"Manchester Yunayted" sobiq futbolchisining transferidan pul ishlab olishi mumkin
23 mar 13:51
Yangiliklar


"Manchester Yunayted" sobiq futbolchisining transferidan pul ishlab olishi mumkin
"Manchester Yunayted" "Benfika"ning chap qanot himoyachisi Alvaro Karreras transferi ortidan pul ishlab olishi mumkin.
Futbolchini "Atletiko" o'z safiga qo'shib olmoqchi.
Futbolchi Portugaliya klubiga o'tgan yozda "Yunayted"dan kelib qo'shilgan edi. Bitim shartlariga ko'ra, ingliz klubi himoyachining keyinchalik qayta sotilishidan olinadigan foizlarga davogarlik qiladi.
"Atletiko" yozda Karrerasni o'z safiga qo'shib olishga "qaror qilib bo'lgan". Futbolchining tovon puli 42 million funtni tashkil etadi. Shu bilan birga, "Yunayted" Karrerasni 17 million funtga qaytarib sotib olish huquqiga ega.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar