O'runovning klubdoshi: "Eron boshqa jamoa, uka"
17 noy 2025 13:21
Yangiliklar
O'runovning klubdoshi: "Eron boshqa jamoa, uka"
O'zbekiston terma jamoasi va "Persepolis" yarim himoyachisi Oston O'runov Al Ayn kubogi yarim finalida Misr darvozasiga ikkita to'p kiritdi.
24 yoshli futbolchining individual mahorat evaziga urgan gollari ko'pchilikning diqqati va etirofiga sazovor bo'ldi.
Hujumkor yarim himoyachi mazkur uchrashuvdagi gollari videosini Instagram tarmog'iga joyladi. Bu ko'pchilikning, jumladan, fors muxlislari va futbolchilarining nazaridan chetda qolmadi.
O'runovning "Persepolis"dagi jamoadoshi, Eron terma jamoasi himoyachisi Husayn Kanoni video ostiga forslar himoyasi Misrnikidan farq qilishi va o'zbekistonlik raqibi xohlaganini qila olmasligini ifodalovchi izoh qoldirdi: "Eron boshqa jamoa, uka".
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston va Eron o'rtasidagi Al Ain Cup finali 18 noyabr kuni Toshkent vaqqti bilan soat 21:00 da start oladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Саудиянинг "Ал-Аҳли" клуби Винисиус Жуниорга 1 миллиард евро миқдорида шартнома таклиф қилмоқчи
ЕЧЛ. "Барселона" бироз асабий ўтган ўйинда "Славия"ни мағлубиятга учратди
2024/2025 йилги мавсумнинг энг сердаромад 20 та футбол клуби эълон қилинди
Расман: "Металлург" қайта тикланди
Fikrlar
Яна билмадим.
Faqat murabbiyga bogʻliq oʻyini
Qayerda oʻynatishi