Mourinyu: "Umid qilaman, Marsyal shartnomasini uzaytiradi"
03 noy 2018 13:28
Yangiliklar
Mourinyu: "Umid qilaman, Marsyal shartnomasini uzaytiradi"
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourinyu jamoa forvardi Antoni Marsyal yangi kelishuvga erishishi haqida gapirdi.
22 yoshli futbolchining shartnomasi keyingi yozda nihoyasiga etadi. Lekin, klubda uni avtomatik tarzda yana bir yilga uzaytirish imkoniyati bor.
"Men shartnomalarni muhokama qilmayman. Hatto, undagi summalar haqida ham bilmayman va bunday muzokaralarda qatnashmasligimdan mamnunman. Albatta, umid qilaman, biz u bilan kelisha olamiz.
U iqtidorli o'yinchi va hamma buni u "Monako"daligidayoq bilardi. Bundan tashqari, u bir maromda o'ynaydi va futbolni yaxshi tushunadi. Qachon siz bunday darajaga chiqsangiz yoki o'sha darajaga yaqinlashsangiz top o'yinchiga aylanasiz. Iqtidorli o'yinchi boshqa, top o'yinchi boshqa", - dedi Mourinyu.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar