alabaga aylantirish uchun nima etishmayapti?

- G'alaba qozonish uchun bizga realizaciya etishmayapti. O'zingiz ko'rdingiz birinchi bo'limda 2-3ta vaziyatlar yaratdik, tanaffusdan keyin ham shunday imkoniyatlarimiz bo'ldi. To'p darvozaga kirmayapti. Ushbu jabha ustida ishlashda davom etamiz. Agar vaziyatlarimizdan foydalanganimizda bugun uch ochkoni olib ketardik. "Qizilqum" jamoasi musobaqa jadvalida yuqoriroq o'rinda bo'lishi uchun ishlashda davom etamiz va bunday kamchiliklarni bartaraf etamiz.

Reyting: +1   

Fikrlar

   
04 avg 10:20:58
Rasul M
Uzbekistonda futbol trenerlarni malakasi tajribasi past shuning uchun xam kop jamoalarda oyin sifati yomon futbol faqat taktika qoyish bilan oynalmaydi Trener deganda goyalar bolishi kerak oyin ichida ozgartirib borish kerak yangiliklar qilish kerak bazi bir jamoalarda faqat Qanotdan markazga padacha boldi keyin yuraverishadi nima qilishniyam.bilmay
   
04 avg 02:23:25
Nodirbek Axmedov
Аки молодец ука, омад тилайман карьеранга!!!
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика