Santush Portugaliya terma jamoasidan ketishi mumkin

Оқил Абдубарноев
12 dek 2022, 21:32
Fernandu Santush terma jamoasining jahon chempionatidagi muvaffaqiyatsizligidan so'ng Portugaliya bosh murabbiyligidan ketishi mumkin.

Manbaning xabariga ko'ra, yaqin kunlarda Portugaliya futbol federatsiyasi murabbiy bilan yig'ilish o'tkazadi, shundan so'ng uning kelajagi borasida qaror qabul qilinadi.

Eslatib o'tamiz, Portugaliya terma jamoasi jahon chempionatining 1/4 final bosqichida Marokashga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Fernandu Santushning Portugaliya futbol federatsiyasi bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilgi Yevropa chempionati oxirigacha amal qiladi.

Mutaxassis 2014 yilning yozida Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimini egallagandi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Record