Mourinyu Portugaliyani boshqarishi mumkin. Murabbiyga terma jamoa va "Roma"dagi ishini birlashtirish taklif qilindi
13 dek 2022 15:16
Yangiliklar
Mourinyu Portugaliyani boshqarishi mumkin. Murabbiyga terma jamoa va "Roma"dagi ishini birlashtirish taklif qilindi
Bu haqda "RomaPress" xabar bermoqda.
Portugaliya futbol federaciyasi (FPF) 59 yoshli mutaxassisni terma jamoa bosh murabbiyligiga tayinlashdan manfaatdor. Tashkilot vakillari allaqachon murabbiy bilan bog'lanishgan.
FPF Mourinyuga terma jamoa va "Roma"dagi ishini birlashtirishni taklif qilmoqda. Murabbiyning o'zi bunday imkoniyatdan foydalanib qolmoqchi.
SHuningdek, Portugaliya futbol federaciyasi U-21 terma jamoasi bosh murabbiyi Ruy Jorjeni asosiy terma jamoaga tayinlash masalasini ko'rib chiqmoqda.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Portugaliya terma jamoasining amaldagi bosh murabbiyi Fernandu Santush bilan shartnoma yaqin kunlarda bekor qilinishi haqida xabar berilgan edi.
Fikrlar