"Napoli" braziliyalik hujumchi transferini elon qildi
25 jan 12:58
Yangiliklar
"Napoli" braziliyalik hujumchi transferini elon qildi
Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
23 yoshli (bazi manbalarda 22 yosh deb ko'rsatilgan) braziliyalik futbolchi "Korintians" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U o'tgan yilning yozida "Verona" safiga erkin agent maqomida kelib qo'shilgan edi. Joriy mavsumda Jiovane A Seriyaning 23 ta o'yinida maydonga tushib, o'z hisobiga 3 ta gol va 4 ta golli uzatmani yozdirib qo'yishga ulgurdi.
Malumotlarga ko'ra, hujumchining "Napoli" bilan shartnomasi 2030 yilning yoziga qadar mo'ljallangan bo'lib, uni yana uzaytirish imkoniyati mavjud.
Qayd etish joizki, neapolliklar ushbu transferni jamoani tark etgan ikki hujumkor futbolchi — Lorenco Lukka ("Nottingem Forest"ga o'tdi) va David Neres ("Galatasaroy"ga o'tdi) o'rnini to'ldirish maqsadida amalga oshirishdi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида йирик ғалабага эришди ва жадвалда биринчи ўринга чиқиб олди
Ла Лига. "Осасуна" ўз майдонида "Реал Мадрид"ни мағлуб этди
Туркия Суперлигаси. "Истанбул Башакшехир" меҳмонда "Аланяспор"ни мағлуб этди, Шомуродов ғалаба голини урди
Андижон вилояти ҳокими: "Андижон” бу йили энг камида учталикка киради"
Fikrlar