Moskvada “Paxtakor-79”ga bag'ishlangan ananaviy xotira turniri bo'lib o'tdi
11 avg 2020 21:55
Yangiliklar
Moskvada “Paxtakor-79”ga bag'ishlangan ananaviy xotira turniri bo'lib o'tdi
Poytaxtdagi “Torpedo” stadionida 1979 yil aviahalokat tufayli vafot etgan “Paxtakor-79” futbolchilari xotirasiga bag'ishlangan ananaviy futbol turniri o'tkazildi, deya xabar beradi o'zbek futboli fidoiysi Alisher Aminov.
Mazkur tadbir tashkilotchisi Toshkentda tug'ilgan taniqli futbol arbitri Vladimir Vladimirovich Mosyagindir. O'yinni o'tkazish uchun “Torpedo” o'yingohi tanlandi.
“Paxtakor” va Sovet futboli faxriyalari tarkibidan Viktor Makarov, Anatoliy Solovev, Viktor Pshenichnikov, Alisher Aminov, Aleksandr Tixonov, Denis Glushakov, Marat Kabaev, Osman Kadiev («Anji» prezidenti) va boshqalar o'rin olgandi. Xotira uchrashuvi oldidan, faxriylar va tadbir ishtirokchilari 1979 yil aviahalokatda vafot etgan “Paxtakor”ning 17 futbolchisini yodga olishdi.
Fikrlar