Mourinyu Italiyadagi tajribasi haqida gapirdi
08 sen 2021 19:42
Yangiliklar
Mourinyu Italiyadagi tajribasi haqida gapirdi
Mutaxassis 2008–2010 yillarda "Inter"ni boshqargan.
"Hozir ancha jiddiy qiyofadaman. O'zimni yaxshi his qilyapman, chunki ishimda tajriba juda muhim. Italiyadan ketganimdan beri ko'p voqealarni boshdan kechirdim, lekin siz mamlakatga birinchi marta kelganingizda, barchasini noldan boshlaysiz va hammasini qaytadan o'rganishingiz kerak. Bu narsalar men uchun emas, chunki men Italiyadan, uning mahalliy futbol madaniyatidan xabardorman. "Roma"ni yaxshi bilaman, chunki u "Inter"ning A Seriyadagi haqiqiy raqibi edi. Hozir men ushbu jamoa boshqaruvidaman", — dedi Mourinyu A Seriya matbuot xizmatiga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, 2009/2010 yilgi mavsumda "Inter" Joze Mourinyu boshchiligida trebl qayd etib, A Seriya, Italiya kubogi va CHempionlar ligasida g'olib chiqqandi.
Fikrlar