Morata nega xursand?
07 sen 2016 01:50
Yangiliklar


Morata nega xursand?
- To'g'risini aytadigan bo'lsam, maydondan kiyinish xonasiga kirganimda Kellini Isroilga qarshi o'yinda qizil kartochka olganini ko'rib xursand bo'ldim (kuladi).
Jorjio endi Ispaniyaga qarshi, yani biz bilan bo'ladigan bahsda ishtirok etolmaydi. Bu men uchun qanday baxt. "Yuventus"dan ketayotganimda Kellini menga aynan shu o'yinda oyog'imga tepishini aytgandi. Mashg'ulotlardagi kabi og'riqlarni yana eslatib qo'ymoqchi bo'layotgandi. Endi esa diskvalifikaciya, bu esa men uchun yaxshi yangilik.
Biz Kellini bilan do'stmiz. Men uning katta ishqiboziman, desam yolg'on gapirmagan bo'laman. Jorjioga katta muvaffaqiyatlar va omad tilab qolaman. Kellini har doim menga kerakli maslahatlarni berib kelgan. Meni xursandchiligim shundaki, bo'lajak o'yinda oyoqlarim ortiqcha og'rimaydi, Kellinining qarshiligini his etmaydi. Bu hujumchi uchun yaxshi albatta.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar