Mourinyu: “Mavsum oxirida o'zimizga munosib bo'lgan joyda bo'lamiz”
07 fev 2021 20:30
Yangiliklar


Mourinyu: “Mavsum oxirida o'zimizga munosib bo'lgan joyda bo'lamiz”
APL 23-turidan o'rin olgan “Tottenxem” – “Vest Bromvich” bahsidan (2:0) keyin mezbonlar ustozi Joze Mourinyu o'z fikrlari bilan bo'lishdi.
“Menga o'yinchilarning munosabati, ularning mehnatsevarligi, jasorati va bir-birini tushungan holda o'yin namoyish etish istagida bo'lgani yoqdi. Ular muvaffaqiyatsiz natijalardan xafa bo'lishdi, shu tufayli g'alabani istashdi. Bu esa eng muhimidir. Bugun yaxshi individual harakatlarni ko'rdik. Mavsum oxirida esa biz o'zimizga munosib bo'lgan joyda bo'lamiz”, deydi portugaliyalik.
“SHporlar” bugungi g'alabadan keyin ochkolari sonini 36 taga etkazgan holda chempionat jadvalida 7-o'ringa ko'tarildi. Jamoani oldinda Angliya Kubogi 5-raundidan o'rin olgan 10 fevraldagi “Everton”ga qarshi bahs kutmoqda.
O’xshash yangiliklar
22:04
APL. "Arsenal" kutilmaganda o'z maydonida mag'lub bo'ldi, "Tottenxem" esa mehmonda 4ta gol urdi 25

Fikrlar