So’nggi yangiliklar

00:47МЮ Мактоминейни АПЛнинг бошқа бир клубига сотмади  0 00:35Кьеза фаолиятини Англияда давом эттиришга яқин турибди  1 00:05"Динамо" Жаҳонгир Ўрозов ва Муҳаммадали Турсуновни ўз таркибига қўшиб олди  0 23:30Жоау Канселунинг кейинги манзили Саудия Арабистони бўладими?  0 22:55Ханс-Дитер Флик: "Ямалнинг оёғи ердан узилмаслиги керак"  1 22:15ОКМК назорат ўйинида "Олимпик"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  1 21:35Матс Хуммелс Еврокубокларда ўйнайдиган А Серия клубига ўтиши мумкин  0 20:54"Қизилқум" назорат ўйинида "Локомотив U21"га мағлуб бўлди  0 20:31Расман: Стадиондаги муаммо сабаб "Динамо" — "Навбаҳор" учрашуви қолдирилди  52 20:00Де Хеа фаолиятини А Cерияда давом эттирадими?  1 19:39Ана холос! "Рома" ва "Тоттенхэм" собиқ ҳужумчиси 11 йилдан сўнг фаолиятини тиклашга қарор қилди  4 19:13УEФА Суперкубоги ўйинини ким бошқариши маълум  0 18:49Погбанинг акаси Бельгиянинг учинчи лигасида ўйнайди  5 18:25"Бунёдкор" собиқ бош мураббийи Парижда ўғриликка учради  14 18:01"Шўртан" учта трансферни амалга оширди  3

Mourino vs Sulsher. "Tottenxem" vs "Manchester Yunayted" (prevyu) Yangiliklar

Mourino vs Sulsher. "Tottenxem" vs "Manchester Yunayted" (prevyu)

APLning 30-turi bizga ajoyib bahsni taqdim etmoqda. Bugun "Tottenxem" o'z maydonida "Manchester Yunayted"ni qabul qiladi.

Bugun "Tottenxem" o'z maydonida "Manchester Yunayted"ni qabul qiladi. Ikkala klub ham kuchli to'rtlikka kirish va kelasi mavsum CHempionlar ligasida o'ynashga umid qilmoqda. Demak, bizni ajoyib to'qnashuv kutyapti.


Jamoalar bu bahsga qanday holatda kelmoqda va portugaliyalik hamda norvegiyalik mutaxassis o'rtasidagi dueldan nimani kutish kerak?


Turnir jadvalidagi holat

"Tottenxem" va "Manchester Yunayted" yakuni yo'q intrigalar bilan barchani o'ziga jalb etadigan klublardir. Ikkala jamoa ham to'rtinchi o'rin uchun kurash olib bormoqda.


Ayni damda CHL hududiga "qizil iblislar" yaqinroq, ular "CHelsi"dan 3 ochko orqada. "Tottenxem"ni esa bu joydan 7 ochko ajratib turibdi.


Tanaffusgacha MYUning formasi "shporlar"nikidan yaxshiroq edi, biroq kutilmagan to'xtalish jamoalar imkoniyatini tenglashtirdi. Mourinyu jamoasiga kichik tanaffus kerak edi, londonliklar APLning ketma-ket uchta o'yinida g'alaba qozona olmadi, "Leypcig"ga mag'lub bo'lib, CHLni tark etdi.


"Mankunianlar" esa aksincha, so'nggi 5ta bahsda 3ta g'alabaga erishib, 2ta durang qayd etdi. O'sha o'yinlarning ikkitasida "Manchester Siti" va "CHelsi" taslim etildi.


So'nggi natijalarga qarab, to'xtalish "Tottenxem"ga ko'proq foydali bo'ldi deyish mumkin, ammo MYUda ham o'ziga xos plyuslar bor.


"Tottenxem"

CHempionat to'xtatilishidan avval Mourino jamoasining bir qator futbolchilari birin-ketin jarohat olib, safdan chiqishayotgandi. Portugaliyalik esa bu mavsum kuchli to'rtlikka kira olmasligi haqida jurnalistlarga intervyu berdi.


