Behruzbek Oblaqulov: "Vadim Karlenovich shoshilmay o'ynashni aytgandi. Yakunda o'yinni qutqara oldik"
07 avg 16:18
Yangiliklar
Behruzbek Oblaqulov: "Vadim Karlenovich shoshilmay o'ynashni aytgandi. Yakunda o'yinni qutqara oldik"
"Mashal" – "Dinamo" (2:4) o'yinida zaxiradan maydonga tushib, so'nggi daqiqalarda Superligadagi ilk gollarini urgan va jamoaga g'alaba keltirgan Behruzbek Oblaqulov uchrashuvdan keyin klub matbuot xizmatiga o'yin taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.
"Uchrashuv boshida xatolarga yo'l qo'ydik, lekin bolalar bilan tezda o'zimizga kelib, murabbiyning gaplariga quloq soldik. Vadim Karlenovich Abramov shoshilmay o'ynashni aytgandi. Yakunda o'yinni qutqara oldik.
Yangi o'yinchilar bilan moslashish? Zo'r bo'ldi, yangi o'yinchilarning hammasi o'yinimizga mos va to'g'ri keladigan edi, tezda qo'shilib ketishdi. Ikkinchi davraga qo'shilganlarning hammasi o'zini ko'rsatyapti. Kubokda ham, chempionatda ham maqsad yuqori.
Jamoada sog'lom raqobat borligi – bu zo'r, tajribalilar bilan raqobat o'sishimizga yordam beryapti. Jamoada ahillik juda zo'r, o'sish bo'lyapti", – dedi jamoa vingeri Behruzbek Oblaqulov.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Al Ain Cup. Остон Ўрунов порлаган оқшомда Ўзбекистон Мисрни мағлуб этди, финалда яна Эрон билан ўйнаймиз
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон U-17 терма жамоаси пенальтилар сериясида Хорватияни енгиб, кейинги босқичга йўл олди
ЖЧ саралаши. Португалия Роналдусиз рақиб дарвозасига 9 та тўп киритиб, мундиалга чиқди
Криштиану Роналду фаолиятида илк бор Португалия термаси сафида қизил карточка олди
Fikrlar