Karantin London klubining joniga oro kirdi. Ayni damda Xarri Keyn, Stiven Bergveyn va Mussa Sissokolar jarohatidan qutilishdi.


Koreyalik Son Xyon Min may boshida armiyaga borib kelishga ulgurdi. Portugaliyalik mutaxassis o'zining asosiy qartalarini yana qo'liga oldi va bu safar bor imkoniyatini ishga solishi kerak. Ammo jamoada bir yo'qotish bor. Koronavirus va osiyoliklar ustidan kulgan Dele Alli bitta o'yinga chetlatilgan.

"Manchester Yunayted"

Ole-Gunnar Sulsher may oyi oxiridagi matbuot anjumanida Pol Pogba va Markus Reshfordlar jarohatidan qutilganini mamnuniyat bilan gapirdi.


Joriy mavsumni Pogba uchun muvaffaqiyatsiz o'tdi deyish mumkin. Franciyalik jarohatlardan azob chekdi, muxlislar va OAV uni tinimsiz tanqid qildi.


Mish-mishlarga ko'ra, Brunu Fernandesh MYUga o'tganidan keyin Pol jamoada qolishga qaror qilgan. Endi Sulsherda yoqimli muammo bor - tandemda o'ynay oladigan yarim himoyachilarni tanlash.


Reshford uchun esa mavsum barqaror o'tdi deya olamiz. APLning 22ta uchrashuvida 14ta gol va 5ta golli pas - ajoyib natija. Endi Sulsher ham huddi Mourinyudek maydonga eng kuchli tarkibni tushira oladi.


TAXMINIY TARKIBLAR

"Tottenxem": Loris, Devis, Alderveyreld, Vertongen, Ore, Ndombele, Vinks, Sissoko, Son, Keyn, Bergveyn.


"Manchester Yunayted": De Xea, SHou, Lindelyof, Maguayr, Van-Bisakka, MakTominay, Matich, Reshford, Fernandesh, Jeyms, Marsyal.


STATISTIKA

APL doirasida o'tkazilgan "Tottenxem" hamda "Manchester Yunayted" o'rtasida o'tkazilgan bahslarning soni 55tani tashkil qiladi. Ularning katta qismida (35ta) MYU g'alabaga erishgan. 11ta bahs durang bilan yakun topgan, qolgan 9ta bahsda "shporlar"ning qo'li baland kelgan.


"Tottenxem" - MYU o'rtasida o'tkazilgan so'nggi 5ta bahsning 2tasida London klubi zafar quchgan ekan, qolganlarida "qizil iblislar" uch ochkoni qo'lga kiritgan.


Taxmin

Ko'plab muxlislar ushbu o'yinda ikkala jamoa gol urishini va bahs "Manchester Yunayted"ning g'alabasi bilan yakunlanishini taxmin qilmoqda. Biroq Mourinyu doimo syurprizlarga to'la bo'lgan va bugun ham o'yin qiziq o'tishi uchun bor kuchini ishga soladi deb umid qilamiz.


Tottenham Hotspur

Steven Bergwijn - 27'

Premier League . 30-tur

20/06/2020, 00:15

1
:
1
Tugadi

Manchester United

Bruno Fernandes - 81'

Stadion: Tottenham Hotspur Stadium, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Jonathan Moss

45'
90'
27'  Steven Bergwijn
27'  Serge Aurier
70'  Steven Bergwijn (Giovani Lo Celso)
70'  Erik Lamela (Gedson Fernandes)
90'  Eric Dier
41'  Daniel James
62'  Daniel James (Mason Greenwood)
63'  Fred (Paul Pogba)
78'  Anthony Martial (Odion Ighalo)
78'  Victor Nilsson Lindeloef (Nemanja Matic)
81'  Bruno Fernandes
89'  Scott McTominay (Eric Bailly)

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика